Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
40 
library.ziyonet.uz/ 
 
Ki, mendek shahgʻa mundoq razl duni.  
Ayogʻdin-boshqa band ichra zabuni.  
Hayotining niholigʻa sinib shox,  
Javob aytur ne soʻrsam boʻyla gustox.  
Siyosat qilgʻuluqdur bu fidoyi  
Ki, har bir togʻ ila vodi gadoyi  
Yana koʻrguzmagay bexavfu dahshat,  
Salotin xizmatida soʻzga jur’at.  
gʻazab birla buyurdi shohi gʻaddor  
Ki, urdilar hisor ollinda bir dor.  
Keyin bogʻlab qadogʻliq qoʻllari rust,  
Borib chekmaklik oni dorgʻa chust.  
Chekilgach, oʻylakim abri bahoron,  
Ulus qilmogʻligʻ oni tirboron.  
Necha kun turmoq ushbu hol birla,  
Koʻrub xalq oni bu ahvol birla.  
Aning holidin olmoq borcha ibrat,  
Gadolar qilmasun deb shahgʻa shirkat.  
Necha kundin soʻng oʻt aylab furuzon,  
Tamugʻ oʻti kibi tafsonu soʻzon.  
Oʻt ichra tashlamoqliq oʻylakim barq  
Ki, boʻlgʻay shu’la toʻfoni aro gʻarq.  
Bu yangligʻ oʻtgʻa yondurmogʻligʻ oni,  
Kul oʻlgʻoch koʻkka sovurmogʻligʻ oni.  
Boʻlub yoʻq dahr ichidin bori oning,  
Jahonda qolmamoq osori oning.  
Boʻlub Farhod ul soʻzdin tarabnok,  
Kulub dedikim: «Yey shohi gʻazabnok!  
Tasavvur qilma kome tortadursen,  
Adudin intiqome tortadursen.  
Ki, ne hukm aylading maqsudum uldur,  
Ne kelsa ishq aro behbudum uldur.  
Murodim ishqida oʻlmaklik erdi,  
Bukun mundoq murodim Tengri berdi.  
Sanga har nechakim joyi gʻazabdur,  
Manga bu ishda yuz ayshu tarabdur  
Ki, bu hijronki har dam erdi oʻlmak,  
Ne oʻlmak, banddin bandimni boʻlmak.  
Adam yoʻligʻa garchi boshqarursen,  
Bir oʻlmak birla andin qutqarursen.  
Yana jonkim hayot ozori boʻlmish,  
Soʻngaklar chorchoʻbi dori boʻlmish.  
Biyiklik yetsa ul dori fanodin,  
Qutulgʻay jon bu bir dori anodin.  
Yanakim hukm qilding tirboron,  
Sanga yogʻdurmamish oʻq xayli hijron.  
Mangakim hajr aro yuz ibtilodur,  
Hamisha tirboroni balodur.  
Sening bu tirboroningki yetgay,  
Meni qutqargʻay andin, oʻzga netgaygʻ  
Bukim dedingki, kuydursunlar oni,  
Kul aylab koʻkka sovursunlar oni.  
Firoq oʻtigʻa kuymay sen hamono,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin