«favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanidan (MA’ruzalar to‘plami) toshkent


Zarasizlantirish turlari. Dezaktivatsiya, degazatsiya,dezinfeksiya



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə58/82
tarix03.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#124432
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   82
«favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanidan (MA’ruzalar

Zarasizlantirish turlari. Dezaktivatsiya, degazatsiya,dezinfeksiya.


Zarasizlantirish turlari.
Dushman tomonidan ommaviy zarar yetkazuvchi qurollar-yadro
zaryadi, zaharlovchi moddalar yoki bakteriologik vositalar
qo‘llanilganda ko‘pdan-ko‘p shaxsiy tarkibi formali kiyim-kechak,
himoya vositalari, qurol-yarog‘lar va harbiy texnika, inshootlar,
joylar hamda suv manbalari, oziq-ovqatlar, yem-xashaklar
zararlanadi. Zaharlovchi moddalar suyuq tomchi, aerozol va bur
xolatida qo‘llanilganida suv manbalari, oziq-ovqat mahsulotlari ning zararlanishi kuzatiladi. Kichikroq kullar, hovuzlar, ochiq quduqlar zaharlovchi moddalardan ko‘proq zararlanadi. Kanal suv havzalari va daryo suvlarining zararlanishi odatda kuzatilmaydi. Artezian quduqlar germetik holat bo‘lganligi uchun moddalardan zararlanmaydi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining zaharlovchi moddalardan zararlanishi dala sharoiti ularning qanday holatda saqlanishi, joylarga tashish usuli va oziq- ovqatning tashishga bog‘liq bo‘ladi. Dala sharoitida oziq- ovqatlarni germetik holda saqlash qiyin bo‘lganligi sababli aerozol va bu holatidagi zaharlovchi moddalar osonlik bilan shu joyga tushadi. Oziq-ovqat mahsulotlariga tushgan zaharlovchi modda tomchilari osonlik bilan shimiladi va ancha ichkariga utadi.
Chidamli zaharlovchi moddalardan fosfoeorganik iprit turidagilar lipidlarda juda yaxshi eriydi. Shu sababli ular oziq- ovqatga tushganda (go‘sht, baliq, moy va boshqalarga) unda bir nech haftadan bir oygacha saqlanib qoladi. Betakror zaharlovchi moddalar oziq-ovqat mahsulotlarini kam zararlaydi. Shuni aytish kerakki, radioaktiv moddalar oziq-ovqatlarning faqat yuza kismini zararlaydi, zaharlovchi moddalar esa 2-5 sm chuqurlikka kirish xususiyatiga ega. Yerlar 10 sm gacha, o‘simlik yerlari esa butunlay zararlanadi. Shularni hisobga olgan holda oziq-ovqatlarni germetik idishlarda (konservalash, banka, termos, xolodilnik va boshqalarda) saqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday hollarda faqat idishlar zararlanadi. Yashiklar ham zaharlovchi moddalardan ancha himoya qiladi. Qogozdan tayyorlangan konlar radiaktiv moddalardan saqlaydi, ammo zaharlovchi moddalar tomchisidan esa vaqtincha himoya qiladi. Oziq-ovqat saqlanadigan omborlarning xamma teshiklari zaharlovchi moddalar va radioaktiv moddalardan zararlanishdan saqlash uchun mahkam qilib berkitilishi kerak. Zararlangan oziq-ovqat, suv manbalari zararlangan, deb shubha qilinadi, shuning uchun ularni maxsus tekshiruvdan o‘tkazmay turib foydalanishga ruxsat etilmaydi.
RM, ZM yoki bakteriologik vositalar bilan zararlangan territoriya, barcha narsalar, oziq-ovqat, yem-xashak va boshqalar zararsizlantirilmaguncha odamlar va hayvonlar uchun xavflidir.
Zararlanish turiga qarab, zaharsizlantirish har xil bo‘ladi: dezaktivizatsiya; degazatsiya; dezinfeksiya.
Zararlangan ob’ektlardan radiaktiv moddalarni yo‘qotish dezaktivatsiya deyiladi.
Zararlangan ob’ektlarni zararsizlantirish yoki ximiyaviy neytrallash va ulardagi zaharlovchi moddalarni yo‘qotish degazatsiya deyiladi.
Zararlangan ob’ektlardan kasallik ko‘zg‘atuvchi mikroblarni va ularning toksinlarini yo‘qotish dezinfeksiya deyiladi. Ba’zan dezinseksiya qilib, zararli hasharotlarni, yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi pashsha, chivin, kana, iskabtopar bit va boshqalar yo‘qotiladi.
Deratizatsiya yo‘li bilan qator yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘ladigan kemiruvchi hayvonlar (kalamush, sichqon, yumronkoziq, qo‘shoyoq va boshqalar) yo‘qotiladi.
Zararsizlantirish chora-chadbirlari (dezaktivatsiya, degazatsiya,, dezinfeksiya) faqat odamlar borishi mumkin bo‘lgan ob’ektlarda amalga oshiriladi. Qolgan territoriyalar o‘zo‘zidan zararsizlanadi: radioaktiv moddalar o‘z-o‘zidan parchalanadi va radiatsiya darajasi pasayadi; zaharlovchi moddalar bo‘linadi; quyosh nuri ta’sirida mikroblar nobud bo‘ladi va x.k.
Radioaktiv moddalar, zaharlovchi moddalar, bakteriologik vositalar bilan zaharlanganda qo‘llaniladigan zararsizlantirish usullari va ishlatiladigan vositalar.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin