«favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanidan (MA’ruzalar to‘plami) toshkent



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə59/82
tarix03.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#124432
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   82
«favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanidan (MA’ruzalar

Dezaktivatsiya ikki xil: mexanik va fizik- kimyoviy usulda amalga oshiriladi. Ob’ektlarning ustki qismidagi radiaktiv changni surish, qoqish, suv oqimi bilan yuvish, ho‘llangan latta bilan artish dezaktivatsiya qilishning mexanik usuli hisoblanadi. Fizik- kimyoviy usul kuchli yuvish xususiyatiga ega bo‘lgan dezaktivatsiya qiluvchi eritmalardan foydalanishga asoslangan. Shunday moddalar sifatida quyidagilardan foydalaniladi: juda maydalangan oq yoki to‘q sariq rangdagi (sulfanal tipidagi) SF-2 yoki ChF-2U poroshogi, u suvda yaxshi eriydi. 0,15 va 0,3 li eritmasi ishlatiladi. Quyuq yopishqoq suyuqlik yoki och jigar rang pasta xolidagi OP-7 yoki OP-10 yuvuvchi moddalar (emulgatorlar). Ular suvda yaxshi eriydi, 0,3% li eritmasi ishlatiladi. Har xil yuvuvchi vositalardan "Don", "Era", "Lotos", "Ekstra", "Novost", "Progress" va boshqalar sovun-soda eritmalaridan foydalanish mumkin. Zararlangan predmetlar uchiga cho‘tka o‘rnatilgan bradsboyt purkagichlar yordamida, gidropult, avtomaks, kul purkagichi, maxsus mashinalar, cho‘tka bilan yuviladi yoki shu eritmalar shimdirilgan latta bilan artib tozalanadi. Kiyim va boshqa yengil narsalar qoqib, cho‘tka yoki chang surgich (pilesos) bilan tozalab dezaktivatsiya qilinadi. Metall, yogoch, shisha, rezina predmetlar suv bilan yoki dezaktivatsiya qiluvchi eritmalar yordamida yuvish yo‘li bilan dezaktivatsiya qilinadi. Asfaltlangan ko‘chalar, xovlilar mashinada va qo‘lda supurish so‘ngra suv sepuvchi mashinada va shlang bilan yuvib dezaktivatsiyalanadi. Tuproqli yerlarni dezaktivatsiya qilish yerning ustki qatlamini 5 -7 sm chuqurlikda buldozer, greyder yoki belkurak bilan yurish, chopiq qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Qishda kor (6-10 sm) qo‘lda yoki qor tozalovchi mashinada olib tashlanadi. Binoning tashqi qismi shlangda suv bilan yuviladi yoki supuriladi, Avtomobillar suv bilang dezaktivatsiyalovchi eritma bilan yuviladi, yog‘li joylar benzin bilan artiladi. RM bilan zararlangan oziq-ovqat va suv, agar ulardan foydalanish ko‘zda tutilsa, juda yaxshilab dezaktivatsiya qilinadi, Agar oziq- ovqat germetik idishda saqlangan bo‘lsa, idish suv bilan yoki dezaktivatsiyalovchi eritma bilan dezaktivatsiya qilinadi. Ustki qismini (zararlangan qismini) olib tashlash yoki suv bilan yuvib tashlash orqali dezaktivatsiya qilinadi. Suvni dezaktivatsiya qilish, tindirish yoki maxsus filtrlovchi yordamida filtrlash orqali amalga oshiriladi. Dezaktivatsiya qilingandan so‘ng radiaktiv moddalar yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan darajagacha yo‘qotilganiga ishonch hosil qilish uchun, albatta dozimetrik nazorat o‘tkaziladi.
Degazatsiya.
Turg‘un ZM (V-gazlar, zamon- zarin, iprit va boshqalar) bilan zararlangan har xil ob’ektlar kimyoviy, fizik-kimyoviy va mexanik usullarda degazatsiya qilinadi. Kimyoviy usulda degazatsiya qilinganda zararlangan ob’ekt degazatsiyalovchi modlalar eritmasi bilan tozalanadi, bunda u zaharlovchi modda bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, ZM ximiyaviy neytrallanadi. Degazatsiyaning fizik-kimyoviy usuli erituvchilar (benzin, kerosin va boshqalar) bilan yuvish, bug‘lantirish, faollashtirish ko‘mir bilan adsorbsiya qilish (masalan, suvni filtrlash), zararlangan yumshoq narsalarni 2% li kir soda eritmasida qaynatishdan iborat.
Yozgi issiq kunlarda degazatsiya qilinishi kerak bo‘lgan har xil predmetlardagi ZM shamolda ko‘tarilib ketishi va bug‘lanishi uchun ularni arqonlarga osish kerak. Degazatsiyaning mexanik usuli tuproq, oziq-ovqat va yem -xashakning zararlangan qismini olib tashlashdan iborat bo‘ladi.
Degazatsiyalovchi moddalar va eritmalar. Degazatsiyalovchi eritma №1-u geksaxlormelamning 5% li eritmasi yoki dixloraminning dixloretandagi 10% li eritmasi. Iprit va V-gazlar bilan zararlangan predmetlarni degazatsiya qilish uchun ishlatiladi: Bu eritma odam uchun zaharli; odamning ichiga tushganida o‘lim bilan tugaydigan zaharlanishiga olib keladi, teriga tushganida va uzoq muddat nafas olinganida odamni zararlantiradi. Shuningdek, u metallarni zanglatadi.
Degazatsiyalovchi eritma №2 natriy ishqori (2%),
monoetanolamin (5%) va suvdagi ammiak (20%) eritmalarining
aralashmasi. Zamon-zarinni degazatsiya qilish maqsadida va metall
asboblar zanglashining oldini olish maqsadida №1 eritmadan keyin
ishlatiladi. Shuningdek, №2 (ammiak-ishkorsiz) eritma xam
ishlatiladi.
DTS- GK (kalsiy gipoxlorit tuzi) xlor xidiga ega bo‘lgan oq kukun. V- gazlar va iprit bilan zararlangan joylarni, predmetlarni degazatsiya qilish uchun suvdagi 1 -1,5% li eritmasi yoki suspenziyasi ishlatiladi.
Xlorli oxak -yirik yog‘och va metall predmetlarni degazatsiya qilish uchun suspenziya shaklida 1:10 (bir qism xlorli oxakka 10 kism suv) nisbatidagi eritma holida ishlatiladi.
Xloramin-iprit va V-gazlar bilan zararlangan har xil ob’ektlarni degazatsiya qilish uchun 1% li suv - spirt eritmasi shaklida ishlatiladi.
Zararlangan ob’ektlarni degazatsiya qilish uchun gidropult, avtomakslar, cho‘tka, latta va suv sepib yuvuvchi mashinalardan foydalaniladi.
Suvni dezaktivatsiya va degazatsiya qilish kamdan- kam qo‘llanadi, chunki yangi suv manbai (quduq, skvajina va boshqalar) kurish yengilroqdir. quyida suvni dezaktivatsiya kilish usullarining ba’zilari bilan tanishamiz.
Ionlanish smolalari (kationit va anionit) orqali suvni filtrlash. Bular suvni hatto erigan holatdagi moddalardan ham tozalaydi. Qatlami qalin va har qaysi ionit qatlamining qalinligi 40-50 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Filtrlash qo‘l nasoslari yordamida yoki mexanizatsiyalashtirish avto iltratsion stansiyalarda amalga oshiriladi.
Suvdagi sho‘rni maxsus tozalaydigan apparatlardan (avtomashinalarda joylashgan ko‘chma yoki statsionar) foydalanib suvni haydash.Suvni tindirish va keyin tuzima ko‘mir filtrlar, bir qatlam qum va boshqa materiallar orqali filtrlash- bu usul unchalik foydali emas.
FZM va ipritdan suvni degazatsiya kilish uchun ion almashinish smolalari yoki faollashtirilgan ko‘mir (karboferrogel) orqali filtrlab, keyin qaynatish zarur.
Suvni dezaktivatsiya va degazatsiya qilgandan keyin albatta undan namuna olib, sanepidstansiya laboratoriyalariga ekspertiza uchun jo‘natiladi. quduqlarni RM va 3 m dan zararsizlantirish uchun avvalo uning atrofidagi territoriya tozalanadi. Keyin undan 5- 10 m uzoqlikda suv yig‘adigan chuqurga quduq suvi oqiziladi va quduq tagida zaharlangan tuproq olib tashlanadi. quduqda yangidan yig‘ilgan suv va dezaktivatsiya yoki degazatsiyalovchi eritmalar bilan quduq devorlari yaxshilab yuviladi, suv yangidan oqiziladi, shundan keyin quduq suvini tekshirib ko‘rib, iste’mol qilishga ruxsat berish mumkin.
Oziq-ovqatni dezaktivatsiya va degazatsiya qilish, ular saqlanadigan idishlarning turiga bog‘lik. Agar oziq-ovqatning ozgina miqdori RM va ZM bilan zaxarlangan bo‘lsa, ularni chuqurga ko‘mib, ustidan xlorli ohak sepiladi. Ko‘p miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxarlangan bo‘lsa, dezaktivatsiya qilingan maxsus maydoncha tashkil etiladi, eng oldin u zararsizlantiriladi, keyin toza va iflos qismlarga bo‘linadi. Shundan keyin oziq-ovqat uchga bo‘linadi: sinchiklab tozalash yoki yo‘qotish kerak bo‘lgan yoki RM ning o‘z-o‘zidan tarqalishi yoki ZM ning aynishi va bug‘lanishigacha konservatsiya qilish kerak bo‘lgan aniq va kuchli zaxarlangan oziq-ovqat mahsulotlari (koplarning tashki katlami, yashiklar, sabzavotlar).
Sinchiklab tozalash kerak bo‘lgan, zaxarlanishga shubha tug‘diradigan yoki kuchsiz zaxarlangan oziq-ovqat mahsulotlari (qoplarning ikkinchi qatori, yashik va boshqalar).
Tekshirilgandan keyin iste’mol qilish mumkin bo‘lgan zaxarlanmagan, pastki qatlamlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari.
Agar oziq-ovqat mahsulotlari germetik idishlarda (konserva bankalari, refrijitorlarda) saqlangan bo‘lsa, idishlarni o‘ziga xos eritma bilan dezaktivatsiya va degazatsiya qilish kifoya.
Oziq-ovqat mahsulotlari dezaktivatsiya qilingandan keyin ham sanepidstansiya laboratoriyalarida ekspertizadan o‘tkaziladi. Zaxarlangan oziq-ovqat mahsulotlarini dezaktivatsiya va degazatsiya qilishning ba’zi bir usullari quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan.

Qattiq yog‘lar va saryog‘

Zaharlangan qatlamni
1 — 2 sm chuqurlikda kesib
Tashlash

Zaharlangan qatlamini 10—15 sm chuqurlikda kesib tashlash va termik ishlov berish

Suyuq o‘simlik yog‘lari

Butunlay yo‘qotish yoki observatsiyalash

Termik ishlov berish, kuchli zaxarlanganda texnikada ishlatish

Non

Zaxarlangan qatlamini kesib tashlash

Zaxarlangan qatlamini kesib tashlash, quritish

Tirik mollar

Mollarni suv yoki SF —2 eritmasi bilan dezaktiva kilish. Ichki organlarini yo‘qotib go‘shti zaxarlanmaganli gini tekshirish

Terini degazatsiyalov chi eritmalar bilan ishlov berish. Mol so‘yilgandan keyin
ichki orgonlarini yo‘qotib tashlash

Dezinfeksiya mikroblarni zararsizlantirish, epidemik jarayonlarning ikkinchi zvenosiga ta’sir etishga qaratilagi. Bu tadbir tufayli mikrobning tashqi muhitda tashqari yo‘llariga chek qo‘yiladi. Yuqumli kasalliklar tarqalishida rol uynaydigan bug‘imoyoklilar (pashsha, chivin, burga, kana va boshqalar)ni kirish tadbirlari dezinfeksiya deyiladi. Ayrim yuqumli kasalliklarda kemiruvchilar sichqon, kalamush, yumronqoziq va boshqalar) infeksiya manbai hisoblanadi. Ularni qirish deratizatsiya deyiladi.
Dezinfeksiyaning fizik va kimyoviy usullari bor: fizik usullar dezinfeksiyaning oddiy va keng qo‘llaniladigai usullaridan hisoblanadi. Tabiiy sharoitda quyosh nuri, ayniqsa, uning ultrabinafsha nurlari bilan dezinfeksiyalanadi. Axlat, chiqindi va boshqalarni yoqib yuborish ham dezinfeksiyaning fizik usullaridan hisoblanadi. Shuningdek, ich kiyim- kechagi, ko‘rpa-to‘shagini va laboratoriya asboblarini dezinfeksiyalashda issiq havo kameralaridan ham foydalaniladi.
Qaynatish ham dezinfeksiyaning ishonchli va oddiy usullaridan biri hisoblanadi. Ko‘pgina mikroblar 100 °S da nobud bo‘ladi. Spora hosil qiladigan mikroblar ana shu tempraturada 10—15 minutda nobud bo‘ladi. qaynagan suvga ishqoriy tuzlar va sovun qo‘shilsa, uning dezinfeksiyalovchi ta’siri kuchayadi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin