«favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanidan (MA’ruzalar to‘plami) toshkent


Zararlanish o‘chogida kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni i tashkil etish va olib borish xususiyatlari (AES va kimyoviy ob’ektlarda)



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə62/82
tarix03.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#124432
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   82
«favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanidan (MA’ruzalar

Zararlanish o‘chogida kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni i tashkil etish va olib borish xususiyatlari (AES va kimyoviy ob’ektlarda).

KTZM (Kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda), radiatsiyaviy va boshqa zaharli moddalar bilan bog‘lik favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lish ehtimoli mavjud tashkilot, muassasa va korxonalarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:


-radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
-ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanilganda fuqarolar olgan nurlanishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimini yaratish;
-KTZM va radiatsiyaviy ta’sir tufayli fuqarolar sog‘ligiga zarar yetkazilishi xavfi yuqori bo‘lgani uchun to‘lanadigan tovon turlarini va miqdorini belgilab chiqish;
-ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish bilan bog‘lik faoliyat turlarini belgilash;
-tibbiy profilaktika tadbirlarini yaxshi yo‘lga qo‘yish;
-radiatsiyaviy vaziyat va boshqa xavfli vaziyatlar xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida fuqarolarni xabardor qilish;
-fuqarolarga radiatsiyaviy xavfsizlik chora-tadbirlarini o‘rgatish;
-radiatsiyaviy ifloslanish zonalarida fuqarolarni yashashiga doir alohida rejimlar joriy qilish;
-radiatsiyaviy avariyalar natijasida nurlanishga duchor bo‘lgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish;
-radiatsiyaviy avariya yuzaga kelish xavfi bo‘lganda tezkor chora-tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish.
KTZM va radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash, xavfsizlikni ta’minlash tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish, mazkur tadbirlar samaradorligini tahlil etish chog‘ida mahalliy davlat hokimiyat organlari, radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat organlari, shuningdek ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar tomonidan olib borilishi zarur.
Radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi:
-atrof muhit radioaktiv ifloslanishining tavsifi;
-radiatsiyaviy xavfsizlik tadbirlarining hamda radiatsiyaviy xavfsizlik normalari va qoidalari hamda gigiena normativining bajarilishi tahlili;
-radiatsiyaviy avariyalar ehtimoli va ularning ko‘lami;
-radiatsiyaviy avariyalarni va ularning oqibatlarini bartaraf etishga tayyorgarlik darajasi;
-nurlanish dozalarining belgilab qo‘yilgan asosiy chegaradan yuqori bo‘lgan nurlanishga duchor bo‘lgan shaxslar soni.
Oziq-ovqat xom ashyosi, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik suvi hamda ularni tayyorlash, saqlash, tashish jarayonida ularga yondosh bo‘ladigan materiallar va buyumlar radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash talablariga javob berishi kerak.


Xavfli ob’ekt joylashgan shahar

Yuqoridagi rasmda odamlarni zararlangan hududdan olib chiqib ketish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan. Kimyoviy va radiatsiyaviy xavfli inshootlar atrofida yashovchi aholi korxona faoliyati haqida, undagi kuchli ta’sir etuvchi zaharli va radioaktiv moddalar haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Iqtisodiyot ob’ektlarida, ishlab chiqarish korxonalarida, muassasalarda va boshqa barcha ob’ektlarda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda odamlarni xavfli hududdan olib chiqish sxemasini oldindan ishlab chiqish va ob’ekt binolariga osib qo‘yish kerak.


Ayrim zaharli moddalar tasnifi


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin