«favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanidan (MA’ruzalar to‘plami) toshkent


O‘zbekistonda fuqaro muhofazasini tashkil etishning



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə12/82
tarix03.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#124432
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   82
«favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanidan (MA’ruzalar

O‘zbekistonda fuqaro muhofazasini tashkil etishning
umumiy tamoyillari


Fuqaro muhofazasi - harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O‘zbekiston Respublikasi aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi tuzilmalari asosiga quyidagi tamoyillar kiritilgan:
-hududiy tamoyil:
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy bo‘linishiga qarab, viloyatlar, shaharlar, tumanlarda fuqaro muhofazasi bo‘limlarining tashkil etilishi;
-ishlab chiqarish tamoyili:
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, trestlar, koorparatsiyalar, kompaniyalar, assosatsiyalar, tashkilotlar va korxonalarda fuqaro muhofazasi bo‘limlarining tashkil etilishi.
Fuqaro muhofazasi bo‘yicha umumiy rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri olib boradi.
Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o‘rgatish;
-ob’ektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga tayyorlash;
-boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil etish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish;
-iqtisodiyot ob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini o‘tkazish;
-aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish;
-fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalarini shayligini ta’minlash;
-aholini umumiy va yakka muhofazalanish vositalari bilan ta’minlash;
-aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini ta’minlash;
-radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatuv va laboratoriya nazorati olib borish;
-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish;
-harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarar ko‘rgan hududlarda jamoat tartibini yo‘lga qo‘yish va saqlab turish;
-aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga topshirilgan.
Qoraqalpog‘iston Repsublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlarida fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilishni tegishli lavozimiga ko‘ra fuqaro muhofazasi boshlig‘i bo‘lgan Qraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari amalga oshiradi.
Vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilishni ularning lavozimiga ko‘ra mazkur organlar va tashkilotlar fuqaro muhofazalarining boshliqlari bo‘lgan rahbarlari amalga oshiradilar.
Fuqaro muhofazasi boshlig‘i o‘z vakolatlari doirasiga quyidagi huquqlarga ega:
-fuqaro muhofazasining tegishli rejalarini amalga joriy etish;
-aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
-fuqaro muhofazasi bo‘yicha tegishli direktivalar, buyruqlar, qarorlar va farmoyishlar chiqarish;
-o‘z tasarrufidagi hududlar hamda tashkilotlarning kuchlari va vositalarini fuqaro muhofazasi sohasidagi tadbirlarni o‘tkazishga jalb etish;
-qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Fuqaro muhofazasi boshliqlarining aholi va hududlarni zamonaviy qirg‘in vositalari qo‘llanishi oqibatlaridan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishga oid harakatlarni muvofiqlashtirish tegishli hududlar, tarmoqlar va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi boshliqlari zimmasiga yuklanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
-fuqaro muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini, ularning moliyaviy va moddiy texnika ta’minoti tartibini tasdiqlaydi;
-tinchlik davrida va urush davrida davlat iqtisodiyoti faoliyat ko‘rsatishi barqarorligini ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqilishiga va o‘tkazilishiga rahbarlik qiladi;
-hududlarni ularda yashayotgan aholi soniga va davlat iqtisodiyotida muhim rol o‘ynovchi yoki aholi xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashkilotlar mavjudligiga ko‘ra fuqaro muhofazasi bo‘yicha gurhlarga, shuningdek tashkilotlarni davlat iqtisodiyotidagi roli yoki aholi xavfsizligi ta’siriga ko‘ra fuqaro muhofazasi bo‘yicha toifalarga kiritishi tartibini belgilaydi;
-himoya inshootlarini va fuqaro muhofazasini boshqa ob’ektlarini barpo etish tartibini, shuningdek yakka muhofazalanish vositalari, moddiy-texnika, oziq-ovqat, tibbiy va boshqa xil vositalar zahiralarini to‘plash va ulardan foydalanish shartlarini belgilaydi;
-davlat organlari va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin