«favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanidan (MA’ruzalar
Davlat standartlari. O‘zbekiston Respublikasi aholisini va iqtisodiyot ob’ektlarini tabiiy hamda texnogen xususiyatli turli halokatlardan muhofaza qilish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli tadbirlar orasida huquqiy-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va qayotga tadbiq etish hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Mana shunday muhim hujjatlardan biri Davlat standartlari hisoblanadi.
Davlat standartlari tashkilotlar, muassasalar, idoralar va ilmiy dargohlarda ish yuritish, amalda qo‘llash bo‘yicha favqulodda vaziyatlarning yagona tizimiga asos yaratadi. Fuqaro muhofazasi instituti xodimlari tomonidan bir nechta standartlar tayyorlangan:
1. ”Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Asosiy tushunchalarning atamalari va ta’riflari”.
2. “Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Tabiiy favqulodda vaziyatlar. Atamalar va ta’riflar”.
3. “Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Texnogen favqulodda vaziyatlar. Atamalar va ta’riflar”.
4. “Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Favqulodda vaziyatlar monitoringi va bashoratlash. Atamalar va ta’riflar”.
5. “Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Favqulodda vaziyatlar monitoringi. Asosiy qoidalar”.
6. “Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Texnogen favqulodda vaziyatlar manbalari. Shikastlovchi omillar va ular ko‘rsatkichlarining tasnifi va nomenklaturasi”.
7. “Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Tabiiy favqulodda vaziyatlar manbalari. Shikastlovchi omillar. Shikastlovchi ta’sir ko‘rsatkichlarining nomenklaturasi”.
Barcha davlat va nodavlat tashkilotlari joriy hujjatlarini ishlab chiqilgan standart talablari asosida muvofiqlashtirishlari va ularga tayanib ish yuritishlari talab qilinadi.
Shunday qilib, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda fuqaro muqofazasining huquqiy asosini tashkil etuvchi hujjatlar bilan tanishib chiqdik. Bu hujjatlar talablarini chuqur bilmasdan turib favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini samarali amalga oshirib bo‘lmaydi. Har bir rahbar xodim, har bir fuqaro muhofazasi bo‘yicha mutaxassis bu hujjatlarni bilib, o‘rganibgina qolmay, zarur bo‘lgan vaziyatlarda ulardan kelib chiqadigan talablarni amalda qo‘llay bilishi ham lozimdir.