Fayzullo Xo'jayev ilmi ziyo
Fayzulla Ubaydullayevich Xoʻjayev (1896.06.01., Buxoro, Buxoro amirligi, Rossiya Imperiyasi – 1938.03.15., Moskva, SSSR, shuningdek, Fayzulla Xoʻjaoʻgʻli ham deyilgan). Atoqli davlat va siyosat arbobi, Buxoro jadidchiligining faol ishtirokchisi, "Yosh buxoroliklar” partiyasining rahbarlaridan biri. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining Nozirlar Kengashi raisi. Buxoroda savdogar oilasida tugʻilgan. Buxoro madrasasida 2 yil tahsil olgach, 1907—1912-yillarda Moskvada xususiy maktabda oʻqigan. Buxoroga qaytgach, 1912-yildan „Yosh buxoroliklar“ partiyasining, 1913-yildan partiya Markaziy Qoʻmitasining aʼzosi boʻldi. Otasidan meros qolgan katta boylikni yangi usul maktablari ochishga, „Yosh buxoroliklar“ siyosiy faoliyatini moddiy qoʻllab-quvvatlashga sarfladi. 1917-yildan boshlab Fayzulla Xoʻjayev va Fitrat partiyaning soʻl qanotiga boshchilik qilib, Buxoroda avval konstitutsion monarxiya, soʻngra demokratik respublika tuzish uchun kurashdilar. „Yosh buxoroliklar“ Buxoro amiri tomonidan taʼqib qilingach, Xoʻjayev va uning safdoshlari Buxoroni tark etishga majbur boʻlishdi. Xoʻjayev 1920-yil yanvarda Toshkentda tuzilgan inqilobchi „Yosh buxoroliklar“ partiyasi Turkiston Markaziy byurosi raisi, „Uchqun“ gazetasining muharriri (1920-yil aprel-sentabr). 1920-yil 14 sentabrda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi hukumati — Xalq Nozirlar Shoʻrosi tuzilib, Xoʻjayev hukumat boshligʻi qilib saylandi. BXSR tashqi ishlar noziri (1920—22), harbiy ishlar noziri (1921—24), ichki ishlar noziri (1922), BXSR Mehnat va mudofaa kengashi raisi (1922—24). Shuningdek, Sharqiy Buxoro Inqilobiy harbiy kengashi raisi (1923—24), SSSR Harbiy Dengiz ishlari xalq komissarligining Oʻzbekiston SSR boʻyicha rasmiy vakili (1925-yildan). Xoʻjayev BXSRning mustaqil ichki va tashki siyosat yuritishiga, iqtisodiy islohotlar oʻtkazish va demokratik erkinliklarni joriy kilishga alohida eʼtibor qaratib, Sovet Rossiyasidan tashqari Eron, Turkiya, Afgʻoniston, Xitoy, Ozarbayjon, Xorazm Xalq Sovet Respublikasi, shuningdek, Germaniya va Yaponiya bilan diplomatik aloqalar oʻrnatgan. U talabalarni xorijga joʻnatib oʻqitishning tashabbuskorlaridan biri boʻlgan.Oʻzbekiston SSR Inqilobiy qoʻmitasi (Revkom) — Muvaqqat ishchi-dehqon hukumati raisi (1924-yil noyabr — 1925-yil fevral), OʻzSSR XKS raisi (1925-1937), SSSR MIQ raislaridan biri.
Xoʻjayev oʻz faoliyati davomida oʻzbek xalqining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga xizmat qiluvchi tadbirlarni amalga oshirishga intildi. U VKP(b) MQ Oʻrta Osiyo byurosi va Oʻzbekiston KP MQga nisbatan muxolifat mavqeida turgan „Oʻn sakkizlar guruhi“ (1925-yil noyabr)ga xayrixoh boʻlgan. „Quloq“larni sinf sifatida tugatish siyosatini yoqlamagan. Oʻzbekistonda yoppasiga chigit ekilishi paxta yakkahokimligiga olib keladi, deb hisoblagan. Oʻzbekistonda zamonaviy sanoat inshootlari qurilishida tashabbuskor boʻlgan.
Xoʻjayev davlat arbobi, tarixchi va iqtisodchi olim, publitsist, jurnalist sifatida boy ilmiy meros qoldirgan. Uning „Buxoro inqilobining tarixiga materiallar“ (1926), „Buxorodagi revolyutsiya va Oʻrta Osiyoning milliy chegaralanishi tarixiga doir“ (1932) kitoblari, „BXSRdagi iqtisodiy ahvol“ (1924), „Yosh buxoroliklar toʻgʻrisida“ (1926), „Jadidlar“ (1926), „Bosmachilik“ (1930) maqolalarida Oʻzbekiston tarixining XX asr 1-choragidagi jiddiy muammolar koʻrsatilgan. Xoʻjayev 1937-yil 9 iyulda Moskvada qamoqqa olindi. Unta Sovetlarga qarshi „Oʻng trotskiychi blok“ faoliyatiga qoʻshilganligi hamda „Milliy ittihod“ tashkiloti faoliyatiga rahbarlik qilganlik, „bosmachilik“ harakati va qoʻrboshilarni qoʻllab-quvvatlaganlik, Fitrat, Choʻlpon, Abdulla Qodiriy va boshqa oʻzbek ziyolilariga gʻamxoʻrlik koʻrsatganlik kabi ayblar qoʻyildi va otishga hukm qilindi. Hukm Moskva atrofidagi Butovo qatlgohida ijro etilgan.
1965-yil 6 martda SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi Xoʻjayevni aybsiz deb topdi va oqladi. Oʻzbekistonda uning 100 yillik yubileyi nishonlandi (1996). Xoʻjayev asarlari va u haqidagi tadkiqotlar nashr etildi. „Buxoroning jin koʻchalari“ (Asqad Muxtor) qissasi, „Inqilob tongi“ (Komil Yashin) dramasi, „Men yashashni istayman“ (Nusratillo Naimov) roman-xronikasi va boshqa asarlar Xoʻjayev faoliyatiga bagʻishlangan. Buxoro davlat universiteti, Buxoro shahridagi pedagogika kolleji, Buxoro shahridagi koʻcha, Toshkentdagi metro bekati, koʻcha, koʻplab shirkat xoʻjaliklari, maktab va mahallalar, Navoiy shahridagi koʻcha va maktab Xoʻjayev nomi bilan ataladi. Buxoroda haykali bor. BXSRning Qizil yulduz (I darajali) ordeni bilan mukofotlangan
Fayzulla Xoʻjayev 1896-yili Buxoro amirligining yirik savdogar oilasida tugʻilgan. U yoshligida eski maktabni bitirib, Buxoro madrasasida oʻqigan. 1907—1912-yillarda F.Xoʻjayev Moskvada shaxsiy oʻqituvchilardan taʼlim olgan. 1913-yildan jadidlar safida faoliyat koʻrsatgan va xalq orasida maʼrifat tarqatish bilan shugʻullangan. 1917-yildan u „Yosh buxoroliklar“ partiyasi tashkilotchilaridan biri. Buxoro jadidlari soʻl qanotining inqilobiy ruhdagi aʼzolaridan boʻlib, 1920-yilda Buxoro amiri Said Olimxonni taxtdan agʻdarishga harakat qiladi.
1920-yilda Turkistonda muhojirlikda boʻlib, „Yosh buxoroliklar“ partiyasining Turkiston byurosini tashkil qilgan. Fayzulla Xoʻjayev tomonidan tuzilgan partiyaning dasturi shariat asosida boʻlib, xalqning milliy anʼanalari va oʻziga xos xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda Buxoroda xalq demokratik respublikasini tashkil etishni maqsad qilib qoʻygan edi.
Buxoro amiri taxtdan agʻdarilgach va hokimiyat Yosh buxoroliklar qoʻliga oʻtgandan soʻng, Fayzulla Xoʻjayev hukumat rahbari etib saylanadi. Bu lavozimda u mustaqil siyosat olib borishga, Rossiya va xorijiy mamlakatlar bilan teng muloqot qilishga intilgan. 1922-yilda u Germaniyaga chet el savdo kompaniyalari va yirik savdogarlar bilan shartnoma tuzishga borgan.
1925-yilda Xoʻjayev Oʻzbekiston Xalq nozirlari kengashining raisi etib saylandi. U oʻz faoliyatida oʻzbek xalqining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga xizmat qiluvchi tadbirlarni amalga oshirishga intildi. Xoʻjayev sovet tuzumi tomonidan milliy ziyolilarning faoliyatini cheklash siyosatiga qarshi chiqdi. U uzoq yillar davomida markazning tazyiqi ostida ishlashga majbur boʻldi. 1926-yilda jadidchilik tarixiga bagʻishlangan „Buxoro inqilobi tarixiga materiallar“ kitobi uchun kompartiya tomonidan qattiq taʼqibga olindi.
Xulosa.
Buxoro jadidchiligining faol ishtirokchisi, "Yosh buxoroliklar" partiyasining rahbarlaridan biri Fayzulla Xo‘jaev 1896 yil 1 iyulda Buxoro shahrida yirik savdogar oilasida tug‘ilgan. U yoshligida eski maktabni bitirib, Buxoro madrasasida o‘qigan. 1907—1912 yillarda F.Xo‘jaev Moskvada shaxsiy o‘qituvchilardan ta’lim olgan. 1913 yildan jadidlar safida faoliyat ko‘rsatgan va xalq orasida ma’rifat tarqatish bilan shug‘ullangan.
Otasidan meros qolgan katta boylikni yangi usul maktablari ochishga, yosh buxoroliklar siyosiy faoliyatini moddiy qo‘llab-quvvatlashga sarfladi. 1917 yildan boshlab F.Xo‘jaev va Fitrat partiyaning so‘l qanotiga boshchilik qilib, Buxoroda avval konstitutsion monarxiya, so‘ngra demokratik respublika tuzish uchun kurashdilar. Yosh buxoroliklar amir tomonidan ta’qib kilingach, F.Xo‘jaev va uning safdoshlari Buxoroni tark etishga majbur bo‘lishdi.
1920-yilda Turkistonda muhojirlikda bo‘lib, "Yosh buxoroliklar" partiyasining Turkiston byurosini tashkil qilgan. F.Xo‘jaev tomonidan tuzilgan partiyaning dasturi shariat asosida bo‘lib, xalqning milliy an’analari va o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda Buxoroda xalq demokratik respublikasini tashkil etishni maqsad qilib qo‘ygan edi.
Buxoro amiri taxtdan ag‘darilgach va hokimiyat Yosh buxoroliklar qo‘liga o‘tgandan so‘ng F.Xo‘jaev hukumat rahbari etib saylanadi. Bu lavozimda u mustaqil siyosat olib borishga, Rossiya va xorijiy mamlakatlar bilan teng muloqot qilishga intilgan. 1922-yilda u Germaniyaga chet el savdo kompaniyalari va yirik savdogarlar bilan shartnoma tuzishga borgan.
1925 yilda F.Xo‘jaev O‘zbekiston Xalq nozirlari kengashining raisi etib saylandi. U o‘z faoliyatida o‘zbek xalqining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga xizmat qiluvchi tadbirlarni amalga oshirishga intildi. F.Xo‘jaev sovet tuzumi tomonidan milliy ziyolilarning faoliyatini cheklash siyosatiga qarshi chiqdi. U uzoq yillar davomida markazning tazyiqi ostida ishlashga majbur bo‘ldi. 1926 yilda jadidchilik tarixiga bag‘ishlangan "Buxoro inqilobi tarixiga materiallar" kitobi uchun kompartiya tomonidan qattiq ta’qibga olindi.
F.Xo‘jaev hukumat rahbari sifatida O‘zbekistonning xalq xo‘jaligi (paxtachilik, irrigatsiya, kapital qurilish, chorvachilik)ni rivojlantirishga, maorif va madaniyatni ravnaq toptirishga harakat qildi, biroq yangicha tusdagi mustamlaka sharoitida bu intilishlarning befoyda ekanini keyinroq anglab yetdi.
F.Xo‘jaev BXSRning mustaqil ichki va tashki siyosat yuritishiga, iktisodiy islohotlar o‘tkazish va demokratik erkinliklarni joriy kilishga aloxida e’tibor qaratib, Sovet Rossiyasidan tashqari Eron, Turkiya, Afg‘oniston, Xitoy, Ozarbayjon, XXSR, shuningdek, Germaniya va Yaponiya bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan. U talabalarni xorijga junatib o‘qitishning tashabbuskorlaridan biri bo‘lgan.
F.Xo‘jaev o‘z faoliyati davomida o‘zbek xalqining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga xizmat qiluvchi tadbirlarni amalga oshirishga intildi. U VKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosi va O‘zbekiston KP MKga nisbatan muxolifat mavqeida turgan «o‘n sakkizlar guruhi» (1925 yil noyabr)ga xayrixoh bo‘lgan. «Quloq»larni sinf sifatida tugatish siyosatini yoqlamagan. O‘zbekistonda yoppasiga chigit ekilishi paxta yakkahokimligiga olib keladi, deb hisoblagan. O‘zbekistonda zamonaviy sanoat inshootlari qurilishida tashabbuskor bo‘lgan.
F.Xo‘jaev davlat arbobi, tarixchi va iqtisodchi olim, publitsistjurnalist sifatida boy ilmiy meros qoldirgan. Uning «Buxoro inqilobining tarixiga materiallar» (1926), «Buxorodagi revolyutsiya va O‘rta Osiyoning milliy chegaralanishi tarixiga doir» (1932) kitoblari, «BXSRdagi iqtisodiy ahvol» (1924), «Yosh buxoroliklar to‘g‘risida» (1926), «Jadidlar» (1926), «Bosmachilik» (1930) maqolalarida O‘zbekiston tarixining XX asr 1-choragidagi jiddiy muammolar ko‘rsatilgan.
F.Xo‘jaev 1937 yil 9 iyulda Moskvada qamoqqa olindi. O‘nta Sovetlarga qarshi «O‘ng trotskiychi blok» faoliyatiga qo‘shilganligi hamda «Milliy ittihod» tashkiloti faoliyatiga rahbarlik qilganlik, «bosmachilik» harakati va qo‘rboshilarni qo‘llab-quvvatlaganlik, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy va boshqa o‘zbek ziyolilariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatganlik kabi ayblar qo‘yildi va otishga hukm qilindi. Hukm Moskva atrofidagi Butovo katlgohida ijro etilgan.
1965 yil 6 martda SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi F.Xo‘jaevni aybsiz deb topdi va oqladi. O‘zbekistonda F.Xo‘jaevning 100 yillik yubileyi nishonlandi (1996). F.Xo‘jaev asarlari va u haqidagi tadqiqotlar nashr etildi. «Buxoroning jin ko‘chalari» (A. Muxtor) qissasi, «Inqilob tongi» (K. Yashin) dramasi, «Men yashashni istayman» (N. Naimov) roman-xronikasi va boshqa asarlar F.Xo‘jaev faoliyatiga bag‘ishlangan.
Dostları ilə paylaş: |