Феъл сыз туркуми


X. FE'LLARNING TUZILISHIGA KO'RA TURLARI



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/39
tarix05.01.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#78522
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
Феъл сыз туркуми

 
X. FE'LLARNING TUZILISHIGA KO'RA TURLARI. 


24 
Fe'llar tuzilishiga ko'ra 1) sodda (bordi, o'qidi); 2) qo'shma (aytib berdi, 
borib keldi); 3) juft (o'tdi-ketdi, oldi-qoldi) 4) takroriy (o'qidi-o'qidi, yozdi-yozdi
yurdi-yurdi) kabi turlarga bo'linadi. Masalan, Ergash she'rni o'qidi-o'qidi, nihoyat 
yodlab oldi. 
FE'L – SO'Z TURKUMINI TAHLIL QILISH TARTIBI: 
1. Qaysi so'roqqa javob bo'ladi?
2. Gapdagi qaysi so'z bilan bog'langan?
3. Bosh shakli.
4. Nisbati.
5. Bo'lishli fe'l, bo'lishsiz fe'l.
6. Shaxs – soni.
7. Zamoni va uning turi.
8. Mayli.
9. Tub yoki yasamaligi (yasama fe'lning yasalish usuli).
10. Tuzilishiga ko'ra turi.
11. Gapdagi vazifasi.
TAHLIL NAMUNASI: 
Ishchilar kunlik topshiriqlarni oshirib bajarmoqdalar.
Bajarmoqdalar – fe'l, nima qilmoqdalar? so'rog'iga javob bo'ladi. Ishchilar 
ot so'z turkumi bilan bog'langan, bosh shakli – bajarmoq, aniq nisbatda, bo'lishli 
fe'l, III shaxs, ko'plikda, hozirgi zamon davom fe'li, aniqlik (ijro) mayli, tub, sodda, 
gapda – kesim.
MAVZUGA OID MUAMMOLI SAVOLLAR: 
1. Fe'l-so'z turkumi deb nimaga aytiladi?
2. Fe'llar qanday ma'no anglatadi?
3. U qanday morfologik va sintaktik xususiyatlarga ega?
4. O'timli va o'timsiz fe'llarning farqini aytib bering.
5. Bo'lishli va bo'lishsiz fe'llarning tarixini aytib bering.
6. Fe'l nisbati nima, qanday fe'l nisbatlarini bilasiz?


25 
7. O'zlik va majhullik nisbatlarining o'zaro o'xshash va farqli tomonlarini 
ayting.
8. Birgalik va orttirma nisbatlarining farqini misollar yordamida tushuntirib 
bering.
9. Fe'l zamonlari deb nimaga aytiladi? Ularning turlarini misollar yordamida 
aytib bering.
10. O'tgan zamon fe'li va uning turlarini tushuntiring.
11. Hozirgi zamon fe'li haqida ma'lumot bering.
12. Kelasi zamon va uning turlarini ayting.
13. Fe'l mayli deb nimaga aytiladi?
14. Aniqlik (ijro) maylini ayting.
15. Buyruq-istak maylini ayting.
16. Shart mayli va maqsad mayli haqida ma'lumot bering.
17. Ko'makchi fe'llar va to'liqsiz fe'llar haqida ma'lumot bering.
18. Fe'llar asosan, necha xil yo'l bilan yasaladi?
19. Fe'llar tuzilishiga ko'ra necha turga bo'linadi?

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin