9
1. Yaqin o'tgan zamon fe'li.
2. Uzoq o'tgan zamon fe'li.
3. O'tgan zamon hikoya fe'li.
4. O'tgan zamon davom fe'li.
5. O'tgan zamon maqsad fe'li.
1. Yaqin o'tgan zamon fe'li ish-harakatning nutq so'zlanib turgan paytidan
oldin, ammo so'zlovchining ko'z oldida yoki uning faol ishtiroki bilan aniq
bajarilgan, bajarilmaganini ifodalaydi. Masalan: yozdim, yozding, yozdi, yozdik,
yozdingiz, yozdilar. Men bu kitobni kecha kutubxonadan oldim.
Yaqin o'tgan zamon fe'li ma'nosi fe'l o'zak-negiziga
-di qo'shimchasini
qo'shish va tuslash bilan ifodalanadi.
Birlik.
Ko'plik.
I shaxs
bor-di-m
bor-di-k
II shaxs bor-di-ng
bor-di-ngiz
III shaxs bor-di
bor-di-lar
2. Uzoq o'tgan zamon fe'li ish-harakatning nutq so'zlanib turgan paytdan
ilgari bajarilgan yoki bajarilmaganligini anglatadi. Masalan: Shoiraning akasi
Toshkentda o'qigan. Uzoq o'tgan zamon ma'nosi
sifatdosh yasovchi-gan
qo'shimchasini qo'shish va tuslash bilan ifodalanadi.
Birlik.
Ko'plik.
I shaxs yoz-gan-man
yoz-gan-miz
II shaxs yoz-gan-san
yoz-gan-siz
III shaxs yoz-gan
yoz-gan-lar
Uzoq o'tgan zamonning aniq eslash (yoki eslatish)
va eshitganlik kabi
modal ma'no ottenkalariga ega bo'lgan formalari ham bor.
1. Bo'lib o'tgan ish-harakatni aniq eslash (yoki eslatish) ma'nosi o'tgan
zamon sifatdoshiga edi (qisqa formasi
-di) to'liqsiz fe'lni tuslab biriktirish orqali
ifodalanadi.
Masalan: Men qachondir qishloqdagi holamnikiga borgan edim.
2. Bo'lib o'tgan ish-harakatni kutilmaganda eslash (eslatish) yoki bu haqda
boshqa shaxsning fikriga qo'shilish ma'nosi o'tgan zamon sifatdoshiga ekan
(qisqa formasi
-kan) to'liqsiz fe'lni tuslab biriktirish orqali ifodalanadi.
Masalan:
Men bu romanni o'qigan ekanman.
3. Bo'lib o'tgan ish-harakatni so'zlovchining boshqa shaxsdan eshitganligi
(shuning uchun gumonsirash, kesatish) ma'nosi o'tgan
zamon sifatdoshiga
emish (qisqa formasi-mish) to'liqsiz fe'lning tuslab biriktirish bilan ifodalaydi.
10
Shuning uchun unda voqeaning odatdan tashqari yuz berganlik ottenkasi
bo'ladi. Masalan: Qaytib kelgunimizcha yana bir qarich qor tushibdi.
3. O'tgan zamon hikoya fe'li nutq so'zlanib turgan paytdan ilgari qisqa vaqt
ichida, kutilmaganda bajarilgan yoki bajarilmagan ish-harakatni hikoya qilish,
eslash orqali ifodalaydi: Demak, Yo'ldosh aka uni tag'in eslabdi (H.G').
O'tgan zamon hikoya fe'li
-b (-ib) qo'shimchali ravishdoshlarni qo'shish va
tuslash,
shuningdek, ularga edi to'liqsiz fe'lini biriktirish va tuslash bilan hosil
qilinadi.
Birlik.
Ko'plik.
I shaxs o'qi-b-man
o'qi-b-miz
II shaxs o'qi-b-san
o'qi-b-siz
III shaxs o'qi-b-di
o'qi-b-lar
Yoki
I shaxs yozib edim
yozib edik
II shaxs
yozib eding
yozib edingiz
III shaxs yozib edi
yozib edilar.
Dostları ilə paylaş: