Ferment preparatlarni ajratib olish usullari


Mexanik  (sharikchalar yordamida buzish; kvars qumlari bilan artish) Fizik



Yüklə 323,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix07.09.2023
ölçüsü323,92 Kb.
#141927
1   2   3
Mahammatqulov Sh. 144-146

Mexanik 
(sharikchalar yordamida buzish; kvars qumlari bilan artish)
Fizik
(ulturatovush gidravlik qimirlatish ,muzlatib eritish). 


 
145 
va boshqalar. Buzilgan biomassadan fermentni pH ko’rsatkichi fermentga to’g’ri 
keladigan va suyultirilgan buffer yordamida amalga oshiriladi. Hujayrani buzilgan 
qismlari sentrafuga yordamida ajratiladi. Nuklein kislotalar fermentlar yordamida 
parchalanadi yoki yuqori molekulali kationlar yordamida chiqariladi. Bu jarayon 
ayniqsa nuklein kislotasi ko’proq bo’lgan bakteriyalar va achitqilardan (ularda nuklein 
kislotalarning biomassasi 8-12% ni tashkil qiladi) ferment ajratishda albatta 
qo'llaniladi. Shunday qilib kultural suyulikni filtirati (hujayradan tashqaridagi
fermentlar ajratish uchun) va hujayra ichidagi fermentlar ekstrakti tayyor bo’ladi. 
Hujayra tashqarisidagi filtirat odatda 15-20 ta har xil oqsillarni saqlaydi lekin hujayra 
ekstraktida oqsil spektri ancha ko’proq bo’ladi. 
Quruq holatdagi ferment preparatlari olish
uchun organik erituvchilar (etil spirti, 
izopropil spirti, atseton) yordamida ( 1hajm ferment konsentratiga 2-4 hajm organik 
erituvchi) yoki noorganik tuzlar, (ammonim sulfat yoki sulfat natriy) yordamida 
cho’ktiriladi, cho’kma sentrafuga yordamida ajratilib, vakumda ko’paytiriladi. 
Ko’paytirilgan pereparatlar xavonchada maydalanib, unga qo'shimcha moddalar ( 
kraxmal, dekstrinlar, ksiloza, osh tuzi yoki boshqa inert qo‘shimchalar) qo‘shib 
standartlanadi. Ko’pinch ferment pereparatlari (suyuqlikdagi quruq modda miqdori 
15% dan ko'proq bo’lsa) purkab quritiladi [1]. 
Tiniq holatdagi ferment preparatni olish
vakumda parlatish orqali yoki 
ultrafiltratsiya yo’li bilan quyultirib olinadi. Bu usullar ferment eritmasini 5-15 ta 
quyultirib olish imkoniyatini yaratadi. Quyiltirilgan ferment eritmalari asbest yoki 
sellyuloza filtrlaridan o'tkazilib, tozalab olinadi. Kommersiya uchun tayyorlangan 
ferment konsentratlariga stabilizatorlar (osh tuzi, benzoatlar, sorbinatlar, ba’zida metal 
ionlari) solinadi. Agar zarur bo’lsa suyultiriladi. 

Yüklə 323,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin