Fermentlarni mikrobiologik sintez yo’li bilan ajratib olish


Sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan fermentlar



Yüklə 161 Kb.
səhifə2/8
tarix16.05.2023
ölçüsü161 Kb.
#114268
1   2   3   4   5   6   7   8
Fermentlarni mikrobiologik sintez yo’li bilan ajratib

2. Sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan fermentlar
Dastlab sanoat miqyosida mikrob fermentlaridan foydalanish 90 yildan oldinroq yo’lga qo’yilgan edi. Amaliyotda foydalaniladigan ko’p fermentlar gidrolazalar sinfiga mansub, chunki ularni sanoat biotexnologiyasi yo’li bilan ajratib olish yo’lga qo’yilgan. Umumiy ishlab chiqariladigan va amaliyotda foydalaniladigan fermentlarning 99 % ulushi 16 ta preparat hisobiga to’g’ri keladi. Ulardan ba’zilarini ko’rib chiqamiz.
Amilolitik fermentlar jumlasiga alfa-amilaza, beta-amilaza, glikoamilazalar kiradi. Ularning ta’siri kraxmal va glikogenni gidrolizida namoyon bo’ladi. Kraxmal oldin ancha oddiy polisaharidlar-dekstrinlargacha, keyin esa maltoza va glyukozagacha parchalanadi. Alfa-amilaza alfa-1,4-glyukan bog’lanishni gidrolizlasa, beta-amilaza molekulaning oxiridan birin-ketin maltoza molekulalarini uzib oladi. Glyukoamilaza esa molekulaning oxiridan glyukoza molekularini uzib olib parchalaydi. Bu fermentlar spirt va non ishlab chiqarish sanoatida keng foydalaniladi. Proteolitik fermentlar ham gidrolazalarga kirib, peptidgidrolazalarning kenja sinfini hosil qiladi. Ularning ta’siri oqsil va peptidlardagi peptid bog’larini gidrolizini katalizlashda namoyon bo’ladi. Ularning o’ziga xos xususiyati oqsil molekulasidagi peptid bog’larga tanlab ta’sir etishlan iboratdir. Masalan, pepsin faqat aromatik aminokislotalar o’rtasidagi, tripsin esa faqat arginin va lizinlar o’rtasidagi peptid bog’larga ta’sir etadi. Bu sinfga mansub bo’lgan fermentlar juda ko’p. Sanoatda ularni qaysi vodorod ioni ko’rsatkichlarida faollikni namoyon qilishiga qarab: nordon proteazalar (pH 1,5-3,7); neytral proteazalar (pH 6,5-7,5); ishqoriy proteazalar (PH>8.0) ga tasniflanadi. Proteazalardan-go’shni yumshatishda, terini oshlash va boshqa xil ishlovlar berishda, kinoplyonkalar ishlab chiqarishda, parfyumeriyada, sintetik yuvuvchi preparatlar tayyorlashda, tibbiyot va veterinariyada juda keng foydalaniladi.
Pektolitik fermentlar o’zlarining ta’sir doiralarini tashqi ko’rinish nuqtai nazardan namoyon qilishlari, ya’ni reaksiya natijasida ular ta’sir etadigan polisaharidlarning vakillari-pektin moddalar (pektin, pektin kislotalar va protopektin) ning molekulyar massalari va qayishqoqliklarini kamayishiga qarab bitta alohida guruhga birlashtirilgan. Ular mevalar, ildizmevalar, navdalar (zig’ir) tarkibida bo’ladi. Pektin moddalarning molekulyar massalari 20000 Da dan 200000 Da gacha bo’ladi. Hamma pektinazalar ikki xilga bo’linadi-gidrolazalar va transeliminazalar. Ularning birinchilari metil qoldiqlarni uzadi yoki alfa-1,4-glyukozid (poligalakturinazalar) bog’larni parchalaydi. Ikkinchilari pektin moddalarini nogidrolitik yo’l bilan parchalab qo’sh bog’larni hosil qiladi. Ular to’qimachilik sanoatida zig’irga ishlov berishdan oldin - ho’llash, vino tayyorlashda-vinoni quyqalarini yo’qotish, meva shiralarini tayyorlashda konservalash uchun foydalaniladi. Sellyulolitik fermentlar o’ta maxsus, bo’lib ularning ta’siri sellyuloza molekulalarini qutbsizlanganida namoyon bo’ladi; ular kompleks holda ta’sir etib sellyuloza gidrolizini glyukoza hosil bo’lishi darajasigacha yetkazadi. Ulardan foydalanishning istiqbollari katta - bu sellyulozadan glyukoza ajratib olish; tibbiyotda o’simliklardan dorivor moddalar (steroidlar) ni ajratib olish; oziq-ovqat sanoatida-o’simlik yog’larini sifatini yaxshilash; qishloq xo’jaligida kavshovchi hayvonlarning omuxta yemiga qo’shib berishda foydalaniladi.



Yüklə 161 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin