Fermentlarni mikrobiologik sintez yo’li bilan ajratib olish



Yüklə 161 Kb.
səhifə5/8
tarix16.05.2023
ölçüsü161 Kb.
#114268
1   2   3   4   5   6   7   8
Fermentlarni mikrobiologik sintez yo’li bilan ajratib

Aeratsiyadan oldin va keyin havoni tozalash.Atmosfera havosi tarkibida organik va anorganik tabiatli changlar, suv bug’lari va 1 m3 havoda 10 mlrd gacha mikroorganizmlar bo’ladi. Uni sterilligi katta hajmdagi tolali filtrlardan foydalanish orqali ta’minlanadi. Ferment preparatlarini ajratib olishda tozalash ikki bosqichda-dastlab alohida olingan bosh filtr orqali, keyin fermentyorlarga havo kiritishdan oldin o’rnatilgan filtr orqali amalga oshiriladi. Jarayonning nihoyasida, ya’ni aeratsiyani oxirida fermentyordan chiqariladigan gaz oqimi tarkibida produsentning hujayralari bo’ladi. Atrof-muhitni ular bilan zararlantirmaslik uchun havo oqimi yo’liga filtr yoki filtrlar tizimini o’rnatish lozim bo’ladi. Bunda ishlab chiqarish tizimidan chiqarilayotgan havo sanitariya-gigiena me’yorlariga to’liq javob berishi kerak.
Produsentni sanoat miqyosida o’stirish. Ma’lum suyuqlik hajmida produsentni o’stirishda ikkita jarayon-mikroorganizm massasini oshishi va muhitda yoki mikrob hujayrasida fermentning yig’ilishi yuz beradi. Produsentni chuqur o’stirishda fermentlar biosintezi oziqa muhitiga doimo havo kiritish va aralashtirib turish sharoitida 2-4 kunda amalga oshiriladi. Produsent Asp. oryzaeni o’sishi jarayonida yuz beradigan o’zgarishlar 1-Rasmda keltirilgan:





1-Rasm. Asp. oryzae ni chuqur o’stirish jarayonida mitselliyni o’sishi, alfa amilazani hosil bo’lishi va muhitning quruq massasini o’zlashtirilishi (I.M.Gracheva bo’yicha)
Bunda: 1- alfa-amilaza; 2-mitselliy; 3-quruq modda.

Ko’p fermentlar ekstrasellyulyar mahsulotlar hisoblanadi va produsent hujayrasini o’rab turgan suyuqlik muhitiga chiqadi, odatda uch kunlik o’stirishdan keyin mitseliy ichida 10-15 % dan ko’p bo’lmagan miqdordagi ferment qoladi. Bunday paytda ferment preparatini biomassa ajratilgandan keyin filtratdan ajratib olinadi. Ba’zan fermentlar hujayra organellalari bilan birikkan bo’lib tashqi muhitga ajralib chiqmaydi, bunda hujayralardan ajratish uchun ularni shikastlash va tegishli tarzda ishlov berish talab qilinadi. Dastlabki bosqichda oziqa moddalarini konsentratsiyasini yuqori bo’lishi produsent biomassasini o’sishini bo’g’ib qo’yadi. Shu sababli uzluksiz ravishda oziqa muhiti yoki uning komponentlari fermentyorga asta-sekinlik bilan produsentning o’sish bosqichini hisobga olish asosida peshma-pesh kiritib boriladi. Buni Bac. subtilis-402 beta-glyukanaza fermentini biosintezi misolida namoyish qilish mumkin (2-Rasm):





2-Rasm. B. subtilis-402 ni o’stirganda biomassani, beta glyukanazani va muhitda erigan modda sarfining o’sishi (I.M.Gracheva bo’yicha)
Bunda: 1-Muhitda erigan modda; 2-biomassa; 3-ferment faolligi (nisbiy birlikda).

Birinchi bosqichda t=40 0C bo’lganda yengil o’zlashtiriladigan komponentlar o’zlashtiriladi, biomassa shiddatli ravishda oshadi (8-soat o’tgandan keyin 10 g/l ga yetadi). Keyin qo’shimcha ravishda muhitga erigan modda kiritiladi. Chuqur o’stirishda vodorod ioni konsentratsiyasi asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi va u produsentni o’sishida o’zgarishlarga duch keladi. O’suvchi produsentni muhitini nordonligi mineral moddalarning tarkibi va xossalariga bog’liq bo’ladi. Hujayralar tomonidan ammoniy ionlarining o’zlashtirilishi anionlarning ajralishini keltirib chiqaradi va bunda muhit nordonlashadi. Agar NO3- anioni o’zlashtirilsa, unda metal ionlari ajralib chiqib muhitni ishqoriylashtiradi. Fermentlar biosintezi jarayonida vodorod ioni konsentratsiyasini birozgina o’zgarishida qanday o’zgarishlar yuz berishini Asp. oryzae 3-9 15 misolida namoiysh qilish mumkin, pH 6,0 bo’lgandayoq ferment faolligi ancha (23 %) ga pasayadi. Agar muhitni yanada nordonlashtirilsa (pH 5,5da), uch kundan keyin fermentning faolligini bor-yo’g’i 40 % saqlanadi. Shu narsa qiziqki, zamburug’ tomonidan amalga oshiriladigan alfa-amilazani biosintezi pH (7,5) va uning katalitik faolligi namoyon bo’ladigan pH (4,7-4,9) bir biridan tubdan farq qiladi.


Fermentning yig’ilishi va uning hosil bo’lishi tezligi aeratsiya rejimiga bog’liq bo’ladi. Kislorodni jadal o’zlashtirilishi zamburug’ning yosh paytiga to’g’ri keladi, Shuning uchun bu paytda kuchli ravishda aeratsiyalash va aralashtirish talab qilinadi. Ko’p ferment produsentlari mezofill mikroorganizmlar bo’lib, ularning rivojlanishi uchun optimum harorat 22-32 0C hisoblanadi. Ularning hammasi haroratga nisbatan o’ta sezgirlikni namoyon qiladi va haroratni ozgina ko’tarish ham keskin inaktivatsiyani keltirib chiqaradi. 3-Rasmda produsentlarni har xil harorat chegarasida o’stirganda fermentlar faolligining o’zgarishlariga oid ma’lumotlar keltirilgan.





3-Rasm. Haroratning muhitda ferment yig’ilishiga ta’siri (I.M.Gracheva bo’yicha).
Bunda: 1- Asp. flavus 716 proteinazasi; 2 va 3- Asp. awanori 22 amilazasi.

O’stirish jarayonida uch fazali: suyuq, shartli qattiq (hujayralar) va gaz tizimiga duch kelinadi. Shu sababli bu ishlarni amalga oshirish uchun maxsus qurilmalardan foydalanish zarurati bor. Fermentyor qurilmaga qo’yiladigan asosiy talab jarayonning hamma parametrlarini nazorati va ularni optimal darajada tutib turilishini avtomatik ravishda amalga oshirishga qaratilishi lozim. Zamonaviy texnologik jarayonlar muhit tarkibidagi karbonsuvlar, hosil bo’lgan metabolitlar va hujayralar konsentratsiyasini avtomatik ravishda nazorat qilishni hisobga oladi.



Yüklə 161 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin