affikslar. Juda ko‘p so‘z yasashga xizmat qiladi: -chi (ish-chi, jang-chi, bo‘yoq-
chi), -li (aql-li, bola-li, g‘ayrat-li), -la (tuz-la, oq-la, joy-la), -ma (bo‘l-ma, mosla-
ma, qatla-ma), -lik (bola-lik, yosh-lik, tinch-lik, do‘st-lik) kabi; 2) kamunum
affikslar. Kamroq so‘z yasashga xizmat qiladi: -q (taro-q), -qin (tosh-qin), -g‘in
(yon-g‘in), -kash (mehnat-kash), -in (ek-in), -un (tug-un) kabi; 3) unumsiz
affikslar. Hozirgi o‘zbek tilida yangi so‘z yasash xususiyatini yo‘qotgan affikslar:
-vul (qoro-vul), -chil (ep-chil), -dak (yugur-dak) kabilar.
25
Hozirgi kunda ba’zi tilshunos olimlar, jumladan, A.Hojiyev so‘z qo‘shish
(kompozitsiya) usulida so‘z yasalishi hodisasini inkor etmoqdalar. Tilshunos
A.Hojiyevning fikr-mulohazalari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishni joiz topdik. O‘zbek
tili so‘z yasalishiga oid ishlarning hammasida so‘z yasashning “kompozitsiya
usuli” qayd etiladi va u so‘z yasashning mahsuldor usuli sifatida ta’riflanadi.
Biroq, olimning ta’kidlashicha, hodisaga bevosita o‘zbek tilining o‘z
materiallaridan kelib chiqib yondashilsa, bu tilda so‘z yasashning “kompozitsiya
usuli” deb atash mumkin va lozim bo‘lgan usuli yo‘qligi ma’lum bo‘ladi.
Kompozitsiya usuli bilan so‘z yasash deganda, so‘z qo‘shish yo‘li bilan so‘z
yasash tushuniladi. O‘zbek tilida ikki mustaqil so‘z ma’lum grammatik shaklda
birikadi va birikuvchi so‘zlar o‘rtasida grammatik aloqa borligi sezilib turadi.
Bunday birikish (bog‘lanish) natijasida lug‘aviy birlik, ya’ni leksema emas, balki
sintaktik birlik – so‘z birikmasi yoki gap hosil bo‘ladi. Shu faktning o‘ziyoq
ko‘rsatadiki, “so‘z qo‘shish bilan so‘z yasalishi” (shunday so‘z yasash usuli)
haqida gap bo‘lishi mumkin emas
1
.
Lingvistik adabiyotlarda ana shu narsa qayd etiladi. Bunga esa keyinchalik
yetarli e’tibor berilmadi. Ayrimlar bu bilan butunlay hisoblashmay, avvalgicha fikr
yuritaverdilar. Ba’zilar esa bu gapda asos borligini sezib, “so‘z qo‘shish”
(slovoslojeniye) o‘rnida “asos qo‘shish” (osnovoslojeniye), “o‘zak qo‘shish”,
“leksema qo‘shish” terminlarini qo‘llashni ma’qul ko‘rdilar. Lekin bular
masalaning mohiyatini oydinlashtirolmaydi, so‘z yasalishining shunday usuli
borligini tasdiqlay olmaydilar. Chunki o‘zbek tilida “asos qo‘shish” yoki “o‘zak
qo‘shish” hodisasining o‘zi yo‘q. Bu terminlar rus tiliga oid ishlar ta’sirida
qo‘llanib kelindi.
Shunday savol tug‘ilishi mumkin: “O‘zbek tilida sodda so‘zlardan
farqlanuvchi va “qo‘shma so‘z” deb atalayotgan so‘zlar ko‘p miqdorda borku,
bularning yasalish yo‘lini qanday usul deyish mumkin?”
Avvalo, aytish kerakki, faqatgina bir narsa, ya’ni tarkibida lug‘aviy ma’noli
birdan ortiq qism (komponent) borligigina bunday so‘zlarning maxsus usul bilan
1
Hojiyev A. O‘zbek tili so‘z yasalishi tizimi. –Toshkent: O‘qituvchi, 2007. –B. 8.
26
yasalishi tasavvurini beradi. Masalan, to‘g‘rila so‘zi affiks qo‘shish usuli bilan
(to‘g‘ri+la) yuzaga kelgan bo‘lsa, otquloq so‘zi ikki so‘zni qo‘shish (ot+quloq)
yo‘li bilan hosil qilingan, degan tasavvurni beradi. Aslida esa birdan ortiq lug‘aviy
ma’noli qismga (so‘zga) egalik bunday so‘zlarning maxsus so‘z yasash usuli bilan
hosil qilinishini ko‘rsatuvchi belgi bo‘la olmaydi. Hatto, bunday so‘zlarni
“qo‘shma so‘z” deb atalishining o‘zi ham shartli bo‘lib, so‘z yasash usuliga ko‘ra
emas, balki sodda so‘zlardan farqli belgisiga ko‘radir. Demak, “sodda”, “qo‘shma”
degan so‘zlarning o‘zi so‘z yasash usulini ko‘rsata olmaydi. Shunday ekan,
“qo‘shma so‘z” ekanligiga qarab, ularni maxsus usul bilan yasaladi, deb o‘ylash va
bu usulning qanday usul bo‘lishi haqida so‘roq qo‘yishning o‘zi o‘rinli bo‘lmaydi
deb e’tirof etadi.
To‘g‘ri, “qo‘shma so‘z” deb atalayotgan so‘zlar ham ma’lum yo‘l (yo‘llar)
bilan yuzaga keladi. Lekin tilda biror so‘zning u yoki bu yo‘l orqali, biror hodisa
tufayli yuzaga kelishi bilan maxsus usul asosida yangi so‘z hosil qilish hodisasini
farqlash kerakligi aytiladi. Olim bunda quyidagilarga e’tibor berilishi lozimligini
uqtiradi.
Birinchidan, so‘z yasash usuli bilan yangi so‘z hosil qilishda so‘z yasovchi
maxsus vosita (birlik)dan foydalaniladi, shu birlik so‘z yasovchi hisoblanadi.
Masalan, suvchi, tekisla so‘zlaridagi -chi va -la so‘z yasovchi. “Qo‘shma so‘z” deb
ataluvchi so‘zlarda bunday holat yo‘q. Itburun, boyo‘g‘li, qirqog‘ayni kabilarda
so‘z yasovchi qism (birlik) yo‘q. Binobarin, ular so‘z yasalish tarkibiga ega emas
va bu so‘zlarning yasalish usuli bor, ular bir usulda yasalgan so‘zlar, deyish
mumkin emas.
Ikkinchidan, so‘z yasash usuli bilan hosil qilingan so‘z (yasama so‘z) so‘z
yasovchi yordamida ma’lum bir so‘zdan hosil qilinadi va bu so‘z (yasama so‘zning
shu qismi) so‘z yasalish asosi hisoblanadi. Masalan, rohatlanmoq so‘zi rohat
so‘zidan yasalgan. Bu so‘zda rohat – so‘z yasalish asosi, -lan – so‘z yasovchi
qo‘shimcha. Har qanday yasama so‘z ana shunday ikki qismdan – so‘z yasalish
27
asosi va so‘z yasovchi qismdan iborat bo‘ladi
1
. “Qo‘shma so‘z”lar esa bunday
tarkibga ega emas. Demak, ular so‘z yasash vositasiga ham, usuliga ham ega
bo‘lmaydi.
Uchinchidan, maxsus usul bilan, maxsus birliklar yordamida yasalgan
so‘zlarning ma’nosi uning qismlari ma’nosidan yuzaga keladi, uning ma’nosini
qismlari ma’nosida asoslash mumkin bo‘ladi: dutorchi – dutor chaluvchi
(sozanda), og‘irlashdi – vazni og‘ir bo‘ldi, chiroyli – yaxshi (yoqimli) chiroyga
ega va boshqalar. “Qo‘shma so‘z”larda bunday holat yo‘q: itog‘iz (gulning nomi)
so‘zining ma’nosini uning qismlari (it, og‘iz so‘zlari) ma’nosi bilan asoslab
bo‘lmaydi.
Ana shu uchta faktning o‘ziyoq o‘zbek tilida so‘z yasalishining
“kompozitsiya usuli” (yoki so‘z qo‘shish usuli) deb atash mumkin bo‘lgan usuli
yo‘qligini to‘la tasdiqlaydi.
“Qo‘shma so‘z”larning yuzaga kelishi, paydo bo‘lishi masalasiga kelsak,
buning yo‘li turlicha. Jumladan, ularning ba’zilari o‘zga tildan shunday holicha
o‘zlashtirilgan bo‘ladi. Masalan, gulbeor, gultojixo‘roz, oromijon so‘zlari tojik
tilidan o‘zlashgan. Ular o‘zbek tilining yasama so‘zlari hisoblanmaydi. Demak,
bularga nisbatan “qo‘shma” (qo‘shish) so‘zini qo‘llash ham to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Ustqurma so‘zi ruscha “nadstroyka” so‘zini kalkalash yo‘li bilan hosil
qilingan. Kalkalash so‘z hosil qilishning bir yo‘li. Lekin so‘z yasash usuli emas.
Shuning uchun ham ustqurma so‘zi yasama so‘zlarning umumiy ma’nosi bilan
birlashuvchi biron tipga (turiga) kirmaydi; so‘z yasalish asosi va so‘z yasovchidan
iborat tarkibga ega emas. Bu so‘z, tarkibida ikkita lug‘aviy ma’noli qism
borligidan qat’iy nazar qo‘shma so‘z hisoblanmaydi (chunki “so‘z qo‘shish” yo‘li
bilan hosil qilinmagan). Affiksatsiya usuli bilan yasalgan so‘z deyish ham mumkin
emas. Chunki u “ustqur”dan -ma affiksi yordamida yasalayotgani yo‘q. Agar
tarkibiy qismlarining xususiyatiga ko‘ra (ikki lug‘aviy ma’noli qism va bir affiks
borligiga ko‘ra) so‘z yasash usuli belgilanadigan bo‘lsa, bu so‘zni “kompozitsiya-
1
Hojiyev A. O‘zbek tili so‘zning morfologik tarkibi masalasi. O‘zbek tili va adabiyoti j. –Toshkent, №1. 1988. –
B.29-33.
28
affiksatsiya usuli” bilan yasalgan deyishga to‘g‘ri keladi. Biroq bunday deb
ishlatish mumkin emas.
«Qo‘shma so‘z»larning anchagina qismi so‘z birikmasining (sintaktik
birlikning) lug‘aviy birlikka (leksemaga) o‘tishi natijasida yuzaga kelgan: belbog‘,
mingboshi, olmaqoqi, tokqaychi kabilar. Bunday so‘zlarning yuzaga kelishi (so‘z
birikmasining so‘zga aylanishi) ma’lum muddat (jarayon) o‘tishi bilan bog‘liq va u
hozirgi sinxron so‘z yasalishiga kirmaydi. Bunda har bir so‘zning yuzaga kelishi
alohida amalga oshadi. Demak, bu hodisa ham sistemani tashkil etmaydi. Bunday
so‘zlar ham so‘z yasalish asosi va so‘z yasovchi qismdan iborat tarkibga ega
bo‘lmaydi.
“Qo‘shma so‘z” larning ayrimlari ma’lum narsani boshqa biror narsa yoki
belgiga nisbatlash, undagi biror belgi asosida nomlash orqali hosil qilingan:
oybolta, devqomat, qizilishton, mingoyoq va boshqalar. Lekin bunday so‘zlar so‘z
yasalish asosi va so‘z yasovchi qismdan iborat tarkibga ega bo‘lmaydi. Ularning
(shu so‘zlar bildirgan narsaning) nima uchun shunday atalishi har bir so‘zning o‘z
doirasida izohlanadi. Qushning nima uchun qizilishton deb atalishi shu qushning
o‘zidagi (o‘ziga xos) belgisi bilan asoslanadi. Belgi esa so‘z yasash birligi emas.
Bu faktlar ham o‘zbek tilida so‘z yasashning “kompozitsiya usuli” deb atash
mumkin va lozim bo‘lgan alohida usuli yo‘qligi, shuningdek, tarkibida birdan ortiq
lug‘aviy ma’noli qism bo‘lgan so‘zlarni “qo‘shma so‘z” deb atashga asos
yo‘qligini ham ko‘rsatib o‘tadi.
Har bir yasama so‘z so‘z yasalish asosi va so‘z yasovchidan iborat tarkibga
ega bo‘lishini ko‘rdik. Ana shu tarkib so‘z yasashning modeli hisoblanadi.
“Qo‘shma so‘z” deb atalayotgan so‘zlarda esa so‘z yasash modeli yo‘q ekanligini
yana bir bor ta’kidlaydi.
Ammo qo‘shma so‘zlarga oid ishlarda qo‘shma so‘zlarning yasalish modeli
borligi haqida gapiriladi va bunda “qo‘shma so‘z”ning tarkibi qaysi turkumga oid
so‘zdan bo‘lishi nazarda tutiladi. Masalan, ko‘zoynak – ot+ot modeli, oqqush –
sifat +ot modeli, qirqog‘ayni – son+ot modeli deb ta’riflanadi. Biroq bularda hech
qanday so‘z yasash modeli yo‘q va ular tarkibining qaysi so‘z turkumiga oid
29
so‘zlardan bo‘lishi so‘z yasalishi nuqtayi nazaridan hech narsani belgilamaydi deb
keltiradi.
Bir xil modeldagi so‘z birikmalaridan kelib chiqqan ayrim so‘zlarning bir
komponenti, odatda, keyingi komponenti aynan bir so‘zdan bo‘ladi. Natijada, u
takrorlanuvchi qismdek, aniqrog‘i, so‘z yasovchi qismdek tuyuladi: karvonboshi,
ishboshi, jo‘raboshi, mingboshi, yurtboshi kabilar. Lekin bularda so‘z yasovchi
qism ham, yasama so‘zga xos tarkib ham yo‘q. Hatto, bunday so‘zlarning
ayrimlarida so‘z birikmasi ekanligini ko‘rsatuvchi, ikkinchi komponentdagi i ham
qo‘llanmay, qismlar (bir lug‘aviy birlik sifatida) qo‘shib yozilaveradi deb quyidagi
misollarni keltiradi: Rosti, mening ham elkamdan tegirmontosh tushganday bo‘ldi
(A.Dilmurodov). Olmos charxtoshda charxlangan keskich bilan kerakli tashqi
diametr charxlanib... (“Yangi texnika” jur.). ...V-VI asrlarga oid deb qabul
qilingan Enasoy qabrtoshlaridir (gazetadan).
Olim bunda, avvalo, bularni, i qo‘shimchasisiz qo‘llanishiga qarab, so‘zga
aylangan deb qat’iy hukm chiqarish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki birinchidan, bunday
belgisiz qo‘llanish (tegirmon toshi emas, tegirmontosh kabi) ko‘proq og‘zaki
nutqqa xos bo‘lib, tegirmon toshi shaklida (so‘z birikmasi sifatida) qo‘llanish
asosiy ekanini inkor etib bo‘lmaydi. Ikkinchidan, tegirmontosh tarzida qo‘llangan
taqdirda ham unda so‘z birikmasiga xos xususiyat sezilib turadi. Uchinchidan,
tegirmontosh, charxtosh, qayroqtosh kabilarni so‘z deb tan olgan taqdirda ham
ularni yasama so‘z, tarkibidagi “tosh”ni so‘z yasovchi deyish mumkin emas.
Bunda faqat so‘z birikmasining so‘zga aylanishi haqida gapirish mumkin, xolos
deb tushuntiradi.
Adabiyotlarda gap shaklidagi qo‘shma so‘zlar mavjudligi aytilib,
go‘shtkuydi (ovqat nomi), ochildasturxon (ertak nomi) kabilar misol qilib
ko‘rsatiladi. Lekin bular, avvalo, juda kam. Qolaversa, ...bu fakt ham kompozitsiya
usuli bilan so‘z yasash hodisasi emas. Bunga misol sifatida: Yigitlarga aytib, seni
bir talqontuydi qildirmasammi! (A.Obidjon). Xona ichida 5-6 daqiqa chigilyozdi
mashqlarni bajargach,... ko‘chaga chiqamiz (“O‘zb. ovozi” gaz.). ...Hasan
30
qayg‘ichi xon amaldorlari haqida ichakuzdi hangomalar aytardi (S.Siyoyev)
kabilarni keltirib o‘tadi.
Bularni okkazional yasalish deb, lisoniy birlik emas, nutq birligi deb qarash
to‘g‘ri bo‘ladi deb hisoblaydi.
Yana hozirgi tilimizda tarkibida aynan bir so‘z mavjud bo‘lgan erktalab,
suvtalab; noziktabiat, og‘irtabiat; odamsifat, maymunsifat; ishbay, kunbay;
qo‘ymijoz, itmijoz, sovuqmijoz; erksevar, issiqsevar kabi so‘zlarni tahlil qilib,
bular, odatda, “qo‘shma so‘z” deb qaraladi, ular tarkibida qo‘llangan talab, sifat,
bay, mijoz, sevar kabi so‘zlar shu “qo‘shma so‘z”larni yasovchi deb tushuniladi.
Avvalo, tarkibida aynan bir so‘z qo‘llangan bunday so‘zlar sanoqlidir, ya’ni
tarkibida talab, sifat, bay, mijoz kabi so‘zlar bo‘lgan “qo‘shma so‘z”lar.
Qolaversa, ular tarkibida qo‘llanuvchi so‘zlar so‘z yasash uchun xizmat qilmaydi.
Ularning ayrimlari tarkibidagi har bir so‘z o‘z ma’nosi bilan qatnashadi va so‘z
birikmasi ekanligi sezilib turadi: og‘ir tabiat, engil tabiat, dehqon tabiat; oq
ko‘ngil, qora ko‘ngil, ochiq ko‘ngil kabi. Birgina talab so‘zi qatnashgan quyidagi
misollarga e’tibor beraylik: ravnaqtalab, farzandtalab, yomg‘irtalab, echimtalab,
erktalab, savobtalab, e’tibortalab, mehnattalab, maoshtalab, ishtahatalab,
hurmattalab va boshqalar.
Bu kabilarni “qo‘shma so‘z” deyish qismlarining qo‘shib yozilishi,
tarkibidagi talab, sifat, bay, sevar, mijoz kabilarni “qo‘shma so‘z” yasovchi deb
tushunish oqibatidir deb hisoblaydi. Aslida esa, ular so‘z qo‘shish yo‘li bilan hosil
qilingan yangi so‘zlar emas, shuningdek, birdan ortiq so‘zlar bilan qo‘llanayotgan
so‘zlar so‘z yasovchi emasligini dalillashga harakat qiladi.
Xullas, o‘zbek tilida, affikslardan tashqari, so‘z yasash uchun xizmat
qiluvchi yordamchi so‘z (morfema)lar ham bor. Lekin ular ko‘p emas. Shuningdek,
ular yordamida yasalgan so‘zlar ham oz miqdorda.
Savol tug‘ilishi mumkin va tabiiy: “Yordamchi morfemalar yordamida so‘z
yasalishini, affikslar bilan so‘z yasalishidan farqlagan holda, so‘z yasalishining
alohida usuli deb qarash va alohida nom bilan atash kerakmi, shunga ehtiyoj
bormi?” Bizningcha, bunday qilish shart emas. Chunki, birinchidan, yuqorida aytib
31
o‘tilganidek, bunday birliklar (so‘z yasovchilar) juda ko‘p emas. Ikkinchidan,
affikslar yordamida so‘z yasalishi va yordamchilar bilan so‘z yasalishining modeli
asos e’tibori bilan bir xil – “so‘z yasalish asosi+so‘z yasovchi” modelidadir.
Demak, so‘z yasalishi va yasovchilar haqida gap borganda, so‘zlar o‘zbek tilida,
asosan, affikslar yordamida yasalishi, shu bilan birga, so‘z yasovchi yordamchi
morfemalar ham borligini aytib, ular orqali hosil qilinuvchi yasama so‘zlarning
mohiyatini tahlil etish bilan kifoyalanish mumkin.
Olimning bildirgan mulohazalaridan ma’lum bo‘ladiki, “qo‘shma so‘z” deb
ta’riflanayotgan so‘zlarning ko‘pchiligi turli hodisa, yo‘llar bilan (masalan, so‘z
o‘zlashtirish, so‘z birikmasining so‘zga aylanishi va boshqalar) yuzaga kelgan.
Ular yasama so‘z emas. Kompozitsiya usuli bilan yasalgan so‘z (qo‘shma so‘z)
deb qaralayotgan birliklarning ayrimlari so‘z birikmasi hisoblanadi. Ayrimlari esa
okkazional yasalish (nutqiy hodisa)dir.
Yordamchi so‘zlar yordamida so‘z yasalishi ham kompozitsiya (so‘z
qo‘shish) usuli bo‘lmaydi.
Olimning ushbu so‘z yasalishi, shu jumladan, ot yasalishi bo‘yicha ham,
mulohazali fikrlari hozirgi kun tilshunosligi oldiga dolzarb mavzulardan birini
qo‘ymoqda. Olim o‘z fikrlarini isbotlash maqsadida o‘zbek tili materiallari asosida
daliliy misollarni keltirgan, shunday bo‘lsa ham, ko‘pchilik olimlar bu qarash bilan
hamfikr ravishda ish yuritmayotgani kuzatiladi. Bizningcha, olimning ushbu so‘z
yasalishining kompozitsiya usuli to‘g‘risidagi qarashlari to‘laqonli bo‘lmasa ham
mantiqiy asosga ega.
Dostları ilə paylaş: |