Korxonalar yuqorida keltirilgan shakllariga ya’ni mulk shakliga va sohalariga mos holda va alohida belgilariga qarab turlarga tasniflanadi.
Korxonalar yuqorida keltirilgan shakllariga ya’ni mulk shakliga va sohalariga mos holda va alohida belgilariga qarab turlarga tasniflanadi.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari Yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Mikrofirmalar
Kichik korxonalar
Korxonani boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari
Boshqaruv jamiyat munosabatlarining muhim ko’rsatkichi sifatida jamiyat hayotining barcha jabhalariga tegishlidir. U insonning jamiyatdagi mohiyati, mehnati taqsimoti, kooperatsiya va muomala zarurati, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy munosabatlardan kelib chiqadi.
Boshqaruv - ijtimoiy mehnat jarayoniga ishlab chiqarish rivojlanishining ob’ektiv qonunlari asosida yo’naltirilgan tarzda ta’sir o’tkazish tizimi, har bir ishchining va butun jamoaning mehnatini bir vaqtning o’zida nazorat qilish, motivatsiya va tartibga solish usulidir.
Boshqaruv tizimi deganda nimani tushunish lozim? Agar jamiyatning butun iqtisodiy tizimini oladigan bo’lsak, uning tarkibiga kiruvchi ko’plab kichik tizimlarni - tarmoqlar, korxonalar, birlashmalar va hokazolarni ko’rishimiz mumkin. Ularning har birini ikki jihatidan: mustaqil faoliyat yuritish nuqtai nazaridan yoki butun birlikning tarkibiy qismi sifatida ko’rib chiqish mumkin. Masalan, korxona (firma) mustaqil boshqaruv tizimi yoki tarmoqning (ishlab chiqarishning) bo’linmasi, bo’g’ini sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Bunga bog’liq bo’lgan holda boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi, uning vazifalari va funksiyalari shakllantiriladi
O’zaro aloqada va ma’lum jihatdan bir-biriga bo’ysinuvchi bo’lgan boshqaruv ob’ektlari va sub’ektlari faoliyatning alohida ko’rinishi sifatida boshqaruvning muhim elementlari hisoblanadi. Bu aloqani quyidagi tarzda chizma yordamida ko’rsatish mumkin:

3-rasm. Boshqaruv ob’ekti va sub’ektining o’zaro aloqasi