Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida firmalar (korxona) faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir:
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida firmalar (korxona) faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir:
bozorni har tamonlama o‘rganish asosida mavjud mahsulot (ish, xizmat)larga bo‘lgan va kelajakda paydo bo‘ladigan talabni aniqlash va o‘z istiqbolini belgilash;
mahsulotlarni reklama qilish, o‘rash, turli texnik xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish;
mahsulot (ish, xizmat)larning yangi turlarini va modellarini yaratish nuqtai nazaridan ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish;
korxona boshqaruvini takomillashtirish va boshqalar.
Bozor tizimida iqtisodiy sub’ektlarning bir-biri bilan oldi-sotdi munosabatlarining predmetlarini keltiramiz.(1-jadval).
Bozor sub’ektlarining oldi-sotdi predmetlari 1-jadval
Bozor sub’ektlari
Sotish predmetlari
Sotib oladigan predmetlari
Davlat
Yer, yer osti boyliklari, suvlar, havo bo‘shlig‘i, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, uy-joy, litsen ziya, davlat tashkilotlari va muassalarining xizmatlari
Davlat va jamiyatga zarur bo‘lgan tovarlar (davlat boshqaruv organlari, mudofaaga va hokazolar), ishchi kuchi, jihozlar, fan texnika yutuqlari va boshqalar
Firma (Korxona)
Tovarlar, xizmatlar, o‘ziga tegishli moddiy ne’matlar, intellektual mulk
Yer, tabiiy boyliklar, moddiy resurslar, ishchi kuchi, tovarlar, xizmatlar, qimmatbaho qog‘ozlar va hokazolar.
Uy xo‘jaligi
Ishchi kuchi (mehnat), o‘ziga tegishli moddiy ne’matlar, tovarlar, xizmatlar