“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
67 
pigmentlar parchalanib ketib, poya, barg va qisman gullari sarg`ayib (ko`pincha gullar rangsizlanib) 
qoladi. Xlorofil pigmenti parchalanishi bilan birga o`simlik tarkibidagi boshqa kimyoviy birikmalar 
ham gidrolizlanishi mumkin. Shuning uchun ham odatda quyoshda faqat er ostki organlar, meva va 
urug`lar quritiladi.
O`simlikning er ustki qismlari (poya, barg va gullar) maxsus qurilgan bostirma, shiypon yoki 
cherdaklarda quritiladi. Bu joylar toza va shamol o`tib turadigan bo`lishi kerak. Dorivor mahsulotlar 
maxsus ishlangan stelajlarga yupqa qilib yoyiladi. Meva quritiladigan quritgichlarni ham dorivor 
mahsulotlarni quritishga moslashtirish mumkin. Bundan tashqari, ho`l mevalarni quritsa bo`ladi.
So`nggi yillarda dorivor o`simlik mahsulotlarini tabiiy usulda quritish bilan bir qatorda turli 
rusumdagi quritgichlarda sun'iy quritish keng qo`llanilmoqda. Ayrim dorivor o`simliklar tarkibidagi 
ta'sirchan qimmatbaho kimyoviy birikmalar (masalan, glikozidlar) tabiiy ravishda uzoq quritilganda 
parchalanib ketishi mumkin. Shuning uchun ularni sun'iy ravishda quritgan yaxshi. Bundan tashqari, 
sun'iy ravishda quritilganda dorivor mahsulot tez quriydi va sifati o`zgarmaydi.
Tarkibida efir moyi bo`lgan dorivor mahsulotlar 25-30
0
, alkaloidlar, glikozidlar va boshqa 
moddalar bo`lgan dorivor mahsulotlarni esa 50-60
0
da quritilishini esda tutish kerak. Mahsulotni juda 
quritib yubormaslik lozim. Aks holda u kukunga aylanib ketadi.
Xom-ashyoni standartlashtirish 
Dorivor mahsulotlar qabul punktlariga tayyorlov idoralari, jamoalar va ayrim shaxslar 
tomonidan turli ko`rinishi, ya'ni standart talabiga javob bermaydigan holatda kelishi mumkin. 
Shuning uchun mahsulotlarni idishlarga joylashtirib (qadoqlash), omborlarga jo`natishdan oldin 
ularni ma'lum talablarga javob beradigan holga keltirish zarur.
Dorivor o`simliklarni standart holiga keltirish uchun quyidagi ishlar bajariladi.
Aralashmalardan tozalash. Tayyorlovchilarning tajribasizligi yoki shoshilib va pala-partish 
ishlashlari sababli qabul punktlariga topshirilgan dorivor mahsulotlar tarkibida turli aralashmalar 
bo`lishi mumkin. Bu aralashmalar organik va mineral aralashmalarga bo`linadi. Organik 
aralashmalarga dorivor o`simlikka o`xshagan yoki uning yonida o`sadigan boshqa o`simlik qismlari, 
xashak, ko`mir va boshqalar hamda shu dorivor o`simlik mahsuloti bo`lmagan qismi kiradi. Mineral 
aralashmalar esa kesak, tosh, tuproq, qum hamda shisha, sopol, chinni bo`lakchalardan iborat 
bo`ladi. Mahsulotni standart holatga keltirish uchun uni aralashmalardan tozalash kerak. Buning 
uchun ular mashinalar yordamida yoki qo`lda elanib, aralashmalardan tozalanadi va navlarga 
ajratiladi, ayrim hollarda esa (o`simlakning er ustki qismidan gul va barglarning aralashmasini ajratib 
olish uchun) mahsulot avval mashinalarda yanchilib, so`ngra elanadi, poya va shoxlar ajratib 
tashlanadi.
Mahsulotning nuqsonli qismlarini ajratish. Agarda dorivor mahsulot yomg`ir yog`ib turgan 
vaqtda, yomg`ir yog`ib o`tganda, lekin o`simlik hali qurimagan va havoda namlik ko`p vaqtda, 
o`simlikdan ertalabki shudring hali ko`tarilmaganda tayyorlansa, u quritish paytida sarg`ayib yoki 
qorayib qolishi mumkin. Mahsulot to`g`ri, havo quruq vaqtda tayyorlansa, lekin noto`g`ri quritilsa 
ham ular sarg`ayib yoki qorayib qolishi mumkin. Bu nuqsonlar tegishli GOSTlarda ma'lum miqdorda 
ruxsat etiladi. Agar ular ko`rsatilgan miqdordan ko`p bo`lsa, bu mahsulot sifatiga ta'sir qiladi. 
Shuning uchun dorivor mahsulotlar navlarga ajratilib, qoraygan va sarg`aygan qismlardan 
tozalanadi.

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin