“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


Dorivor o`simliklarning kimyoviy tarkibi va dorivor mahsulotlar tasnifi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

Dorivor o`simliklarning kimyoviy tarkibi va dorivor mahsulotlar tasnifi 
O`simlik organizmi juda ham murakkab bo`lib, uning tarkibida turli organik va mineral 
birikmalar bo`ladi. Barchaga ma'lumki, butun tirik organizm uchun zarur bo`lgan organik 
birikmalarni anorganik moddalardan faqat o`simliklargina sintez qila oladi. Ana shu o`simliklar 
to`qimasida sintezlangan organik birikmalarni odatda ikki guruhga bo`ladilar. 
Birlamchi sintezlangan moddalar – birlamchi metabolitlar. Bularga oqsillar, uglevodlar, 
lipidlar, fermentlar va vitaminlar kiradi. Birlamchi metabolitlar hamma tirik organzmlar uchun juda 
ham zarur birikmalar bo`lib, ularsiz hayot bo`lmaydi.
Ikkilamchi sintezlangan moddalar – ikkilamchi metabolitlar. Bularga o`simliklar to`qimasida 
sintez bo`ladigan birlamchi metabolitlardan tashqari qolgan hamma birikmalar kiradi. Ikkilamchi 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
68 
metabolitlar o`simliklar to`qimasida birlamchi sintezlangan moddalardan hamda ular ishtirokida 
vujudga keladi. Asosiy dorivor moddalar–ikkilamchi sintezlangan birikmalardir.
O`simlik tarkibidagi dorivor moddalar–biologik faol birikmalar o`simlikning o`sishi davrida–
ontogenezda va turli faktorlar ta'sirida doimiy o`zgarishda bo`ladi. Ular sintezlanadi, asta-sekin 
ko`payadi, ma'lum davrda ko`p miqdorda to`planadi, keyinchalik kamaya boradi va butunlay 
yo`qolib ketishi mumkin. Bu o`zgarishlar faqat o`simlikni o`sish davrigina –ontogenez sababchi 
bo`lmay, balki tashqi muhit omillari ham katta ta'sir ko`rsatadi. Ontogenez har qaysi o`simlikni 
normal hayot kechirish davri bo`lib, u tirik organizmni tug`ilishdan to tabiiy holda o`lishi (qurib 
qolishi) gacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. O`simlik tarkibidagi dorivor moddalar sinteziga, 
ularni to`planishini o`zgarib borishiga ta'sir etuvchi tashqi muhit omillariga quyidagilar kiradi; 
o`simlikni o`sish joyi, namlik (havo va tuproqdagi namlik miqdori), tuproq tarkibi, harorat (havo va 
tuproqning issiq va sovuqligi), yorug`lik va quyosh nurining ko`p yoki kam bo`lishligi, iqlim va 
boshqalar.
Ma'lumki har bir o`simlikning o`ziga xos o`sadigan joyi bo`ladi va u shu sharoitda yaxshi 
taraqqiy etadi. Ba'zi o`simliklar, barglar, chirindisi ko`p bo`lgan erlarda (marvaridgul va boshqalar), 
boshqalari sho`rxak erlarda (qizilmiya, shuvoq turlari, sho`rak va boshqalar), qolganlari tog`lik, 
toshli erlarda va shag`alli (qizilcha, qoraqovuq va boshqalar) yoki aholi yashaydigan joylarga yaqin 
va iflos joylarda (mingdevoni, bangidevona va boshqalar) yaxshi rivojlanadi. Ba'zi o`simliklar 
namlikni yoqtiradi (dala qirqbo`g`imi, oqqaldirmoq, valeriana, sariq nufar, igir, botqoq ledumi, 
meniantes va boshqalar), boshqalari aksincha quruq cho`llarda, qirlarda (achchiqmiya, afsonak, isiriq 
va boshqalar) o`sishni yaxshi ko`radi. Agar angishvonagulni o`sish davrida me'yoridan ortiq 
sug`orilsa, uni tarkibida yurak glikozidlari kam sintezlanadi, darmanashuvoq ham namlik ko`p bo`lsa 
yaxshi o`smaydi. Hamma o`simliklarga ham bir xil miqdorda issiqlik va yorug`lik kerak bo`lmaydi. 
Jenshen o`simligi o`rmonlarining (taygani) chirindisi ko`p, nam, salqin va yorug`lik kam bo`lgan 
erlarida yaxshi o`sadi, angishvonagul esa yorug`lik, quyosh nuri ko`p bo`lsa, yurak glikozidlarini 
yaxshi sintez qiladi. Ko`pchilik efir moyi saqlovchi o`simliklar issiq va yorug`likni sevadi. Shuning 
uchun janubiy tumanlarning florasi tarkibida efir moyi saqlovchi o`simliklar ko`p bo`ladi va ular hidi 
yoqimligi bilan farqlanadi. Aksincha, ba'zi o`simliklar (radiola, levzeya va boshqalar) salqin erda, 
tog`li tumanlarda yaxshi o`sadi. Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin. Shuni yaxshi bilish 
kerakki, har bir o`simlik o`ziga xos sharoitda va iqlimda o`ssa, o`ziga xos bo`lgan biologik faol 
moddalarni ko`p sintez qiladi. Yuqorida keltirilgan o`simliklarini o`sishi, rivojlanishi va ular 
tarkibida dorivor moddalarning sintezi va to`planishiga tashqi muhit (namlik, issiqlik, yorug`lik, 
tuproq tarkibi, o`sish joyi va boshqalar) ta'sirini bilishni katta ahamiyati bor va buni dorivor 
o`simliklarni tabiiy sharoitdan plantatsiyalarda o`stirishga o`tkazilganda hisobga olinishi zarurdir. 
Har bir o`simlik uchun uni plantatsiyalarda o`stirilganda o`ziga xos sharoit va iqlimni iloji boricha 
tug`dirish lozim. O`simliklar tarkibidagi biologik faol moddalarni ko`p to`planish vaqti yana 
o`simlikni o`sish davriga ham bog`liqdir. Ko`pchilik o`simliklarning er ustki qismi va barglari 
tarkibida asosiy ta'sir qiluvchi faol moddalar ularni gullari gullashdan oldin va gullash davrida; 
gullarda ularni qiyg`os gullagan vaqtida; meva va urug`larda-ular to`liq etilganda; er ostki 
organlarda-o`simlik vegetatsiya davri (ontogeneziya) ning oxirida (kech kuzda) ko`p miqdorda 
to`planadi. Ba'zi dorivor mahsulotlar tarkibidagi asosiy dorivor moddasini maksimal to`planishi 
yuqorida keltirilgan davrga to`g`ri kelmasligi mumkin. Ba'zi bir alkaloidlar o`simlik endi ko`karib, 
ildizoldi barg chiqarayotgan davrida maksimal to`planish, so`ngra asta-sekin kamayishi va o`simlikni 
gullash vaqtida boshqa birikmalarga aylanib ketishi aniqlangan. Bunday o`zgarishlar 
alkaloidlargagina xos bo`lmay, balki boshqa biologik faol moddalarda ham yuz berishi mumkin. 
Darmana shuvoq o`simligini guli gullagan davrida emas, aksincha ularni ochilmagan-g`uncha 
holatida yig`iladi. Chunki ta'sir etuvchi biologik faol modda-santonin g`unchasida maksimal 
to`planib, gullay boshlaganida keskin kamayib ketadi. Dorivor mahsulotlarni tayyorlashda yuqorida 
aytib o`tilganlarni hisobga olgan holda kerakli vaqtda yig`ilsa, tarkibidagi asosiy ta'sir qiluvchi 
moddalar etarli miqdorda bo`lib mahsulot esa yuqori sifatda bo`ladi. Yuqorida qayt etilganidek, 
o`simliklarning kimyoviy tarkibi juda ham murakkab bo`lib, turli organik va mineral moddalardan 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin