“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
66
Barglar odatda o`simlik gullashi oldidan yoki gullaganidan keyin olinadi. Barglar
ehtiyotkorlik bilan, iloji boricha o`simlikka zarar etkazmasdan yig`ib olinadi (belladonna,
angishvonagul va boshqa o`simlik barglari). Ba'zan o`t o`simliklarning bargini tayyorlash uchun er
ustka qismi o`rib olinadi, so`ngra barglari teriladi yoki er ustka qismini
quritib maydalanadi va
barglari ajratiladi, poyasi bilan shoxlari tashlab yuboriladi. Bunda shox va gullar aralashmasi
barglarga qo`shilib ketishi mumkin (yalpiz, gazanda va boshqa o`simliklar).
O`simlikning er ustki qismi (o`t) o`simlik gullaganida yig`iladi. O`simlikning er ustki qismi
poyasining tagidagi barglar oldidan o`rib olinib, poyaning tepa qismi (10-20 sm uzunlikda) va
shoxchalari kesib olinadi (achchiq shuvoq, dalachoy va boshqa o`simliklar).
Kurtaklar erta bahorda (ochilmasdan ilgari) o`simlik tanasida suyuqlik yura boshlagan vaqtda
yig`iladi. Bunda o`simlik kurtaklari terib olinadi yoki kurtakli shoxchalarni qirqib olib quritiladi,
so`ngra shoxchalardan kurtaklarni asta-sekin qoqib to`planadi.
Po`stloqlar
ham
erta bahorda, ya'ni o`simlik tanasida suyuqlik yura boshlagan, yog`och
qismidan oson ajraladigan davrida, poya va yo`g`on shoxlaridan shilib olinadi. Po`stloq olishni
osonlashtirish uchun poya yoki yo`g`on shoxlarni bir-biridan 30 sm masofadagi ikki eridan o`tkir
pichoq bilan ko`ndalangiga, keyin uzunasiga kesiladi va po`stloq ajratib olinadi.
Gullar o`simlik qiyg`os gullaganda yig`iladi. Ko`pincha gullar alohida-alohida kesib olinadi.
Ba'zan gul to`plamini hammasi (dastarbosh, marjondaraxti va boshqalar)
yoki gulni ayrim qismlari
(sigirquyruq o`simligida faqat gul tojibarglari) yig`ib olinadi. Plantatsiyalarda o`stirilgan yoki
yovvoyi holda ko`p uchraydigan mayda gulli o`simliklarning guli maxsus asbob bilan yig`iladi
(moychechak va boshqalar).
Meva va urug`lar pishib etilgan davrda yig`iladi. Mevalar odatda ertalab yoki kechqurun
yig`ib olinadi, kun isiganda yig`ilsa, quruq mevalarning urug`i sochilib ketishi mumkin.
Mevalar turiga qarab tayyorlanadi. Ba'zilar qo`l bilan bitta-bitta uzib olinadi, boshqalar esa
tayoq bilan qoqiladi. Urug`lar ham turli usullar bilan tayyorlanadi. Ba'zi urug`lar maxsus asbob bilan
mevadan ajratib olinadi. (bodom urug`i va boshqalar). Mayda meva va urug`lar esa etilganidan so`ng
yoki etilishi oldida o`simlikni o`rib quritib, so`ngra xirmonda yanchib tozalanadi arpabodiyon vo`a
kashnich
mevalari, xantal urug`i va boshqalar).
Er ostki organlari (ildiz, ildizpoya, tuganak va piyozlar) odatda o`simlik uyquga kirgan
vaqtida – erta bahorda yoki kech kuzda tayyorlanadi. Ba'zi o`simliklarning er ostki organlari o`simlik
gullab bo`lganidan so`ng yig`iladi. Chunki ularning ba'zilarini o`sayotgan erida baland bo`yli begona
o`simliklar orasidan topish qiyin (solib turlari va boshqalari), ba'zilarini qurib qolgan poyalarini esa
shamol sindirib uchirib ketadi (etmak va boshqalar).
O`simliklarning er ostki organlarini odatda belkurak, ketmon va boshqa asboblar bilan qazib
olinadi. Bir joyning o`zida o`simlik ko`p bo`lib hamda er ostki organlarni yaxshi taraqqiy etgan
bo`lsa, u holda traktor bilan kovlab olinadi (qizilmiya va boshqalar). Yig`ilgan
er ostki organlarni
loy, tuproq, qum, barg va poyalardan tozalab (ba'zilarini suvda yuvib), quritish uchun mayda
bo`laklarga qirqiladi.
O`simlikning er ustki qismlarini, masalan bargi, guli va
boshqa qismlarini shudring
ko`tarilgandan so`ng havo ochiq paytida yig`ib olinadi. Yomg`ir yoki ertalabki shudringdan so`ng
yig`ilgan o`simliklarni quritish qiyin, ular qurtilganida ham qorayib ketadi. Yig`ilgan maqsulotlarni
savatlarga bosib yoki bir erga uyub qo`yib bo`lmaydi, chunki namlik va issiqlik (qizish yoki quyosh
harorati) ta'sirida o`simlik to`qimalarida chuqur biokimyoviy birikmalar o`zgarishlar ro`y beradi,
organizmga ta'sir etuvchi kimyoviy birikmalar parchalanib ketib, dorivor mahsulot o`z qimmatini
yo`qotadi.
Dorivor mahsulotlarni quritish
Tayyorlangan dorivor mahsulotlarni boshqa o`simlik
aralashmalari, loy, tuproq, qum va
boshqalardan tozalangandan so`ng tezda quritiladi. Quritishning eng oddiy va oson usuli tabiiy
sharoitda, ya'ni ochiq havoda quritishdir. Lekin o`simliklarning er ustki qismini (meva va
urug`laridan) tashqari ochiq havoda, quyoshda quritib bo`lmaydi. Aks holda o`simlikning
er ustki
organlari hujayralaridagi yashil rang beruvchi xlorofil hamda gul qismlaridagi rang beruvchi