“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

1 – Laboratoriya ishi 
Alkaloidlarga xos sifat reaktsiyalar
. Alkaloidlarni aniqlash uchun o‘tkaziladigan sifat 
reaktsiyalarni 2 ta katta guruxga bo‘lish mumkin: 
1. Umumiy – cho‘ktiruvchi reaksiyalar. 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
71 
2. Xususiy (ba‘zi alkaloidlarga xos) – rang xosil qiluvchi reaksiyalar. 
O‘simliklarda alkaloidlar bor-yo‘qligi birinchi guruxga kiruvchi umumiy reaksiyalar yordamida 
aniqlanadi. Lekin bu reaksiyalar yordamida o‘simlik tarkibida qanday alkaloid borligini aniqlab 
bo‘lmaydi. Alkaloidlar bu reaksiyalarda reaktivlar (yordamida) ta‘sirida cho‘kma xosil qiladi. Buning 
uchun xloroform yoki efirda eritilgan asos xoldagi alkaloid eritmasidan chinni yoki shisha 
plastinkachasi ustiga 1-2 tomchi tomizib quritiladi, so‘ngra unga bir tomchi 0,1-0,05 n xlorid yoki 
sulfat kislota qo‘shib eritiladi. Agar eritma ustiga bir tomchi reaktiv qo‘shilsa, cho‘kma xosil bo‘ladi 
(reaktivdan ozgina qo‘shish kerak, aks xolda cho‘kma erib ketishi mumkin). 
Alkaloidlarni cho‘ktiruvchi reaktiv sifatida kompleks yodidlar (Bushard, Vagner, Meyer, Marme, 
Dragendorf reaktivlari), ba‘zi kompleks kislotalar: fosfat-molibdat, fosfat-volfram, silikat-volfram 
kislotalar (Zonenshteyn yoki Vriz, Sheyblar, Bertran yoxud Godfrua reaktivlari), og‘ir metall (simob, 
oltin, platina) tuzlari va ba‘zi kislota xususiyatiga ega bo‘lgan organik birikmalar (tanin, pikrin kislota) 
ning eritmalari ishlatiladi. 
Maxsulot tarkibida alkaloidlar bor – yo‘qligini aniqlash uchun umumiy (cho‘ktiruvchi) reaksiya 
quyidagicha bajariladi. 
100 ml xajmli kolbaga maydalangan maxsulotdan 1 g solib, uning ustiga xlorid kislotaning 1% li 
eritmasidan 25 ml quyiladi va suv xammomida 5 min davomida qizdiriladi (alkaloidlar maxsulotdan 
tuz xolida ajralib chiqadi). Kolbadagi suyuqlik sovigandan so‘ng filtrlanadi. Bir nechta chinni 
idishchaga bir necha tomchidan filtrat solib, unga yuqori ko‘rsatilgan umumiy cho‘ktiruvchi 
reaktivlardan 1-2 tomchidan qo‘shiladi. 
Agar eritma ko‘pgina reaktivlar (kamida 5-6 xil reaktiv) bilan cho‘kma xosil qilsa, bu alkaloid 
borligidan dalolat beradi, cho‘kma xosil bo‘lmasa, eritmada alkaloid yo‘qligini ko‘rsatadi. 
Maxsulot va eritmalarda qanday alkaloid borligini xar bir alkaloidga xos rangli ikkinchi guruxga 
kiruvchi reaktsiyalar bilan aniqlanadi. Bu reaktsiyalar jarayonida alkaloid molekulasida suv molekulasi 
ajralishi, alkaloid oksidlanishi yoki suv tortib oluvchi reaktivlar (konts H
2
SO
4
) ishtirokida aldegidlar 
bilan kondensatsiyaga kirishishi mumkin. Natijada xar bir alkaloidga xos turli rangdagi maxsulot xosil 
bo‘ladi ( 2-jadval). Alkaloidlarni aniqlashdagi rangli reaksiyalarda kons, sulfat, nitrat, xlorid va boshqa 
kislotalar, formalin, turli oksidlovchi (K
2
Nr
2
O
7
, KclO
4
, H
2
I
2
), ishqorlar va boshqalar, xamda ishqorlar 
aralashmalari reaktiv sifatida ishlatiladi. 
Alkaloidlarning N-oksid shakli sof (asos) va tuz xolidagi shaklidek reaktsiyaga kirishmaganligi 
sababli alkaloidlarning N-oksid shakli avval vodorod yordamida qaytarilib, so‘ngra analiz qilinadi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin