Laboratoriya ishi № 4. Mikrosublimatsiya reaktsiyasi. Kumarinlar qizdirilganda uchuvchanlik (mikrosublimatsiya berish)
xossasiga ega. Shuning uchun tarkibida kumarin bo`lgan mahsulotlar bilan mikrosublimatsiya
reaktsiyasini o`tkazish mumkin (antratsen unumlariga qilingan mikrosublimatsiya reaktsiyasiga
qaralsin). Bunda maxsulotdan uchib o`tib, oyna ustida yig`ilgan kumarin kristallini spirtda eritiladi va
unga diazoreaktsiya qilinadi.
Laboratoriya ishi № 5. Kumarinlarning xromotografik analizida ularni «silufol» yoki yupqa qatlamli plastinkalarda va
qog`ozdagi xromotografiya usullaridan keng foydalaniladi. Buning uchun mahsulotdan spirtli ajratma
tayyorlanadi yoki kumarinlar yig`indisini spirtli eritmasidan foydalaniladi.
Silufol plastinkasini (yoki xromotografik qog`ozni) start chizig`iga ajratmadan va «guvoh»
kumarinlarning spirtdagi eritmasidan kapillyar naycha yoki maxsus tomizgich yordamida tomiziladi.
Tomchilar qurigandan so`ng plastinkani n-geksan-benzol-metanol (5: 4: 1 nisbatida) (qog`ozli
xromotografiya usuli uchun n-butanol-sirka kislota – suv, 4:1:5 nisbatida) quyilgan xromotografik
kolonkaga joylashtirib, xromotografiya qilinadi.
Tegishli ma'lum vaqt o`tgach (sulufolda suyuqlik fronti 10 sm ga ko`tarilgandan so`ng) plastinka olib,
havoda quritiladi. So`ngra unga KON ni 10% li spirtni eritmasi purkalanadi, 2-3 minut 110-1200S da
quritgich shkafga quritiladi va UF nurida ko`riladi. Keyinchalik xromotogrammaga yangi tayyorlangan
diazoreaktiv purkaladi. Agar xromotogrammada kumarinlar bo`lsa aniq qizil-g`isht rangdan to ko`k-
binafsha ranglarga bo`yalgan dog`lar hosil bo`ladi. Uf nurda ular tegishli ranglar bilan tovlanadi.
Dog`larning Rf i aniqlanadi va ajratmadagi hamda «guvoh» kumarinlarning Rf ini solishtirib ko`rib,
o`simlik ajratmasida qanday kumarinlar borligi to`g`risida xulosa chiqariladi.