“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
116
Diostsinin erish temperaturasi 202-203
0
C (parchalanish) ((D — 69,880 (metanol). Gidrolitik
parchalanganda ikki molekula ramnoza va ikki molekula glyukoza xamda diosgenin xosil bo`ladi.
Polisponin tarkibiga kiruvchi nippon dioskareyasining ekstrakti och sarg`ish rangdan to jigarranggacha
bo`lib, mayda to`q rangli zarrachalarni saqlaydi. Gigroskopik bo`lib saqlash mobaynida uvalanadi.
Suvda oson eriydi, ko`pincha engil loyqa xosil qiladi. Amalda 95%
li spirtda, efir va xloroformda
erimaydi. Suvli eritmasi chayqatilganda turg`un ko`pik xosil bo`ladi.
Shilliq qavatga tushganda qizartiradi, achishtiradi. Polisponin qon-tomirlar
aterosklerozida va bosh
miya gipertoniyasida tavsiya etiladi. Dori turi shaklida — 100 mg quruq ekstrakt saqlovchi tabletka.
Nippon dioskareyasi — Uzoq Sharq endemi. Faqat ajratilgan rayonlardagina engil-quruq xom ashyo
tayyorlash (g`amlash) mumkin. Ildizpoya ildizlari bilan 8% gacha steroid saponinlarni saqlaydi.
Molekulaning glikozid qismi uglevod qoldiqlariga bog`liq ravishda diosgenin saponinlari to`rt
molekula qand saqlovchi suvda eriydigan, kam miqdor qand saqlovchi
suvda erimaydiganlarga
bo`linadi. Suvda eriydigan saponinlar asosiy tarkibini diostsinin xisoblansa, suvda erimaydiganlari
tarkibidan esa diostsin va gratsillin topilgan.
Nippon dioskareyasidan olingan
ekstrakt, asosan suvda eruvchi saponinlarga kiradi.
O`simlik xom ashyosidan saponinlar ekstraktsiyasi
. Nippon dioskareyasining ildizpoyasi juda qattiq
bo`lganligi sababli tayyorlov bazalaridan qayta ishlash zavodlariga maydalangan (1-3 mm gacha)
xolda keltiriladi. Ekstraktsiya yolg`on tubli, filtrlovchi mato joylashtirilgan
oddiy aylantirgichli
ekstraktorda olib boriladi. Ekstraktsiya xona temperaturasida 80% li etil spirtda 8 soat davomida olib
boriladi. Xar bir soatda 15 minut aralashtirgich ishga tushiriladi. xammasi bo`lib 3 marta ekstraktsiya
o`tkaziladi. Dastlabki ikkita spirtli ekstrakt texnologik jarayonning keyingi bosqichiga o`tkaziladi,
uchinchi spirtli ekstrakt esa yangi xom ashyoni birinchi ekstraktsiyasi uchun ishlatiladi. Xar bir spirtli
ekstrakt druk filtr orqali bo`z filtrdan o`tkaziladi. Uchta ekstraktsiyadan so`ng chiqindi ekstraktordan
vakuum yordamida kub rektifikatsion kolonkaga etil spirtini xaydash va rektifikatsiya qilish uchun
yuboriladi. Olingan xaydalgan spirt ekstraktsiya bosqichlarida
ishlanadi, chiqindi tashlab yuboriladi.
Spirtli ekstraktlarni bug`latish va so`nggi maxsulotni olish
. Birlashtirilgan ikkita dastlabki spirtli
ekstrakt oddiy g`ilofli va aralashtirgichli vakuum bug`latgich apparatida olib boriladi. Ekstraktlarni
bug`latish olib borilayotgan g`ilofdan chiqqan suvli xarorati 70-75 0S bo`lishi kerak va bosim 100-150
mm. sim. ust. bo`lishi kerak. Bug`latish dastlabki xajmning 1(10 gacha olib boriladi. Kub qoldiq 10-15
0S
gacha sovitiladi, suvda erimaydigan saponinlar to`liq cho`kmaga tushguncha ushlab turiladi.
Cho`kmaga tushgan saponinlar supertsentrifugada (tip. SGS -150(750, 15000 ayl(min) ajratib olinadi.
Ajratib olingan cho`kma jarayondan chiqarib yuboriladi. Filtrat xuddi yuqoridagi parametrlarda 2
dyumli tushiruvchi kranli vakuum-apparatda quyuq smola xosil bo`lguncha bug`latiladi. Issiq xoldagi
smola emal bochokga quyiladi. Po`lat listga 3 sm qalinlikda taqsimlanadi va ekstraktni quritish uchun
gorizontal silindrik vakuum-quritish shkafiga joylashtiriladi. Quritish 600S xaroratda va bosim 150
mm. sim. ust. bo`lganda engil quruq xolatga kelguncha sutka davomida quritiladi.
Qurigan maxsulot olinib ―piruet‖ tipidagi tegirmonda kukun xoligacha maydalanadi.
Kukun xolidagi maxsulot ikki qavatli polietilen xaltachalarga germetik qadoqlanadi. Tayyor maxsulot
3,5% namlik va 17 % gacha saponinlar yig`indisini saqlaydi.
Olingan xom ashyoga nisbatan chiqish unumi — 56,5%.
Dostları ilə paylaş: