“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

«Klaster» usuli 
Klasterlarga ajratish-oquvchilarga biror-bir mavzu togrisida erkin va ochiq tarzda fikr 
yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. Bu usul kop variantli fikrlashni organilayotgan 
tushuncha (hodisa, voqea)lar ortasida aloqa ornatish malakalarini rivojlantiradi. «Klaster» sozi gujum, 
boglam manosini anglatadi. 
Klasterlarga ajratishni, aniqlash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikrlashni ragbatlantirish 
uchun xam qollash mumkin (tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda). U asosan yangi fikrlarni uygotish, 
mavjud bilimlarga etib borish strategiyasi bolib, muayyan mavzu boyicha yangicha fikr yuritishga 
chorlaydi. 
Biror mavzu buyicha klasterlar tuzishdan bu mavzuni mukammal organmasdan oldin 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu usulda talaba hohlaganicha shoxchalarni tarmoqlab ketishi 
mumkin.
ADABIYOTLAR. 
1.
Maksyutinа M.P. ―Rastitelno`e lekarstvenno`e sredstva‖. Kiev 1985, s 52-67. 
2.
Xolmatov X..X., Axmedov O‘.A. Farmakognoziya, Toshkent, 1995, 136-154 betlar. 
3.
Zaxarov V.P., Libizov I.N., Lekarstvenno`e vehestva iz rasteniy i sposobo` ix proizvodstva iz. 
FAN.UzSSR. Toshkent. 1980 y.s.198-202. 
4.
Gosudarstvennaya farmakopeya SSSR, XI iz., M. 1987 I vo`pusk s. 287-296. 
5.
X.M.Komilov, X.T.Zoirova,
 
Fitopreparatlar texnologiyasi darslik, Toshkent 2010. 
 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
119 
2.MUST AQIL T A‟L IM MA SH G‟ ULOT LARI
Mustaqil ta‟lim tashkil etishning shakli va mazmuni 
―Fitopreparatlar texnologiyasi‖ bo‘yicha talabaning mustaqil ta‘limi shu fanni o‘rganish 
jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta‘minlangan.
Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma‘ruzasini tinglaydilar, 
laboratoriya mashg‘ulotlarini bajaradilar, masalalar echadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba 
darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni va berilgan laboratoriya ishlarini konspekt qiladi, uy vazifa 
sifatida berilgan masalalarni echadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida 
qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar echadi. Mustaqil 
ta‘lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan Yangi bilimlarni mustaqil 
o‘rganish, kerakli ma‘lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan 
foydalanib ma‘lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki 
mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma‘ruzalar tayyorlash kabilar 
talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy 
qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta‘limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi 
mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash laboratoriya mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi 
tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirish darajasinitekshirish va baholash esa ma‘ruza 
darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
―Fitopreparatlar texnologiyasi‖ fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini 
qamrab olgan va quyidagi 20 ta katta mavzu ko‘rinishida shakllantirilgan.
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni 
Talaba mustaqil ishi (TMI) - muayyan fandan o‗quv dasturida belgilangan bilim, ko‗nikma va 
malakaning ma‘lum bir qismini talaba toionidan fan o‗qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida 
auditoriya va auditoriyadan tashqari o‗zlashtirilishiga yo‗naltirilgan tizimli faoliyatidir. 
―Fitopreparatlar texnologiyasi‖ fanidan talabalar tomonidan ishni bajarishi talabalar bilimini nazorat 
qilish va baholashning reyting tizimi Nizomi talablari asosida nazorat qilinadi. Shuning uchun har bir 
professor – o‗qituvchi dastlab talabada o‗z qobiliyati va aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg‗otish, 
ularni sabr – toqat bilan, bosqichma – bosqich mustaqil bilim olishini to‗g‗ri tashkil qilishga o‗rgatib 
borishi lozim bo‗ladi. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda o‗zlashtiradigan bilim va 
ko‗nikmalarning kursdan – kursga murakkablashib, kengayib borishini hisobga olgan holda ularning 
tashabbuskorligini oshirib borish zarur. Shunda mustaqil ta‘limga ko‗nika boshlagan talaba faqat 
o‗qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, o‗zining extiyoji, qiziqishi va 
qobiliyatiga qarab, o‗zi zurur deb hisoblagan qo‗shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab 
o‗zlashtirishga o‗rganib boradi. 
Talabalar ―Fitopreparatlar texnologiyasi‖ fanidan mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda 
quyidagi jihatlar e‘tiborga olinishi lozim: 
-o‗qish bosqichi; 
-muayyan fanning o‗ziga xos xususiyati va o‗zlashtirishdagi qiyinchilik darajasi; 
-talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch bilimi); 
-fanning axborot manbalari bilan ta‘minlanganlik darajasi; 
-talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi. 
TMI ni tashkil etishda talabaning akademik o‗zlashtirish darajasi va qobiliyatini xisobga olgan holda 
quyidagi shakllardan foydalanish mumkin: 
-fanning ayrim mavzularini o‗quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‗zlashtirish, o‗quv manbalari 
bilan ishlash; 
-amaliy, seminar va laboratoriya mashg‗ulotlariga tayyorgarlik ko‗rib kelish; 
-ma‘lum mavzu bo‗yicha referat tayyorlash; 
-kurs ishi (loyihalari) ni bajarish; 
-bitiruv malakaviy ish va magistrlik dissertatsiyasi uchun materiallar to‗plash; 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin