“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
31
Giperatsid gastrit, me‘da va o‗n ikki barmoq ichakning kislotalar normal yoki kamayganligi bilan
o‗tayotgan yara kasalligi (qo‗zigan davrda va qo‗zilishiga yul qo‗ymaslik uchun ishlatiladi).
Ishlatishga yo‗l qo‗ymaydigan moneliklari: Giperatsid gastritlar, me‘daning kislota ko‗pligi bilan
o‗tayotgan yara kasalligida saqlanishi: 18-20
0
S xaroratda, quruq joyda saqlanadi.
Burga zupturum urug‗I Semina psyllie
Burga zupturumning quritilmagan er ustki qismi – Herba Plantaginis psyllii rescns.
O‗simlikning nomi – burga zubturumi – plantaga(no) psyllium L; zubturumdoshlar –
Plantaginaceac oilasiga kiradi.
Faqat Ozarbayjonda va Turkmanistonda yovvoyi xolda uchraydi.
Meva etilganda so‗ng o‗simlik o‗rib olib quritiladi, so‗ngra maydalanadi va elab urug‗i olinadi.
Maxsulotning tashqi ko‗rinishi – tayyor maxsulot qayiqchasimon urug‗dan iborat. Urug‗ning
uzunligi 1,7 – 2,3 mm, eni 0,6 – 1,5 mm.
Maxsulot sifatiga burga zubturumining er ustki qismi o‗simlik gullay boshlashi bilan yig‗iladi va
uni quritmay shira olish uchun ishlatiladi.
Maxsulot kulrang-yashil, gullari pushti qo‗ng‗ir rangli, xidsiz, biroz achchiq mazali bo‗ladi.
Kimeviy tarkibi. Urug‗ tarkibida aukubin glikozidi, ko‗p miqdorda shilliq moddalar, moy, oqsil va
mineral tuzlar bo‗ladi.
Ishlatilishi: Tibbiyotda urug‗i kuchsiz surgi xamda o‗rab oluvchi vosita sifatida ishlatiladi. Er
ustki qismining shirasi anatsid gastrit va surunkali kolitni davolashda qo‗llaniladi.
Urug‗dan olingan shilliq moddalar kosmetikada xamda bo‗yoqchilik va to‗qimachilikda
qo‗llaniladi.
Dorivor preparatlari.
SHilliq eritmasi, yangi yig‗ilgan o‗simlik shirasi, plantaglyusid preparati. Burga zubturumi urug‗i
bilan frangula ekstrakti aralashmasidan surgi dori – purgenol tayerlanadi.
Plantaglyusid zubturum bargi tarkibida polisalaridlar aralashmasini saqlaydi.
Plantaglyusid – kul rangli poroshok, nordom ta‘mli, (eriganda) suvda eriydi, organik
erituvchilarda erimaydi.
Preparat anatsidli gastrit bilan kasallangan bemorlar uchun, oshqozon va ichak yarali kasalliklar
uchun ishlatiladi.
Preparatning chiqish shakli 50 gr flakonda granulalar ko‗rinishda.
Ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida katta bargli zubturum ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: