“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
34
2. Gallotaninlar
(galloilgeksozlar) asosan kislotaning (ba‘zan boshka
oksikarbon kislotaning
xam) uglevodlar (yoki kup atomli spirtlar) bilan bergan murakkab efirlari bulib, xakikiy glikozidlarga
kiradi.
Gallotaninlar gidrolizlanganda gallat kislota va geksozlarni (glyukoza, gamameloza va
boshkalar) ajratadi. Eng oddiy gallotaninga dorivor ravochdan ajratib olingan gallat kislota bir
molekulasining glyukoza bilan birikishidan tashkil topgan glyukogallin kiradi.
Gallotaninlardan xitoy gallotanini, turkiya gallotanini, gamamela tanin va boshkalarning tarkibi
yaxshi urganilgan.
Olimlarning olib borgan tajribalari asosida olgan ma‘lumotlariga karaganda sumax
o‗simligining bargidan olingan tanin glyukozaning 6 ta kislota (4
tasi didepsid, 2 tasi monogalloil
xolida), skumpiya o‗simligining tanini va xitoy gallotanini glyukozaning 7 ta gallat kislota (3 tasi
tridepsid, 2 tasi didepsid va 2 tasi monogalloil xolida) va Turkiya gallotanini glyukozaning 5 ta gallat
kislota (3 ta tridepsid va 2 tasi didepsid xolida) bilan birikishidan tashkil topganligini aniqlagan.
3.
Ellagotaninlar
– o‗zidan ellag kislota ajratadigan oshlovchi moddalar. Ilgari ellagotaninlar
ellag kislotaning uglevodlar yoki kup atomli spirtlar bilan xosil kilgan murakkab
efirlaridan tashkil
topadi deb xisoblanar edi. Keyinchalik SHmid va shogirdlari utkazgan tekshirishlarga karaganda ellag
kislota oshlovchi moddalarning gidrolizlanishi natijasida geksaoksidifen kislotaninig laktoni sifatida
xosil bular, ellagotaninlarni esa uglevodlar (geksozlar) geksaoksidifen kislota bilan birikib tashkil etar
ekan.
Eng oddiy ellagotaninlarga divi-divi (Caesalpinia coriaria Willd,mevasi), mirobalan (Terminalia
chebula Retz.), kvebraxo (Schinopsis turlaridan) va Eucalyptys sieberiana dan ajratib olinib, yaxshi
o‗rganilgan korilagin xamda Geranium thubergii Sieboid. Et Zucc/dan
ajratib olingan geraniinlar
kiradi.
Geksaoksidifen kislota optik faol bo‗lib, korilaginda ( ) formasida, yuglaninda (korilaginning
izomeri, yongoq mevasining po‗stidan ajratib olingan) esa o‗zining (--) – formasida uchraydi.
Keyin ma‘lumotlarga karaganda ellagotaninlar tarkibida gallat va geksaoksidifen kislotalardan
tashkari, tuzilishi buyicha bu moddalarga ancha yakin bulgan boshka birikmalar xam uchraydi.
Ulardan xelulin (mirobalar ekstraktining asosiy komponenti), xebulag (mirobalan ekstraktining
ikkinchi komponenti)
kislotalari, brevilagin I va brelagie II, brevifolinkarbon kislota, degidrodigallat
kislota, valoniv kislota va boshkalar ajratib olingan xamda yaxshi urganilgan.
Xebulin kislota esa
birinchi marta kristall xolda ajratib olingan tanin xisoblanadi.
YUqorida kursatilgan o‗simliklardan tashqari anor mevasining pustida, oddiy dub daraxtining
pustlog‗ida xamda turkiya gallasining tarkibida xam ellagotanilar bo‗ladi.
II. Kondensatsiyalanuvchi tanidlar (kotanidlar). Bu guruxdagi tanidlar molekulasida efirlarga xos
boglanish bulmaydi, ular uzaro difenil tipida birlashadi. SHuning uchun xam bu tanidlar suyultirilgan
kislotalar tas‘sirida oddiy birikmalarga parchalanmaydi. Aksincha, ular kuchli kislotalar va boshka
birikmalar ta‘sirida (yoki uzi oksidlanib) rangli birikmalar – flobafenlarni xosil kiladi.
Kondansatsiyalanuvchi tanidlar uch valentli temir tuzlari bilan kora-yashil rangla
chukma xosil
kiladi.
Ishkorlar ishtirokida yukori xaroratda kizdirilgan kondensatsiyalanuvchi tanidlar, uzidan
pirokatexin bilan bir katorda ba‘zan floroglyusin xam ajratadi.
Kondensatsiyalanuvchi tanidlarni ba‘zan kuyidagi guruxchalarga buladilar:
Dostları ilə paylaş: