6- MA‟RUZA Mavzu: Antraxinon glikozidlari. Xususiyatlari, tasnifi, xossalari. O„simlik manbalari. Ramnil, olish texnologiyasi Kofranol, antrasenin preparatlarini olish texnologiyasi Reja: 1. Antratsen unumlarining tasnifi
2. Antratsen unumlarining fizik va kimyoviy xossalari
3. Antratsen unumlarining tibbiyotda ishlatilishi
Antratsen unumlarining tasnifi Bu guruxga antratsenning turli darajadagi oksidlangan birikmalari
(antranollar, antronlar, oksantronlar va antraxinon) ularning oksi, oksim. etil va boshka unumlari
xamda glikozidlari (antraglikozidlar), bimolekulyar birikmalar (diantranollar, diantronlar va boshkalar)
xamda ularning oksimetil unumlari va glikozidlari kiradi.
Antratsen unumlari torondoshlar (Polygonaceae), jumrutdoshlar (Rhamnaceae), ro‗yandoshlar
(Rubiaceae) va boshka oila vakillari tarkibida uchraydi. Antratsen unumlari boshka glikozidlar kabi
o‗simlikning xamma organlari xujayra shirasida erigan xolda to‗planadi. Antratsen unumlarini
saklaydigan o‗simlikning er ostki organlari sariq yoki zargaldok-kizil rangga bo‗yalgan bo‗ladi.
Odatda ma‘lum o‗simlik oilalarining vakillari o‗z tarkibida antratsen unumlarining ayrim guruxlarini
to‗plash xossasiga ega.
Antratsen unumlari yukori o‗simliklardan tashkari, oz mikdorda bo‗lsa xam, mikroorganizmlar
va xashoratlarda uchraydi. Gelmintospor zamburugi yashash davrida antratsen pigmentlarini sintez
kilib turadi. Janubiy Ovrupada o‗sadigan dub daraxtining ba‘zi turlarida va Meksikada o‗sadigan
kaktuslarda yashaydigan xashoratlarning urgochisida karmin kislota bo‗ladi.
Antratsen unumlarining fizik va kimyoviy xossalari Antratsen unumlari sarik, to‗k sarik, to‗k sarik-pushti rangli kristall modda bo‗lib, ularning
glikozidlari suvda yaxshi, spirtda yomon eriydi, efir, xloroform va boshka organik erituvchilarda juda
yomon eriydi yoki butunlay erimaydi, aglikonlari esa aksincha organik erituvchilarda yaxshi erib,
suvda erimaydi.
Antratsen unumlarining kizdirilganda uchuvchanlik xossasi bor. Bu guruxga kiruvchi
birikmalarning ko‗pchiligi optik faol moddalar bo‗lib, kutblantirilgan yoruglik tekisligini o‗ngga yoki
chapga buradi.
UF-va ko‗k-binafsha nur ta‘sirida antratsen unumlari turli rang bilan tovlanadi. Bu tovlanish
ularning molekulasidagi asosiy yadrosi oksidlanish darajasiga va yadrosiga joylashgan funksional
guruxlarning soni va turi joyiga boglik. Masalan, antraxinon unumlari to‗k sarik, pushti, kizil va olov-
kizil, antron va antranol unumlari — sarik, zangori, binafsha rang bilan tovlanadi.
Ishkor eritmasi ta‘sirida anratsen unumlarining glikozidlari parchalanib, sof xolda ajralib chikkan
aglikonlar suvda yaxshi eriydigan fenolyat tipidagi birikmalar — antraxinolyatlar xosil kiladi.