“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


Ushbu jaraoynning texnologik sxemasini tuzing



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

Ushbu jaraoynning texnologik sxemasini tuzing. 
Mavzu: Tarkibida flavanoid saqlagan o‟simliklar va maxsulotlar. Ularning kimyosi va 
tеxnologiyasi. 
Laboratoriya mashg'uloti
 
1.Mavzuni yozishdan maqsad: 
Bunda talabalarni tarkibida flavanoid saqlagan dorivor o‘simlik asosida olinadigan preparatlarni 
texnologiyasi bilan tanishtirish. 
2.Mavzuning ahamiyati : 
Tarkibida flavanoid saqlagan kvertsetin preparatini tahlil qilishni o‘rganish.
3. Mustaqil tayyorlanish uchun savollar : 
1. Flavanoidlar ta'rifi qanday? 
2. Flavanoidlar qanday tahlil qilinadi? 
3. Kvertsetin olish texnologiyasi qanday? 
4 Rutin olish texnologiyasi qanday? 
5 Flamin olish texnologiyasi qanday? 
4. Mustaqil bajarish uchun vazifalar: 
Flavonoidlar deb, benzo – ( - piron – (xromon) unumi va asosida C
6
-C
3
-C
6
uglerod atomlaridan 
tashkil topgan fenil propan skeleti bo‘lgan tabiiy birikmalarning katta guruxiga aytiladi.
 
O‘simliklardan ajratib olingan birinchi flavonoid sariq bo‘lgani uchun xam bu gurux birikmalarga 
flavonoidlar (lotincha flavum – sariq degan so‘zdan olingan) deb nom berilgan. 
Shuningdek flavonoidlarni flavon molekulasidagi V xalqaning oksidlanish darajasiga qarab 
quyidagi guruxlarga bo‘linadi: 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
82 
 Fizik va kimyoviy xossalari 
O‘simliklardan ajratib olingan sof xoldagi flavonoidlar (glikozidlar va aglikonlar) rangsiz yoki 
zarg‘aldoq va sariq rangli kristall moddadir. Flavonoidlarning glikozidlari spirtda yaxshi, sovuq suvda 
yomon eriydi, efir, xloroform va boshqa organik erituvchilarda erimaydi, aglikonlari esa spirt, efir va 
atsetonda yaxshi erib, suv sovigandan so‘ng qaytadan cho‘kadi. 
Antotsianlar va aglikonlari – antotsianidinlar rangi eritma (yoki xujayra shirasining) pH 
sharoitiga bog‘liq. Odatda bu gurux birikmalar kislotali sharoitda qizil, pushti, zarg‘aldoq, ishqoriy 
sharoitda esa binafsha, ko‘k va zangori rangda bo‘ladi. UF va ko‘k-binafsha nurlar ta‘sirida 
flavonoidlar turli rang bilan tovlanadi. Bu tovlanish ularning molekulasidagi V xalqasining oksidlanish 
darajasiga va molekulaga joylashgan funktsional guruxlarning soni va o‘rnashgan joyiga bog‘liqdir. 
Flavonoidlar UF nur ta‘sirida jigarrang va to‘q jigarrang (masalan, rutin, va boshqa flavonoidlar), to‘q 
qizil (taksifolin), sariq (kvertsetin, auronlar va ko‘pchilik flavonoidlar), yashil-sariq (aureuzidin va 
boshqa auroinlar), to‘q yashil va zarg‘aldoq (ksantonlar) va boshqa ranglar bilan tovlanadi. Ko‘pchilik 
flavonoidlar optik faol bo‘lib, qutblangan nur tekisligini o‘ngga yoki chapga og‘diradi. 
Flavonoidlarning glikozidlari suyultirilgan kislotalar ta‘sirida gidrolizlanadi. O-glikozidlari S-
glikozidlariga qaraganda ancha oson gidrolizlanadi. S-glikozidlarni ancha qattiq sharoitda xam 
gidrolizlash qiyin. 
1 – Laboratoriya ishi 
Sianidin reaktsiyasi (Sinod reaktsiyasi).
Flavonoidlarning spirtdagi eritmasidan yoki 
o‘simlikdan tayyorlangan flavonoid ajratmasidan chinni idishchaga 2-3 ml solib, magniy kukuni va 
kontsentrlangan xlorid kislotadan 5-6 tomchi qo‘shib, suv xammomida 1-2 daqiqa qizdirilsa, qizil 
rang xosil bo‘ladi. Bu reaktsiya flavonlar, flavonollar, flavononlar va flavononlar va flavononollarga 
xosdir. Ushbu reaktsiya yuqorida ko‘rsatilgan birikmalarning vodorod bilan qaytarilishi natijasida 
antotsianidinlar xosil bo‘lishiga asoslangan. Chinni idishchada kislotali sharoit bo‘lgani uchun xosil 
bo‘lgan antitsianidinlar tezda qizil rangga o‘tadi. Reaktsiya boshlangandan 10 minut keyin xosil 
bo‘lgan rang 2 soat davomida saqlanib qoladi. Flavononollar reaktsiya natijasida qizil-binafsha, 
flavonollar – qizil, flavonlar esa sarg‘ish rang xosil qiladi. Bu reaktsiya xalkon va auronlarga 
qilinmaydi. Chunki ular eritmasiga xlorid kislota qo‘shilishi bilan (magniy kukuni bo‘lmasa xam) 
oksoniy tuzlar xosil bo‘lishi xisobiga eritma qizil rangga o‘tadi. Flavonoidlar glikozidlar xolida 
bo‘lsa, sianidin reaktsiyasi qiyinchilik bilan boradi. Bunday xollarda reaktsiyani tezlatish uchun oldin 
flavonoidlar eritmasiga xlorid kislotadan qo‘shib, 1-2 minut qizdiriladi (glikozidlar gidrolizlanib, sof 
aglikonlar ajralib chiqadi), so‘ngra magniy kukuni qo‘shiladi va reaktsiya yuqorida ko‘rsatilganidek 
davom etiriladi. 
2 – Laboratoriya ishi 
Borat-limon reaktsiyasi. Chinni idishchaga bir xil xajmda flavonoidlarning atsetondagi 
eritmasidan xamda borat va limon kislotalarining metil spirti (metanol) dagi 1 % li eritmasidan solib
chayqatilsa, sariq yashil tusda tovlanadigan tiniq sariq rang xosil bo‘ladi. Bu reaktsiyani 5-uglerod 
atomidagi gidroksil guruxi bo‘lgan flavon va flavonol unumlari beradi. Borot-limon reaktsiyasi 5-
oksiflavon yoki 5-oksiflavonollarning borat kislota bilan limon (yoki oksalat) kislota ishtirokida 
batoxrom kompleksi xosil qilishiga asoslangan. Limon kislota o‘rnida oksalat kislota ishlatilgan xolda 
flavonoidlarning aglikonlari reaktsiya natijasida turg‘un sariq rang xosil qiladi, lekin glikozidlarning 
rangi tezda o‘chib ketishi mumkin. 
3 – Laboratoriya ishi 
Surma (stibium) (Sh) – xlorid (yoki sirkoniy, uran) tuzlari bilan reaktsiya. Flavonoidlarning spirtdagi – 
eritmasini surma (Sh) – xlorid eritmasi bilan chinni idishchada aralashtirilsa, sariq yoki qizil rang xosil 
bo‘ladi. Reaktsiya 5-oksiflavonlar xamda 5-oksiflavonollarning 3- yoki 5-uglerod atomiga joylashgan 
gidroksil guruxi bilan surma va flavonoidlarning karbonil guruxi ishtirokida kompleks birikma xosil 
bo‘lishiga asoslangan. Agar 5-oksiflavonollarning 3-uglerod atomidagi gidroksil guruxi bo‘sh bo‘lsa, 
oldin shu gurux reaktsiyaga kiradi. 
Agar 5-oksiflavonollarning 3-uglerod atomidagi gidroksil gurux bo‘sh (?andlar bilan glyukozid 
xosil qilgan) bo‘lsa, u xolda 5-uglerod atomidagi gidroksil guruxi reaktsiyaga kiradi. 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin