“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


Ushbu jaraoynning texnologik sxemasini tuzing



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

Ushbu jaraoynning texnologik sxemasini tuzing.
Mavzu. Kofеin, Efеdrin gidroxlorid olish tеxnologiyasi 
Kofein 80
0
C da quritilganda o‘z massasiga ega bo‘ladi, ochiq havoda shamollatiladi. Kofein 
ignachali yushmoq kristallchalarga yoki achchiq ta‘mga ega oq kukunsimon tusga ega bo‘lishi 
mumkin. U suvda juda sekin eriydi, issiq suvda yaxshiroq, spirtda esa aksincha. Xloroformda 
yaxshiroq, efirda esa juda kam eriydi. Kofein tuzilishi va fizik xossalariga qarab teobromin va 
teofillinga yaqinroq, ammo markaziy nerv sistemasida hid yo‘qotuvchi xossaga ega. Kofeinni 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
79 
infeksion va boshqa kasallikda qabul qilinsa, markaziy asab va yurak qon tomirlarining funktsiyalari 
buzilishiga olib keladi, narkotik va boshqa zaharlardan zaharlanganda, fizik va psixik ish qobiliyatini 
oshirishda va uyqusizlikni oldini olishda qabul qilinadi. Yosh bolalarda enurez hollarda qabul qilinadi. 
Kofeinni ishlab chiqarishda ikki xil mahsulot kerak bo‘ladi. Choysimon xom ashyo va choy chiqindisi. 
Undan tashqari kofeinni sintetik usul bilan olsa ham bo‘ladi. Choysimon xom ashyoni shnekli 
ekstraktorda vertikal holatda tindirmasdan ekstraktsiya qilinadi, choy chiqindisi esa tayyor mahsulot 
bilan diffuzor batareyalarda ekstraktsiya qilinadi.
Kofeinning xom ashyodan suvli ekstraktsiya usulida olish
. Kofeinni choysimon xom ashyodan 
olish usuli ekstraktsiya usulida oqimga qarshi olinadi. Xom ashyo ekstraktorning kolonnasidan 
o‘tayotganda unga kuchli oqimga qaynoq erituvchi suv (90-95
0
C) sarf o‘lchagich orqali yuklovchi 
kolonnaning yuqori qismiga shrotni chiqarib tashlovchining quyi qismida 1 m qalinlikda va o‘simlik 
xom ashyosiga qarshi shnekli ekstraktor bo‘ylab harakatlanadi. Diffuzion sharbat tarkibida 0,149 % 
kofein miqdori 88-90

C haroratda quritgichning yuqori yuklovchi kolonnasiga quyiladi va sharbat 
tindiruvchilarning biriga kelib tushadi.
Xom ashyodan alkaloidlarni diffuzor batareyalarida suvli ekstraktsiya usulida olish.
Choysimon 
modda va choy chiqindilari korxonaning omborxonasidan diffuziya uchastkasiga shixta tayyorlovchi 
bo‘limdan beriladi. Shixta 20% choy chiqindisi va 80% choysimon moddadan iborat. Suv 
ekstraktsiyasi 6 diffuzorli batareyalarida olib boriladi, qaysiki u oqimga qarshi printsip orqali olib 
boriladi. Tayyorlangan mahsulot shnekli transportyor orqali o‘radan diffuzorning tagiga choysimon 
modda yuboriladi. Elakning tutilmasligi uchun yostiqchalar hosil qilish maqsadida, diffuzorning tagiga 
joylashtiriladi. Keyin shixtani yuboriladi. Barcha o‘simlik xom ashyoni o‘radan transporter orqali 
bunkerga etkaziladi, diffuzion batareyalarning ustida joylashtirilgan, qaysiki yuklanadigan ho‘lidan o‘z 
oqimi bilan diffuzorga etkaziladi. Xom ashyo to‘lishi va diffuzorga sharbat to‘lishi birgalikda 
yakunlanadi. Sharbatli ortiqchasi bilan berilishi xom ashyoni joylashtirilayotganda bukilib ketishiga 
olib keladi va mahsulot to‘la joylashtirilmasdan qolishi mumkin. Diffuzion sharbatni diffuzorning 
oxirgi qismiga quyishda suv purkaladi, shunda sharbat barcha batareyalarda yaxshi o‘rnatilib 
diffuzorning asosiy bosh qismigacha etib boradi va tarkibida 0,712% li kofein o‘lchovchi idishga kelib 
quyiladi. Bir smenada ishlab chiqilgan diffuzion sharbat idishga kelib quyilib turiladi, u erdan uni 
nasos bilan dixloretanli ekstraktsiyaga jo‘natiladi.
Alkaloidlarning diffuziyali sharbatdan dixloretan bilan ekstraktsiyasi
. Oldindan 6-6,5 pH gacha 
ishqorlantirilgan diffuzion sharbat 60-70

C xaroratda bosim yordamida o‘z oqimiga binoan 
taqsimlovchi idish orqali halqa kollektor yo‘liga jo‘natilib, bunda u bir xilli yo‘sinda ishlovchi 
to‘rsimon kolonnalarga kofeinni birlamchi ekstraktsiyasiga taqsimlanadi. Qopqoqli ekstraktsiyali 
kolonnalarga balandligi 4500 mm bo‘lguncha dixloretan quyiladi. Dixloretanni nazorat jo‘mragi 
yordamida tekshirib olinadi. Dixloretanning me‘yoridan ortiq kolonnaga qayta ishlangan diffuzion 
sharbat to‘ldiriladi, u dixloretanning tomchilarini yig‘ib oluvchi tindiruvchi qismi hisoblanadi. 
Diffuzion sharbat bir vaqtning o‘zida dixloretanni o‘chirib yuborishdan saqlaydi. Ekstraktsion 
kolonnaning pastki qismiga kelib tushadigan sharbat mayda ipsimon bo‘lakchalarga to‘rsimon 
likopchalar yordamida bo‘laklanadi, dixloretanning barcha qalinlikda ustunlaridan o‘tib, yuqoriga 
intiladi. Kofeinga to‘yingan dixloretan kolonnaning pastki qismidan chiqariladi. Kofeinning 
dixloretanli ekstrakti tenglashtiruvchi tirsak orqali o‘z oqimi bilan deemulgatorga kelib tushadi. 
Shundan so‘ng yana o‘z oqimi bilan bug‘lanishga o‘tadi. Bug‘latgichga taxminiy suv quyiladi, uni 80

C gacha isitiladi. So‘ng kofeinning dixloretanli ekstrakti yuboriladi. Bu jarayonda suv va dixloretan 
parchalanadi. Shuning uchun unga doim suv quyib turiladi va uni bir maromda saqlash lozim. 
Kofeinning suvli aralashmasi bug‘latgichdan yig‘gichga jo‘natiladi, uni u erdan reaktorga bosim orqali 
yuboriladi, unda suvli aralashmani bir qancha vaqt moysimon moddalarning koagulyatsiya 
bo‘lgunicha qaynatiladi. So‘ng aralashmani yopiq filtrlarda latunli to‘r yordamida filtrlanadi. 
Kofeinning suvli aralashmasini qobiqli vakuum bug‘latgichda bug‘latiladi, kofein kontsentratsiyasi 10-
13% gacha bo‘lguncha 300-350 mm simob ustunida bug‘latiladi. Bug‘latilgan suvli aralashma 
yig‘gichdan qobiqli reaktorga qizdirish uchun siqiladi. 60 daqiqa bajarilgach, qattiq bug‘langach, 
aralashma 20-30 daqiqa qaynatiladi. Qaynatgan aralashmaga aylantirgichda qaynayotganda unga 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin