“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


Ushbu jaraoynning texnologik sxemasini tuzing



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

Ushbu jaraoynning texnologik sxemasini tuzing.
3– Amaliy ish 
Sitizin olish texnologiyasi 
Tsitizin oq yoki sarg‘imtirroq kristall kukun bo‘lib, suvda, spirtda, xloroformda yaxshi eriydi, 
benzol va efirda yomon eriydi. Suyuqlanish haroarti 154-157
0
C; [L]D 120 dan 123
0
C gacha (2 % suvli 
eritmasi). Oxirgi maxsulotda sitizinni miqdori 99 % dan kam bo‘lmasligi kerak. 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
76 
Xom ashyoni maydalash va alkaloidlarning ekstraktsiyasi
. Nishtarsimon afsonakning urug‘lari 
diskli tegirmonda 1-2 mm gacha maydalanadi. Maydalangan xom ashyo diffuzorga solinib 
ammiakning suvli eritmasi bilan yaxshilab aralashtiriladi. Aralashtirish bir xil namlangan massa hosil 
bo‘lguncha davom ettiriladi. Alkaloidlar ekstraktsiyasi xona haroratida dixloretan bilan olib boriladi. 
Sulfatlash.
Qo‘shilgan dixloretanli ajratmalar sulfatorga quyiladi. Unga 10 % sulfat kislotali 
ajratma solinadi. Massa 30 daqiqa. Aralashtiriladi, so‘ngra bir soat tindiriladi. Yuqori qavati etarli 
darajada nordon bo‘lmasa, sulfatorga 50 % li sulfat kislota eritmasidan qo‘shiladi va yana 
aralashtiriladi. 
Alkaloid asoslari yig’indisini olish
. Dixloretanni uchirish uchun havo purkaladi, so‘ngra 40-42
0

gacha qizdirilib, aralashtirib turgan holda 42% natriy ishqoridan sekin qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan 
ishqorli eritma reaktorga olinib, 50-60

C gacha qizdiriladi, tindiriladi, izopropil spirti qo‘shiladi. 
Yarim soat aralashtiriladi, tindiriladi va izopropil spirtli ekstrakt yig‘gichga olinadi. Suvli ekstrakt 
yana reaktorga solinib, 8-10 marta yuqoridagidek ekstraktsiya qilinadi. Izopropil spirtli ekstraktlar 
qo‘shilib, suvsiz natriy sulfat bilan quritiladi va filtrlanadi. To‘yingan ekstrakt 60-70

C 1/10 nisbat 
qolguncha vakuum sirkulyatsion qurilmada bug‘latiladi. So‘ngra massa rotatsion vakuum-bug‘latkich 
qurilmasida 1:10 hajmgacha bug‘latiladi va vakuum-quritgichda quritiladi. Texnik asoslar yig‘indisi 
olinadi. 
Sitizin nitratning olinishi
. Alkaloid asoslari yig‘indisi 95% etil spirtida eritiladi, qobig‘li 
qurilmaga solinadi 20-25
0
C gacha sovitiladi. So‘ngra aralashtirib turgan holda 55 % nitrat kislota 
nordon reaktsiya bo‘lguncha qo‘shiladi. Bunda sitizin nitrat cho‘kmaga tushadi. 
Qurilmadagi maxsulot 15-20
0
C haroratgacha sovutiladi, cho‘kmaga tushgan sitizin nitrat 
sentrifugada cho‘ktirib olinadi, spirt bilan yuviladi va havo haroratida bir sutka quritiladi. 
Sitizin asosini olish
. Sitizin nitrat suvda isitilib eritiladi. Isitilgan eritmaga natriy gidrosulfat va 
faollashtirilgan ko‘mir solinadi, suziladi, 18-20

C gacha sovutilgan filtratga 42 % natriy ishqori 
quyiladi. So‘ngra qoldiq eritmada alkaloidlar qolmaguncha 7 marta xloroform bilan ekstraktsiya olib 
boriladi. Xloroformli ekstrakt suvsiz natriy sulfat bilan quritiladi va aralashtirib alyuminiy oksidi, 
faollashtirilgan ko‘mir va suvsiz kaliy karbonat qo‘shiladi. So‘ngra eritma filtrlanadi va kristall hosil 
bo‘lguncha bug‘latiladi. Bug‘latilgan maxsulot vakuum-quritgich shkafida qizdirilmasdan quritiladi. 
Texnik sitizin asosi olindi. 
Sitizin fabrikatini olish.
Texnik sitizin farforli zo‘ldirli tegirmonga solinadi atseton quyiladi. 1-
1,5 soat tegirmon ishlagandan so‘ng quyuq massa hosil bo‘ladi, so‘ngra suziladi, atseton bilan yuviladi 
va havoda quritiladi. Qurilmaga aseton va sitizin solib qizdiriladi. Eritmaga faollashtirilgan ko‘mir, 
kaliy karbonat qo‘shib 15-20 minut qaynatiladi, filtrlanadi. Rangsizlantirilgan filtrat 3-5
0
C gacha 
sovutiladi. Cho‘kmaga tushgan sitizin asosi filtrlanadi va yana atseton bilan yuviladi, hosil bo‘lgan 
sitizin fabrikati 18 soat davomida havoda quritiladi. Nishtarsimon afsonak urug‘iga nisbatan 
sitizinning chiqish unumi 32,6 %. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin