“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


Ushbu jaraoynning texnologik sxemasini tuzing



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

Ushbu jaraoynning texnologik sxemasini tuzing.
Skopolamin gidrobromid olish texnologiyasi 
Skopolamin gidrobromid – rangsiz kristall yoki oq kristallik kukun suv va spirtda yaxshi eriydi, 
xloroformda esa yomon. Ter.-192- 196
0
C Farmakalogik ta‘siri bo‘yicha atropinga yaqin bo‘lib 
pereferik xolinoreaktiv tizimlarga ta‘sir ko‘rsatadi. Markaziy nerv faoliyatiga tinchlantiruvchi sifatida 
ta‘sir ko‘rsatib nafas olishni qiyinlashtiradi, xarakat faolligini kamaytiradi. Bu preparat psixiatriyada 
tinchlantiruvchi modda sifatida parkinsonizm kasalligini davolashda, xirurgiya amaliyotida 
analgetiklar bilan birgalikda ishlatiladi. Skopolaminning nordon tuzi aeron tabletka tarkibiga kiradi. 
Xom ashyoni tayyorlash va alkaloidlarni ekstraktsiyalash
. Skopolaminni olishda xom ashyo 
sifatida Meksika bangidevonasi-Datura innoxia Mill; ituzumdoshlar – Solanaseae oilasiga kiruvchi 
o‘simligining urug‘I olingan. Meksika bangidevonaning urug‘I tegirmonda maydalanib (maydalanish 
darajasi 1-2 mm) izopropil spirti bilan xona xaroratida qarama-qarshi oqim buyicha asoslanib 
ishlaydigan diffuzor batareyalarda (12 tadan tashkil topgan) ekstraktsiyalanadi. Bosh diffuzorga xom 
ashyo solingandan keyin izopropil spirt quyiladi to ekstrakt qopqog‘ining nazorat kranida paydo 
bo‘lguncha. Bir soatli tindirishdan keyin ekstrakt to‘yingan ekstraktlar o‘lchagichga o‘tkaziladi. Oxirgi 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
77 
diffuzorga esa izopropil spirti beriladi va 30 daqiqali tindirishdan keyin ikkinchi ekstrakt olinadi. 
Ishlatilgan xom ashyo diffuzordan bo‘shatiladi. Xosil bo‘lgan spirtli ekstrakt birinchi xajmga nisbatan 
1/20 bo‘lguncha vakuumda bug‘latiladi. Kubli qoldiq keyingi jarayonga yuboriladi. 
Sirka kislotali ajratmani olish
. Kubli qoldiq reaktorga o‘tkazilib suv qo‘shiladi va 20% H
2
SO
4
eritmasi bilan nordonlashtiriladi. Xosil bo‘lgan aralashmaga DXE qo‘shiladi 10 daqiqa aralashtiriladi 
va 15 daqiqa tindiriladi. Toza bo‘lmagan DXE regeneratsiya uchun yig‘gichga beriladi. 
Yog‘sizlantirilgan sulfat kislotali suvli alkaloidlar eritmasi yig‘gichdan reaktorga o‘tkazilib 25% NH3 
eritmasi rN 5,0-5,5 bo‘lguncha neytrallanadi. DXE ni yo‘qotish uchun xosil bo‘lgan maxsulot 3 soat 
davomida xavoda puflanadi. So‘ngra faollangan ko‘mir eritmaga qo‘shiladi 15-20 daqiqa 
aralashtirgandan keyin nutch – filtrida filtrlanadi. 
Filtrat reaktorda yig‘iladi va 25% li ammiak eritmasi bilan rN 8-9 bo‘lguncha ishqorlanadi. 
Alkaloidlar ekstraktsiyasi DXE bilan olib boriladi. Xamma ekstraktlar yig‘gichga yig‘ilib reaktorga 
o‘tkaziladi. Ekstraktga 15% li suvli sirka kislotaning eritmasi qo‘shiladi. 30 daqiqa aralashtirib 20 
daqiqa tindiriladi. Muxitning yuqorigi qismi nordon bo‘lishi shart quyi qavati yig‘gichga, nordon 
ajratmasi esa qurilmaga yuboriladi. Quyidagi ish 2-3 marta takrorlanadi. Nordon ajratmalar 
birlashtiriladi. 
Skopolamin asosini olish
. Nordon ajratma qozonga o‘tkazilgandan keyin unga aralashtirib 
turgan xolda 25% li ammiak qo‘shiladi, to rN 6-6,1 bo‘lguncha, so‘ngra eritmaga faollangan ko‘mir 
qo‘shilib 10-15 min. davomida aralashtirib turiladi. Keyin eritma nutch-filtrda filtrlanadi. Ko‘mir esa 
suv bilan yuviladi. Filtrat apparatga quyilib 5
0
S gacha sovutiladi va eritmada alkaloidlar yo‘qolguncha 
etil efiri bilan ekstraktsiyalanadi. Efirli ajratmalar birlashtirilib unga suvsiz nordon kaliy qo‘shilib 18 
soat quritiladi. Keyin ekstrakt filtrlanadi va bug‘latiladi, toki efir yo‘qolguncha xosil bo‘lgan 
qoldiqasosan skopolamin – asosidan tashkil topgan. 
Texnik skopolamin – gidrobromidni olish
. Kub qoldiqni saqlagan qurilmaga 98
0
S etil spirti 
quyiladi. Spirtli eritma -5
0
C gacha sovutiladi va unga aralashtirib turgan xolda bromvodorodli kislota 
solinadi kuchsiz kislotali reaktsiya bo‘lguncha, 65% bromvodorodli kislotadan va 98
0
C etil spirtidan 
spirtli bromvodorodli kislotali aralashmani tayyorlanadi. Xosil bo‘lgan massani kristallar xosil 
bo‘lguncha aralashtiriladi. Skopolamin gidrobromid kristallari to‘liq tushishi uchun 18 soatga shu 
xaroratda tinch qoldiriladi. Eritmadan ajralib chiqqan skopolamin-gidrobromid cho‘kmasi nutch-
filtrdan o‘tkazib uning ustiga sovutilgan 98
0
S etil spirti qo‘shiladi. Xosil bo‘lgan maxsulotni 18 soat 
davomida xavoda quritiladi. 
Skopolamin-gidrobromid fabrikatini olish.
Yassi tubli kolbaga olinib texnik skopolamin 
gidrobromid solinadi unga 1:3 nisbatda 98
0
C etanol qo‘shiladi va maxsulot to‘liq eriguncha teskari 
muzlatgichli kolbaga o‘rnatilib suv xammomida qizdiriladi. Aralashmaga faollangan ko‘mir qo‘shiladi 
va eritma 10 daqiqa. Davomida qizdiriladi. So‘ngra Byuxner voronkasida filtrlanadi. Oxirgi 
maxsulotni kristallash uchun filtrat kolbaga o‘tkazilib muz xammomida 2-3 soatga qoldiriladi. 
Cho‘kkan cho‘kma shisha filtrdan o‘tkaziladi va etil efiri bilan yuviladi, xosil bo‘lgan skopolamin 
gidrobromid xavoda quritiladi. Skopolamin gidrobromidning umumiy chiqishi skopolamin-asosiga 
nisbatan xisoblanganda 19,13 % ni tashkil qiladi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin