“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
75
diffuzorga yuboriladi. Bu siqilgan xavo ta‘sirida ekstraktsiya butun batareya bo‘ylab tarqaladi. Bir
diffuzordan boshqa diffuzorga o‘tguncha kaloriferdan o‘tadi u erda 85-95
O
S gacha qizdiriladi. Asosiy
diffuzorga ekstrakt to‘lishi bilan siqilgan xavo berilishi to‘xtatiladi va pastki qopqog‘I ochilib chiqindi
ajratib olinadi. Asosiy diffuzorga solingan ekstrakt 60 daqiqa tindiriladi.
Ekstrakt asosiy diffuzordan
oxirgi diffuzorga issiq suv bilan yuboriladi. Ekstraktda 0,15-0,25% asos-paxikarpin saqlaydi.
Suvli ekstraktdagi alkaloidlarni kerosin yordamida ajratish
. Ekstrakt druk filtri yordamida pH
10,0-10,5 42% li NaOH solingan ishqorlantirgichga solinadi. Ekstrakt ishqorlantirgichdan 65-75
O
S da
isitilgan xolda Badjara rusumli likobchali nasadkali ekstraktsion kolonkaga yuboriladi 65-75
O
S da
qizdirilgan kerosindan alkaloidlar ekstraktsiyasi o‘tkaziladi va to‘yingan kerosinli ekstrakt tuyingan
kerosinli yig‘gichga ajratgich orqali solinadi. Jarayon kerosinni berish
tezligi va suvli ekstraktda
qancha miqdor alkaloidlarni saqlashga qarab ekstraktsiya 5-6 soat davom etadi.
Kerosinli ekstraktni sulfat kislota yordamida qayta ishlash
. Kerosinli ekstrakt asosiy
sulfatorning injektor qismiga yuboriladi. Sulfator oldindan 43% li sulfat kislota eritmasi bilan
to‘ldiriladi. Injektorda intensiv turbulent aralashtirishi sodir bo‘ladi.
Buning natijasida kerosinli
ekstrakt tarkibidagi alkaloidlar yig‘indisi suvli eritmaga sulfatlar ko‘rinishiga o‘tadi. Alkaloidlardan
erkin xolga o‘tgan kerosin qayta kerosin yig‘gichga solinadi. Asosiy sulfatda 15-18% ga etguncha
erkin sulfat kislota yuboriladi. 0,5-1% ga etganda erkin sulfat kislota saqlagan sulfatorga kerosin
yuborilishi to‘xtatiladi. Sulfatlar bir soat davomida tindiriladi. Bunda sulfatda 14-14,5% paxikarpin
saqlanadi. Bo‘sh sulfatorga yangi sulfat kislota solinib oldingi ishlarni takrorlanadi.
Izopropil spirt yordamida alkaloidlarni ekstraktsiyalash
. Olingan sulfat ekstraktorga solinadi va
unga 8,5% izopropil spirti solinadi. Keyin aralashtirib turgan xolda massaga 43%
NaON eritmasini
kuchli ishqoriy muxit xosil bo‘lguncha solinadi va 2 soatga tindirishga qo‘yiladi. Aralashtirilgan
qoldiq eritmani po‘latli emallangan likobchaga solinadi va ikkinchi marta ekstraktsiyalashga
yuboriladi. Xuddi shu usul bilan uchinchi ekstraktsiya olib boriladi.
Birinchi va ikkinchi ekstraktdan olingan spirtli ekstrakt yig‘iladi. 5,5-6% paxikarpin saqlagan
izopropanolli ekstrakt vakuum bug‘latish apparatiga solinadi. Bug‘latish boshlang‘ich xajmining 1/5
qismi qolguncha vakuum ostida olib boriladi.
Asos-paxikarpinni olish
. Asos paxikarpinni boshqa alkaloidlardan ajratish uchun 165-185
o
C va
8-10 min. simob ustida qoldiq bosim va vakuum ostida xaydash yuli bilan ajratiladi. Asos paxikarpin
yig‘indilari isitgichli qurilmaga solinadi.
Asosan suv, kerosin va izopropil spirtdan iborat birinchi
fraktsiya 50-80
0
C ostida xaydaladi. Ikkinchi asos-paxikarpin 165-185
0
C da xaydaladi.
Texnik paxikarpin monoyodgidratning olinishi
. Asos-paxikarpin po‘latli emallangan idishga
HCL ning suvli eritmasi pH-6,0-6,5 gacha solinadi va aralashtiriladi. Neytrolizatsiyalashda aralashma
xarorati 3-35
o
C dan oshmasligi kerak. Keyin aralashma 20-25
0
C gacha sovutiladi.
Aloxida kaliy
yodning suvli eritmasi tayyorlanadi. Sovutilgan paxikarpin xloridning suvli eritmasiga aralashtirib
turgan xolda kaliy yodining eritmasi tezda solinadi. Cho‘kmaga tushgan paxikarpin monoyodgidratli
reaktsion massani 18-20
0
C gacha sovitiladi, sentrifugada sentrifugalanib ikki marta sovuq suv bilan
yuviladi. Paxikarpin monoyodgidratni xavoda quritiladi.
Texnik paxikarpin monoyodgidratni tozalash
. Apparatga distillangan suv solib qizdiriladi va
texnik paxikarpin monoyodgidrat solinadi. Bunga yana faollangan ko‘mir solinadi. Massa
qaynaguncha qizdiriladi va nutch filtrda filtrlanadi. Filtrat idishga solinib 10-15
0
C gacha sovutiladi.
Cho‘kmaga tushgan paxikarpin monoyodgidratning oq kristallari sentrifugada sentrifugalanib sovuq
distillangan suv bilan yuviladi. Paxikarpin kalorifer kuritgichda 50-60
0
C
xarorat ostida 10-14 soat
davomida quritiladi. Ishlab chiqarishda olinadigan qoldiq eritmalarga aloxida ishlov beriladi.
Ishlab
chiqarishdagi umumiy chiqish 63,78 % ni tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: