3 – Laboratoriya ishi Alkaloidlar miqdorini aniqlash usullari Alkaloidlar miqdorini aniqlash usullari ko‘p bo‘lib, ular alkaloidlarni cho‘ktirish, oksidlash, asos
sifatida neytrallash xamda turli rangdagi birikmalar xosil qilishga asoslangan. Maxsulot tarkibidagi
alkaloidlar miqdorini aniqlash usullari bilan uch bosqichdan iborat:
1. Alkaloidlarni maxsulotdan erituvchilar yordamida ajratib olish.
2. Alkaloidlarni turli aralashmalardan tozalash.
3. Toza alkaloidlar miqdorini turli usullar bilan aniqlash.
Maydalangan bargdan aniq 10 g tortib olib, 250 ml li shishaga solinadi, ustiga 150 ml efir va
ammiakning kontsentrlangan eritmasidan 7 ml qo‘shib, bir soat davomida chayqatiladi. Bunda asos
xamda efirga o‘tgan alkaloid eritmasini darrov 200 ml xajmdaga boshqa shishaga paxta orqali
filtrlanadi, ustiga 5 ml distillangan suv qo‘shib chayqatiladi va tinitish uchun biroz quyib qo‘yiladi.
Tingan efirli ajratmadan 90 ml li silinrda o‘lchab 200 ml li bo‘luvchi voronkaga quyiladi. Silindrga
ikki marta 10 ml dan efir solib chayiladi va uni voronkadagi efirli ajratmaga qo‘shiladi.
Alkaloidlar tuz xolida erib o‘tgan 1% li xlorid kislotani 200 ml li boshqa buluvchi voronkaga
diametri 5 sm li filtr qog‘oz orqali filtrlanadi. Kislota qismi ajratib olingandan so‘ng efirli ajratmaga 15
ml 1% li xlorid kislota qo‘shib, 3 minut davomida chayqatiladi. Shundan keyin kislota qismi ajratib
olinib, oldingi kislota qismiga qo‘shiladi. Efirli ajratmaga oxirgi marta 1% li xlorid kislotadan 10 ml
qo‘shib, 3 minut davomida chayqatiladi va ajratib olingan kislota qismi oldingi portsiyalarga
qo‘shiladi. Uch marta 1% li xlorid kislota qo‘shib, chayqatib, kislota qismi ajratib olingan efirli
ajratmada alkaloid qolmaydi. (Meyer reaktivi yordamida tekshiriladi). Alkaloidlar eritmasi filtrlangan
filtr qog‘oz 2 marta 5 ml dan 1% li xlorid kislota bilan chayiladi va shu voronkaga quyiladi.
Filtrat ammiak eritmasi yordamida ishqoriy xolatga keltiriladi va asos xolidagi alkaloid 3 marta
xloroform bilan 3 minutdan chayqatiladi. Alkaloidlarning xloroformdagi eritmasi 4-5 g yangi
suvsizlantirilgan natriy sulfat solingan filtr qog‘oz orqali 100 ml li kolbaga filtrlanadi. Filtr qog‘oz 2
marta 5 ml dan xloroform bilan shu kolbaga yuviladi. Natijada asl xoldagi alkaloidlarning xammasi
erib xloroformga butunlay o‘tgan bo‘lishi kerak. Filtrdan xloroform suv qatlami ustida xaydaladi.
Qolgan 1-2 ml xloroform eritmaga purkab xavo yuborib, xloroform butunlay uchirilsa, kolbada
maxsulotdan ajratib olingan asos xolidagi alkaloidlar yig‘indisi qoladi. Bu yig‘indi miqdorini aniqlash
uchun kolbaga 15 ml 0,02 n xlorid kislota eritmasidan qo‘shib, suv xammomi ustida biroz qizdiriladi,
so‘ngra indikator qo‘shib, reaktsiyaga kirishmay qolgan, ortiqcha xlorid kislota natriy ishqorning 0,02
n eritmasi bilan kolbadagi aralashma yashil rangga kelgunga qadar titrlanadi. 1 ml 0,02 n li xlorid
kislota eritmasi 0,00578 g alkaloidga to‘g‘ri keladi.
Absolyut quritilgan maxsulotdagi alkaloidlarning % miqdori quyidagi formula bo‘yicha
xisoblanadi:
X ((a-b) 0,0057800 100 100) / (P (100-W))
X – maxsulot tarkibidagi alkaloidlarning % miqdori;