“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
69 
tashkil topgan. Ularni hammasi ham dorivor bo`lmaydi va kasalliklarni davolashda shifobaxsh ta'sir 
ko`rsatmaydi. Ayrimlari esa dori turlarini tayyorlashda xalaqit beradi, shuningdek, dorivor 
mahsulotni saqlash vaqtida ularning sifatini buzilishiga olib keladi yoki asosiy ta'sir etuvchi 
kimyoviy birikmalarni tez parchalanishga sababchi bo`ladi. Shuning uchun dorivor o`simliklar 
tarkibida uchraydigan moddalar tibbiyot va farmatsiya nuqtai nazardan uch guruhga bo`linadi;
Dorivor o`simliklarning asosiy ta'sir etuvchi biologik faol moddalari. Dorivor mahsulot 
tarkibida kasalliklarni davolovchi terapevtik ahamiyatga ega bo`lgan biologik faol moddalari 
bo`lgani sababli u tibbiyotda va farmatsiyada ishlatiladi. O`simlikning terapevtik ahamiyati bo`lgan 
shifobaxsh biologik faol kimyoviy birikmalari asosiy ta'sir etuvchi moddalari deb ataladi. Bu 
moddalar ko`pincha ayrim o`simliklarga xos bo`lgan alkaloidlar (belladonna, bangidevona, 
mingdevona, skopoliya turlariga xos atropiya, giostsiamin, skopalamin), glikozidlar (angishvonagul, 
strofant, adonis, marvaridgul, erizimum o`simliklariga xos yurak glikozidlari, ra'noguldoshlarga xos 
amigdalin, karamdoshlarga xos sinigrin va boshqa izotiotsiantlar), kumarinlar, efir moylari, 
flavanoidlar, vitaminlar, lignanlar, oshlovchi va boshqa moddalar.
O`simliklarning ta'sir etuvchi moddalari bilan birga uchraydigan birikmalar. Bunday 
moddalarni ayni shu o`simlikda terapevtik ahamiyati bo`lmasa-da, asosiy ta'sir etuvchi 
birikmalarning ta'sir kuchini o`zgartirishi (ko`chaytirishi) hamda organizmga so`rilishi natijasida 
ta'sirini tezlatishi mumkin. Ba'zan asosiy ta'sir etuvchi modda bilan birga uchraydigan boshqa 
birikmalar organizmga birgalikda (kompleks) ta'sir ko`rsatishi ham mumkin. Masalan, 
angishvonagul tarkibidagi steroid saponinlar shu o`simlikni asosiy ta'sir etuvchi birikmasi-yurak 
glikozidlarini organizmga so`rilishi tezlatib, mahsulotning dorivor preparatlari ta'sirini tezlatadi va 
kuchaytiradi.
Terapevtik ahamiyati bo`lmagan, keraksiz ballast moddalar. Bu moddalar o`simliklarning 
asosiy ta'sir etuvchi va ular bilan birga uchraydigan birikmalar singari kimyoviy tuzilishi bo`yicha 
har xil moddalar bo`lishi mumkin. Uglevodlar, smolalar, efir moylari, yog`lar, organik kislotalar, 
oqsil, mineral va boshqa moddalar shular jumlasiga kiradi. Ular ma'lum sharoitda terapevtik ta'sirga 
ega bo`lgan birikma hisoblansa ham, boshqa o`simlikda ballast (keraksiz) modda sifatida uchrashi 
mumkin. Shuning uchun ballast moddalarni doimo bir xil, ma'lum guruhga kiradigan birikmalar 
deyish xato bo`ladi. Masalan, kanakunjut, zaytun, bodom va boshqalarning urug`idan olinadigan 
moylar asosiy ta'sir etuvchi birikmalar hisoblansa, shohkuya zamburug`i hamda strofant urug`ida 
uchraydigan yog`lar shu o`simliklardan dori turlari tayyorlashda va mahsulotni saqlashda ballast 
modda hisoblanadi. Xuddi shuningdek, sano bargida smolalar, shoxkuya tarkibida sut kislota ham 
ko`rsatilgan mahsulotlar uchun ballast moddalardir.
Kimyoviy tasnif-klassifikatsiya bo`yicha dorivor o`simliklar va ularning mahsulotlari 
quyidagi sinflarga bo`lib o`qiladi;
Tarkibida polisaxaridlar bo`lgan dorivor o`simliklar va mahsulotlar. 
Tarkibida vitaminlar bo`lgan dorivor o`simliklar va mahsulotlar. 
Tarkibida lipidlar (yog`lar va yog`simon moddalar) bo`lgan dorivor o`simliklar va 
mahsulotlar. 
Tarkibida terpenoidlar bo`lgan dorivor o`simliklar va mahsulotlar. 
Tarkibida alkaloidlar bo`lgan dorivor o`simliklar va mahsulotlar. 
Tarkibida glikozidlar bo`lgan dorivor o`simliklar va mahsulotlar. 
a) 
Tarkibida monoterpan glikozidlar (achchiq moddalar) bo`lgan dorivor o`simliklar va 
mahsulotlar; 
b) 
Tarkibida yurak glikozidlari (steroid glikozidlar) bo`lgan dorivor o`simliklar va 
mahsulotlar;
v) 
Tarkibida triterpin glikozidlar (triterpin saponinlar) hamda steroid saponinlar bo`lgan 
dorivor o`simliklar va mahsulotlar;
Tarkibida fenol unumlari bo`lgan dorivor o`simliklar va mahsulotlar:
a) 
Tarkibida oddiy fenollar, ularni unumlari va glikozidlari (fenolglikozidlar) bo`lgan 
dorivor o`simliklar va mahsulotlar; 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin