“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


Dorivor mahsulotlarni tayyorlash, quritish, idishlarga joylashtirish (qadoqlash) va



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

Dorivor mahsulotlarni tayyorlash, quritish, idishlarga joylashtirish (qadoqlash) va 
saqlash to`g`risida umumiy tushuncha 
Dorivor mahsulot sifati o`simliklarning ildizi, bargi, po`stlog`i, guli, mevasi va boshqa 
qismlaridan foydalaniladi. Ularni kimyoviy birikmalar eng ko`p yig`ilgan davrda yig`ishtirib olish 
kerak.
Kimyoviy moddalar o`simliklarning hamma organlarida bir vaqtning o`zida ko`p miqdorda 
to`planmaydi, shuning uchun ham ularni turli vaqtlarda tayyorlashga to`g`ri keladi. O`simlik 
organlarini quyidagi muddatlarda yig`ib olish kerak bo`ladi:


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
66 
Barglar odatda o`simlik gullashi oldidan yoki gullaganidan keyin olinadi. Barglar 
ehtiyotkorlik bilan, iloji boricha o`simlikka zarar etkazmasdan yig`ib olinadi (belladonna, 
angishvonagul va boshqa o`simlik barglari). Ba'zan o`t o`simliklarning bargini tayyorlash uchun er 
ustka qismi o`rib olinadi, so`ngra barglari teriladi yoki er ustka qismini quritib maydalanadi va 
barglari ajratiladi, poyasi bilan shoxlari tashlab yuboriladi. Bunda shox va gullar aralashmasi 
barglarga qo`shilib ketishi mumkin (yalpiz, gazanda va boshqa o`simliklar).
O`simlikning er ustki qismi (o`t) o`simlik gullaganida yig`iladi. O`simlikning er ustki qismi 
poyasining tagidagi barglar oldidan o`rib olinib, poyaning tepa qismi (10-20 sm uzunlikda) va 
shoxchalari kesib olinadi (achchiq shuvoq, dalachoy va boshqa o`simliklar). 
Kurtaklar erta bahorda (ochilmasdan ilgari) o`simlik tanasida suyuqlik yura boshlagan vaqtda 
yig`iladi. Bunda o`simlik kurtaklari terib olinadi yoki kurtakli shoxchalarni qirqib olib quritiladi, 
so`ngra shoxchalardan kurtaklarni asta-sekin qoqib to`planadi. 
Po`stloqlar 
ham erta bahorda, ya'ni o`simlik tanasida suyuqlik yura boshlagan, yog`och 
qismidan oson ajraladigan davrida, poya va yo`g`on shoxlaridan shilib olinadi. Po`stloq olishni 
osonlashtirish uchun poya yoki yo`g`on shoxlarni bir-biridan 30 sm masofadagi ikki eridan o`tkir 
pichoq bilan ko`ndalangiga, keyin uzunasiga kesiladi va po`stloq ajratib olinadi.
Gullar o`simlik qiyg`os gullaganda yig`iladi. Ko`pincha gullar alohida-alohida kesib olinadi. 
Ba'zan gul to`plamini hammasi (dastarbosh, marjondaraxti va boshqalar) yoki gulni ayrim qismlari 
(sigirquyruq o`simligida faqat gul tojibarglari) yig`ib olinadi. Plantatsiyalarda o`stirilgan yoki 
yovvoyi holda ko`p uchraydigan mayda gulli o`simliklarning guli maxsus asbob bilan yig`iladi 
(moychechak va boshqalar).
Meva va urug`lar pishib etilgan davrda yig`iladi. Mevalar odatda ertalab yoki kechqurun 
yig`ib olinadi, kun isiganda yig`ilsa, quruq mevalarning urug`i sochilib ketishi mumkin.
Mevalar turiga qarab tayyorlanadi. Ba'zilar qo`l bilan bitta-bitta uzib olinadi, boshqalar esa 
tayoq bilan qoqiladi. Urug`lar ham turli usullar bilan tayyorlanadi. Ba'zi urug`lar maxsus asbob bilan 
mevadan ajratib olinadi. (bodom urug`i va boshqalar). Mayda meva va urug`lar esa etilganidan so`ng 
yoki etilishi oldida o`simlikni o`rib quritib, so`ngra xirmonda yanchib tozalanadi arpabodiyon vo`a 
kashnich mevalari, xantal urug`i va boshqalar).
Er ostki organlari (ildiz, ildizpoya, tuganak va piyozlar) odatda o`simlik uyquga kirgan 
vaqtida – erta bahorda yoki kech kuzda tayyorlanadi. Ba'zi o`simliklarning er ostki organlari o`simlik 
gullab bo`lganidan so`ng yig`iladi. Chunki ularning ba'zilarini o`sayotgan erida baland bo`yli begona 
o`simliklar orasidan topish qiyin (solib turlari va boshqalari), ba'zilarini qurib qolgan poyalarini esa 
shamol sindirib uchirib ketadi (etmak va boshqalar).
O`simliklarning er ostki organlarini odatda belkurak, ketmon va boshqa asboblar bilan qazib 
olinadi. Bir joyning o`zida o`simlik ko`p bo`lib hamda er ostki organlarni yaxshi taraqqiy etgan 
bo`lsa, u holda traktor bilan kovlab olinadi (qizilmiya va boshqalar). Yig`ilgan er ostki organlarni 
loy, tuproq, qum, barg va poyalardan tozalab (ba'zilarini suvda yuvib), quritish uchun mayda 
bo`laklarga qirqiladi.
O`simlikning er ustki qismlarini, masalan bargi, guli va boshqa qismlarini shudring 
ko`tarilgandan so`ng havo ochiq paytida yig`ib olinadi. Yomg`ir yoki ertalabki shudringdan so`ng 
yig`ilgan o`simliklarni quritish qiyin, ular qurtilganida ham qorayib ketadi. Yig`ilgan maqsulotlarni 
savatlarga bosib yoki bir erga uyub qo`yib bo`lmaydi, chunki namlik va issiqlik (qizish yoki quyosh 
harorati) ta'sirida o`simlik to`qimalarida chuqur biokimyoviy birikmalar o`zgarishlar ro`y beradi, 
organizmga ta'sir etuvchi kimyoviy birikmalar parchalanib ketib, dorivor mahsulot o`z qimmatini 
yo`qotadi.
Dorivor mahsulotlarni quritish 
Tayyorlangan dorivor mahsulotlarni boshqa o`simlik aralashmalari, loy, tuproq, qum va 
boshqalardan tozalangandan so`ng tezda quritiladi. Quritishning eng oddiy va oson usuli tabiiy 
sharoitda, ya'ni ochiq havoda quritishdir. Lekin o`simliklarning er ustki qismini (meva va 
urug`laridan) tashqari ochiq havoda, quyoshda quritib bo`lmaydi. Aks holda o`simlikning er ustki 
organlari hujayralaridagi yashil rang beruvchi xlorofil hamda gul qismlaridagi rang beruvchi 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin