“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
68
metabolitlar o`simliklar to`qimasida birlamchi sintezlangan moddalardan hamda ular ishtirokida
vujudga keladi. Asosiy dorivor moddalar–ikkilamchi sintezlangan birikmalardir.
O`simlik tarkibidagi dorivor moddalar–biologik faol birikmalar o`simlikning o`sishi davrida–
ontogenezda va turli faktorlar ta'sirida doimiy o`zgarishda bo`ladi. Ular sintezlanadi, asta-sekin
ko`payadi, ma'lum davrda ko`p miqdorda to`planadi, keyinchalik kamaya boradi va butunlay
yo`qolib ketishi mumkin. Bu o`zgarishlar faqat o`simlikni o`sish davrigina –ontogenez
sababchi
bo`lmay, balki tashqi muhit omillari ham katta ta'sir ko`rsatadi. Ontogenez har qaysi o`simlikni
normal hayot kechirish davri bo`lib, u tirik organizmni tug`ilishdan to tabiiy holda o`lishi (qurib
qolishi) gacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. O`simlik tarkibidagi dorivor moddalar sinteziga,
ularni to`planishini o`zgarib borishiga ta'sir etuvchi tashqi muhit omillariga quyidagilar kiradi;
o`simlikni o`sish joyi, namlik (havo va tuproqdagi namlik miqdori), tuproq tarkibi, harorat (havo va
tuproqning issiq va sovuqligi), yorug`lik va quyosh nurining ko`p yoki kam bo`lishligi, iqlim va
boshqalar.
Ma'lumki har bir o`simlikning o`ziga xos o`sadigan joyi bo`ladi va u shu sharoitda yaxshi
taraqqiy etadi. Ba'zi o`simliklar, barglar, chirindisi ko`p bo`lgan erlarda (marvaridgul va boshqalar),
boshqalari sho`rxak erlarda (qizilmiya,
shuvoq turlari, sho`rak va boshqalar), qolganlari tog`lik,
toshli erlarda va shag`alli (qizilcha, qoraqovuq va boshqalar) yoki aholi yashaydigan joylarga yaqin
va iflos joylarda (mingdevoni, bangidevona va boshqalar) yaxshi rivojlanadi. Ba'zi o`simliklar
namlikni yoqtiradi (dala qirqbo`g`imi, oqqaldirmoq, valeriana, sariq nufar, igir, botqoq ledumi,
meniantes va boshqalar), boshqalari aksincha quruq cho`llarda, qirlarda (achchiqmiya, afsonak, isiriq
va boshqalar) o`sishni yaxshi ko`radi. Agar angishvonagulni o`sish davrida me'yoridan
ortiq
sug`orilsa, uni tarkibida yurak glikozidlari kam sintezlanadi, darmanashuvoq ham namlik ko`p bo`lsa
yaxshi o`smaydi. Hamma o`simliklarga ham bir xil miqdorda issiqlik va yorug`lik kerak bo`lmaydi.
Jenshen o`simligi o`rmonlarining (taygani) chirindisi ko`p, nam, salqin va yorug`lik kam bo`lgan
erlarida yaxshi o`sadi, angishvonagul esa yorug`lik, quyosh nuri ko`p bo`lsa, yurak glikozidlarini
yaxshi sintez qiladi. Ko`pchilik efir moyi saqlovchi o`simliklar issiq va yorug`likni sevadi. Shuning
uchun janubiy tumanlarning florasi tarkibida efir moyi saqlovchi o`simliklar ko`p bo`ladi va ular hidi
yoqimligi bilan farqlanadi. Aksincha, ba'zi o`simliklar (radiola, levzeya va boshqalar) salqin erda,
tog`li tumanlarda yaxshi o`sadi. Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin. Shuni yaxshi bilish
kerakki, har bir o`simlik o`ziga xos sharoitda va iqlimda o`ssa, o`ziga xos bo`lgan
biologik faol
moddalarni ko`p sintez qiladi. Yuqorida keltirilgan o`simliklarini o`sishi, rivojlanishi va ular
tarkibida dorivor moddalarning sintezi va to`planishiga tashqi muhit (namlik, issiqlik, yorug`lik,
tuproq tarkibi, o`sish joyi va boshqalar) ta'sirini bilishni katta ahamiyati bor va buni dorivor
o`simliklarni tabiiy sharoitdan plantatsiyalarda o`stirishga o`tkazilganda hisobga olinishi zarurdir.
Har bir o`simlik uchun uni plantatsiyalarda o`stirilganda o`ziga xos sharoit va iqlimni iloji boricha
tug`dirish lozim. O`simliklar tarkibidagi biologik faol moddalarni ko`p to`planish
vaqti yana
o`simlikni o`sish davriga ham bog`liqdir. Ko`pchilik o`simliklarning er ustki qismi va barglari
tarkibida asosiy ta'sir qiluvchi faol moddalar ularni gullari gullashdan oldin va gullash davrida;
gullarda ularni qiyg`os gullagan vaqtida; meva va urug`larda-ular to`liq etilganda;
er ostki
organlarda-o`simlik vegetatsiya davri (ontogeneziya) ning oxirida (kech kuzda) ko`p miqdorda
to`planadi. Ba'zi dorivor mahsulotlar tarkibidagi asosiy dorivor moddasini maksimal to`planishi
yuqorida keltirilgan davrga to`g`ri kelmasligi mumkin. Ba'zi bir alkaloidlar o`simlik endi ko`karib,
ildizoldi barg chiqarayotgan davrida maksimal to`planish, so`ngra asta-sekin kamayishi va o`simlikni
gullash vaqtida boshqa birikmalarga aylanib ketishi aniqlangan. Bunday o`zgarishlar
alkaloidlargagina xos bo`lmay, balki boshqa biologik faol moddalarda ham yuz berishi mumkin.
Darmana shuvoq o`simligini guli gullagan davrida emas, aksincha ularni ochilmagan-g`uncha
holatida yig`iladi. Chunki ta'sir etuvchi biologik faol modda-santonin g`unchasida maksimal
to`planib, gullay boshlaganida keskin kamayib ketadi. Dorivor mahsulotlarni tayyorlashda yuqorida
aytib o`tilganlarni hisobga olgan holda kerakli vaqtda yig`ilsa, tarkibidagi asosiy ta'sir qiluvchi
moddalar etarli miqdorda bo`lib mahsulot esa yuqori sifatda bo`ladi.
Yuqorida qayt etilganidek,
o`simliklarning kimyoviy tarkibi juda ham murakkab bo`lib, turli organik va mineral moddalardan