“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
71
2. Xususiy (ba‘zi alkaloidlarga xos) – rang xosil qiluvchi reaksiyalar.
O‘simliklarda alkaloidlar bor-yo‘qligi birinchi guruxga kiruvchi umumiy reaksiyalar yordamida
aniqlanadi. Lekin bu reaksiyalar yordamida o‘simlik tarkibida qanday
alkaloid borligini aniqlab
bo‘lmaydi. Alkaloidlar bu reaksiyalarda reaktivlar (yordamida) ta‘sirida cho‘kma xosil qiladi. Buning
uchun xloroform yoki efirda eritilgan asos xoldagi alkaloid eritmasidan chinni yoki shisha
plastinkachasi ustiga 1-2
tomchi tomizib quritiladi, so‘ngra unga bir tomchi 0,1-0,05 n xlorid yoki
sulfat kislota qo‘shib eritiladi. Agar eritma ustiga bir tomchi reaktiv qo‘shilsa, cho‘kma xosil bo‘ladi
(reaktivdan ozgina qo‘shish kerak, aks xolda cho‘kma erib ketishi mumkin).
Alkaloidlarni cho‘ktiruvchi reaktiv sifatida kompleks yodidlar (Bushard, Vagner, Meyer, Marme,
Dragendorf reaktivlari), ba‘zi kompleks kislotalar:
fosfat-molibdat, fosfat-volfram,
silikat-volfram
kislotalar (Zonenshteyn yoki Vriz, Sheyblar, Bertran yoxud Godfrua reaktivlari), og‘ir metall (simob,
oltin, platina) tuzlari va ba‘zi kislota xususiyatiga ega bo‘lgan organik birikmalar (tanin, pikrin kislota)
ning eritmalari ishlatiladi.
Maxsulot tarkibida alkaloidlar bor – yo‘qligini aniqlash uchun umumiy (cho‘ktiruvchi) reaksiya
quyidagicha bajariladi.
100 ml xajmli kolbaga maydalangan maxsulotdan 1 g solib, uning ustiga xlorid kislotaning 1% li
eritmasidan 25 ml quyiladi va suv xammomida 5 min davomida qizdiriladi (alkaloidlar maxsulotdan
tuz xolida ajralib chiqadi). Kolbadagi suyuqlik sovigandan so‘ng filtrlanadi.
Bir nechta chinni
idishchaga bir necha tomchidan filtrat solib, unga yuqori ko‘rsatilgan umumiy cho‘ktiruvchi
reaktivlardan 1-2 tomchidan qo‘shiladi.
Agar eritma ko‘pgina reaktivlar (kamida 5-6 xil reaktiv) bilan cho‘kma xosil qilsa, bu alkaloid
borligidan
dalolat beradi, cho‘kma xosil bo‘lmasa, eritmada alkaloid yo‘qligini ko‘rsatadi.
Maxsulot va eritmalarda qanday alkaloid borligini xar bir alkaloidga xos rangli ikkinchi guruxga
kiruvchi reaktsiyalar bilan aniqlanadi. Bu reaktsiyalar jarayonida alkaloid molekulasida suv molekulasi
ajralishi, alkaloid oksidlanishi yoki suv tortib oluvchi reaktivlar (konts H
2
SO
4
) ishtirokida aldegidlar
bilan kondensatsiyaga kirishishi mumkin. Natijada xar bir alkaloidga xos turli rangdagi maxsulot xosil
bo‘ladi ( 2-jadval). Alkaloidlarni aniqlashdagi rangli reaksiyalarda kons, sulfat, nitrat, xlorid va boshqa
kislotalar, formalin, turli oksidlovchi (K
2
Nr
2
O
7
, KclO
4
, H
2
I
2
), ishqorlar va boshqalar, xamda ishqorlar
aralashmalari reaktiv sifatida ishlatiladi.
Alkaloidlarning N-oksid shakli sof (asos) va tuz xolidagi shaklidek reaktsiyaga kirishmaganligi
sababli alkaloidlarning N-oksid shakli avval
vodorod yordamida qaytarilib, so‘ngra analiz qilinadi.
Dostları ilə paylaş: