“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
74 
solinadi. Keyingi ajralishda oxirgi sul‘fator asosiy, tayyor anabazin sul‘fat olingandan so‘ng asosiy 
oxirgi sul‘fator sifatida ishlatiladi. 
Anabazin sul’fatni neytrallash.
Texnik anabazin sul‘fat suv bilan (1:1) suyultiriladi va rN – 4,5-5 
muxitda xloroform bilan ekstraktsiyalanadi. Sul‘fat aralashtirgichli, qobiqli va teskari muzlatgichli 
apparatga quyiladi. Buni ustiga o‘lchangan, xisoblangan miqdorda konts N
2
SO
4
solinadi. Aralashma 
yaxshilab aralashtirilib 5
0
C gacha sovutiladi. Keyin reaktsion massaga aralashtirib turgan xolda asta 
sekinlik bilan natriy nitrat quyiladi bunda reaktsion massaning temperaturasi 5
0
C dan oshmasligi 
kerak. Xisoblangan miqdorda natriy nitrit solingandan so‘ng reaktsion aralashma 4 soat 5
0
C da 
aralashtiriladi, keyin 12 soatga tindiriladi. Keyin aralashma 40% li NaOH bilan pH – 6,8-7 ga etguncha 
neytrallanadi, bundan nitrozoanabazin ajralib chiqadi. Neytrallangan aralashma likobchali ekstraktorga 
quyiladi va unga xloroform qo‘shiladi. Nitrozoanabazin ekstraktsiyasi 1soat davomida olib boriladi 
jami 7-8 marta ekstraktsiyalanadi, bunda pH – 6,5 bo‘lishi kerak. 
Ekstraktsiya oxirida xloroformli ekstrakt bir soatga tindiriladi. Birinchi beshta ta ekstrakt 
qo‘shilib, suvsiz natriy gidrosulfatda quritiladi. Nutch filtrda filtrlanadi. Xloroform vakuum-
tsirkulyatsion apparatda xaydaladi. 
Nitrozoanabazinni gidrolizlash
. Nitrozoanabazin aralashtirgichli, qobiqli va teskari muzlatgichli 
qurilmaga solinadi. Bunga xisoblangan miqdorda 18% li HCL solinadi. Aralashma aralashtiriladi va 
98-100
0
da qizdirib 8 soat tindiriladi. Reaksion massa sovigandan so‘ng uni 40% NaOH bilan rN – 9,0-
9,5 muxit xosil bo‘lguncha qo‘shiladi. Keyin likobchali ekstraktorda anabazin xloroform ekstraktsiyasi 
olib boriladi. Xloroform ekstraktni suvsiz natriy sulfat bilan quritiladi va nutch filtrida filtrlanadi. 
Xloroform vakuum-tsirkulyatsion apparatda xaydaladi. Anabazin qoldiq xloroformdan quritiladi va 
120-140
0
C xaroratda 4-5 mm sim ust. qoldiq bosim ostida vakuumda xaydaladi. 
Texnik anabazin gidroxloridni olish.
Tozalangan asos-anabazin aralashtirgichli, qobiqli va pastki 
quyilishidan iborat apparatga solinadi. Bunda 1:2 nisbatda absolyut izopropanol solib 10-15 minut 
davomida aralashtiriladi. Keyin qurilmaga vodorod xlorid ning 25-30% li izopropanol eritmasini oz-oz 
qismdan solinadi. Xisoblangan miqdorda solingan vodorod xloridning spirtli eritmasi reaktsion massa 
bilan 1,5-2 soat davomida aralashtiriladi va u muzlatilgan suv bilan sovitiladi. Cho‘kmaga tushgan 
anabazin gidroxlorid nutch-filtrda siqiladi va quritilgan aseton bilan yuviladi. Yuvilgan va yaxshilab 
siqlgan anabazin gidroxlorid xona xaroratida 10-12 soat davomida quritiladi. 
Farmokopik anabazin gidroxloridni olish.
Texnik anabazin gidroxlorid shishali dumaloq tubli 
kolbaga solinadi, unga absolyut izopropanol spirtni (1:4) nisbatda qo‘shiladi va qaynab turgan suv 
xammomida to‘liq erib ketguncha qizdiriladi. Keyin eritma emallangan idishga ikki qavatli qog‘oz 
filtridan vakuum ostida filtrlanadi va doimiy aralashtirilib turgan xolda quyuq bo‘tqa xosil qilgan 
aralashma xona xaroratida sovutiladi, cho‘kmaga tushgan kristallar nutch-filtrda siqiladi va bir marta 
uch karalli atseton bilan yuviladi. 10-12 soat davomida davriy aralashtirilib turgan xolda xona 
xaroratida quritiladi, keyin vakuum ostida 0,6-0,7 atm va 40-50
0
xaroratda 2-3 soat davomida olib 
boriladi. 
Ushbu jaraoynning texnologik sxemasini tuzing.

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin