“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua 84
lari bilan solishtirilib, o‘simlik ajratmasida qanday flavonoidlar borligi to‘g‘risida fikrlanadi.
Xromatografik analizni xuddi shu usul bo‘yicha qog‘ozda xam bajarish mumkin.Yuqorida ko‘rsatib
o‘tilgan va boshqa sifat reaktsiyalar yordamida flavonoidlarning ajratma yoki xromatogrammalarda
bor yoki yo‘qligini aniqlashdan tashqari, flavonoidlar molekulasida gidroksil guruxlari qaysi uglerod
atomiga joylashganligini xamda shu guruxlar sof xolda yoki qand molekulasi bilan birlashganligini
aniqlash mumkin.
11 – Laboratoriya ishi
O’simliklar tarkibidagi flavonoidlarning miqdorini aniqlash . O‘simliklar tarkibidagi flavonoidlar
miqdorini aniqlash usullari ko‘p va turlichadir. XI DF sida keltirilgan maxsulot tarkibidagi
flavonoidlarning miqdorini aniqlash yo‘llari asosan spektrofotometrik usullardir.
1 g (aniq tortib olingan) quritilgan va maydalangan maxsulotni 100 ml xajmli va vertikal xoldagi
sovutgich bilan birlashtirilgan kolbaga solinadi va unga 30 ml xloroformli ajratmani filtrlab olinadi.
Maxsulotga qaytadan 30 ml xloroform quyib, yana oldingi usulda 2 marta ekstraktsiya qilinadi.
Xloroformli ajratmaga mum, xlorofill va shunga o‘xshash keraksiz – ballast moddalar ajralib chiqqani
uchun bu ekstrakt tashlab yuboriladi. Kolbadagi maxsulot toki xloroformdan tozalanguncha 50-60
0
C
da qizdirib quritiladi. Keyinchalik maxsulotdan flavonoidlarni ajratib olish uchun kolbaga 30 ml metil
spirti (metanol) quyiladi, kolba vertikal sovutgich bilan ulanadi va aralashma suv xammomida 30
daqiqa qaynatiladi. Ko‘rsatilgan vaqt o‘tgach, kolba sovutiladi, flavonoidlar ajratmasi (ekstrakti) 50 ml
li o‘lchov kolbasiga quyiladi va suyuqlik xajmi o‘lchov kolbasiga belgisiga etguncha metanol bilan
to‘ldiriladi. O‘lchov kolbasidagi suyuqlik aralashtiriladi va uni filtrlab, flavonoidlar miqdorini aniqlash
uchun kerak bo‘lgan ekstrakt (A ekstrakt) olinadi. Flavonoidlarning ekstraktdagi miqdori
fotokalorimetrik usul bilan aniqlanadi. Bu usul flavonoidlarning novokain (yoki sulfonil kislota) ning
diazobirikmasi bilan rangli reaktsiya berishiga asoslangan. Buning uchun 10 ml xajmdagi o‘lchov
kolbasiga 10% li sulfat kislotada eritilgan novokainning 0,5% li eritmasidan 1 ml va 0,2% li natriy
(ishqorning 10%li eritmasi) nitrit eritmasidan 1,5 ml solib aralashtiriladi. Aralashmaga 2 ml A
ekstraktdan 1 ml qo‘shib, suyuqlik xajmini o‘lchov kolbasining belgisiga qadar metanol bilan
to‘ldiriladi. So‘ngra kolbadagi suyuqlik aralashtiriladi va rangining intensivligini 1 sm qalinlikdagi
kyuvetda ko‘k yorug‘lik filtrida fotoelektrokolorimetr yordamida o‘lchanadi. A ekstraktidagi
flavonoidlar kontsentratsiyasi standart eritma (rutin, kvertsetin yoki boshqa sof xoldagi flavonoidlar
eritmasi) bo‘yicha tuzilgan grafik yordamida topiladi.
Maxsulot tarkibidagi flavonoidlarning % miqdori (X) quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
X=(a 10 50 100 100)/(2 s(100-b))
Bunda, a – 1 ml A ekstraktidagi flavonoidlar kontsentratsiyasi; b – maxsulot namligi (% xisobida); s –
taxlilga olingan maxsulotning gramm miqdori. Flavonoidlar tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, yuqori
o‘simliklarning qariyb xammasida uchraydi. Ayniqsa, dukkakdoshlar (Fabaceae), astradoshlar –
Asteraceae (murakkabguldoshlar – Compositae), selderdoshlar – Apiaceae (soyabonguldoshlar –
Umbelliferac), ayiqtovondoshlar (Ranuncubaceac), torondoshlar (Polygonaceae), ranoguldoshlar
(Rosaccae), yasnotkadoshlar – Lamiaceae (labguldoshlar – Labiatae) va boshqa oilalarning vakillari
flavonoidlarga boy bo‘ladi. Xayvonlar flavonoidlarni sintez qilmaydi. Bu gurux birikmalar
o‘simliklarning xamma organlarining xujayra shirasida erigan xolda bo‘lib, ayrim xollarda (masalan,
er osti organlari va poyada) oz miqdorda, o‘simliklarning gullari va bargida ko‘p toki 44% gacha
(yapon saforasining gulida) to‘planadi. Flavonoidlar asosan o‘simliklar gullagan davrda maksimal
miqdorda to‘planadi, keyinchalik esa miqdori kamayib boradi. Janubiy tumanlarda xamda ochiq,
quyosh nuri ko‘p tushadigan erda o‘sadigan o‘simliklar odatda boshqa erda o‘sadigan turiga nisbatan
flavonoidlarni ko‘proq sintez qiladi. Tabiatda flavonol unumlari ko‘proq (flavonoidlarning 40% ini
tashkil etadi), flavonlar, xalqonlar va auronlar kamroq uchraydi.
Farmakologik ta‘siri bo‘yicha flavonoidlar asosan vitamin R ta‘siriga ega bo‘lib, qon
tomirlarining o‘tkazuvchanligi va mo‘rtligini kamaytiradi. Ba‘zi o‘simliklarning flavonoidlari
yig‘indisi o‘t va siydik xaydovchi xossaga xam egadir. Sof xoldagi flavonoidlar va ular yig‘indisining
preparatlari xamda tarkibida flavonoidlar bo‘lgan o‘simlik va maxsulotlardan tayyorlangan dorivor
preparatlar vitamin R etishmasligidan xamda qon tomirlarining o‘tkazuvchanligi buzilishidan kelib