“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
92 
7.Analitik taroz 
Reaktivlar :
1. Etil spirti. 
2. 5% ishqor eritmasi. 
3.1% li sirka kislota eritmasi 
4.metil ko`k bo`yoq eritmasi 
5.% li H
2
SO
4
ning mis tuzi eritmasi
6.10% li NaOH 
3 – Laboratoriya ishi 
Daraxt elimlari va ularni saqlovchi o`simliklar 
Daraxt yelimlari patologik shilliq moddalarning o`simlik to`qimalaridan oqib chiqib, po`stloqning 
yaralangan joyini qoplab, qotishidan hosil bo`ladi. Bu birikmalar daraxt po`stlog`idagi yaralangan 
joyni berkitib turadi va mikroorganizmlarning o‗simlik tanasiga kirib, uni chiritishidan saqlaydi. 
Bundan tashqari, elim o‘simlik uchun zaxira oziq modda bo‗lib xam xizmat qiladi. Elim ko‗pincha 
dukkakdoshlar va ra'noguldoshlar, jiydadoshlar va boshqa oilalarga kiruvchi buta va daraxtlarda xosil 
bo‘ladi. Daraxt elimi ko‗pincha erta baxorda xosil bo‘ladi. Chunki bu orasida tez-tez yog‘ingarchilik 
bo‘lishi natijasida daraxt po‘stlog‘i iviydi, so‗ngra shamoldan va kun issiqidan tez qurib yoriladi. 
Yorilgan po‗stlog`dan patologik shilliq modda oqib chiqadi. Elim sun'iy yo‘l bilan xam olinishi 
mumkin. Buning uchun o‗simlik po‗stlog`ini bigiz, pichoq yoki boshqa asbob bilan tilinadi natijada 
elim oqib chiqadi. Yelim kimyoviy tarkibiga ko‗ra shilliq moddalarga yaqin turadi. Patologik shilliq 
moddalar o‗simlik to‗qimalaridan oqib chiqayotganida yo‘lda uchragan birikmalar masalan: oshlovchi, 
bo‗yoq, mineral moddalar, fermentlar, va boshqalarni o‗zi bilan birga olib chiqishi mumkin. Yelim xar 
xil rang va shaklda xamda qattiq bo‗lakchalar xolida bo‗ladi. Yuqori sifatli elim rangsiz yoki och 
sarg‘ish rangli bo‗lib, o‗ziga xos shirin mazaga ega u organik erituvchilarda erimaydi. Yelim spirt 
ta'sirida eritmada cho‗kadi. Yelimning kimyoviy tarkibi yaxshi aniqlanmagan. Shu sababli u fizik 
xossasiga qarab 3 guruxga bo‗linadi. 
1. Arabin - suvda yaxshi eriydigan yelim. 
2. Bassorin - suvda kam eriydigan, lekin yaxshi shishadigan yelim. 
3. Serazin - suvda erimaydigan va kam shishadigan yelim. Bu issiq suvda qisman erishi mumkin. 
Yelim tibbiyotda me'da kasalliklarida o`rab oluvchi vosita sifatida ishlatiladi. Farmatsevtikada esa xab 
dorilar xamda emulsiyalar tayyorlashda qo‗llaniladi. Texnikada yelimni chit bo‗yash, tush, siyox, 
akvarel bo‗yoqlar, qalam, gugurt va plastmasslar tayyorlashda xamda boshqa soxalarda ishlatiladi. 
Tibbiyotda xamda farmatsevtika amaliyotida yuqorida ko‗rsatilgan maqsadlar uchun astragal yelimi - 
tragakant va o‗rik yelimidan foydalanadi. 
O‗rik yelimi - Gummi armeniacal. O‗rik yelimi daraxt po‗stlog‘ining darz ketgan joyidan oqib chiqadi. 
Ana shu yelim yig‘ib olinadi. O‗rik yelimi rangsiz, yoki och sariq rangli, qattiq, mo‗rt, yaltiroq va 
katta-kichik bo‗laklardan iborat. Yelim poroshogi oq yoki sarg‘ish rangli bo‗lib, xidsiz, chuchmal 
mazaga ega. Yelim suvda eriydi. O‗rik elimi chet eldan keltiriladigan gummi arabika o‗rnida emulsiya 
tayyorlash uchun emulgator sifatida ishlatiladi. 
4 – Laboratoriya ishi 
Pektin moddalar 
Pektin moddalar o‗simliklarning yuqori molekulali uglevodlari polisaxaridlari bo‗lib, ular asosan 
(83-90%) o‗zaro glyukozid tipida birlashgan D-galakturon kislota qoldiqlaridan, qisman galaktan, 
araban va boshqa moddalardan tashkil topgan. 
Pektin moddalarga pekta kislota, pektaklar, pektinlar, pektinatlar va protopektinlar kiradi. 
Pekta kislota - glikozid ((-1(4) tipida birlashib, uzun zanjir xosil qilgan. D - galakturon kislota 
qoldiqlaridan iboratdir. Pekta kislota xamma pektin moddalarning asosiy ismidir. Pektlar - pekta 
kislotaning tuzlari. Pektinlar - pekta kislotaning karboksillari bo‗yicha turli darajada metillangan 
xosilasi bo‗lib, o‘z navbatida n - pektinlar va l - pektinlarga bo‗linadi. Pektinlar suvda erib, zich gel 
xosil qiladi. Pektinatlar - pektinlarning tuzlari. Protopektinlar - yuqori molekulali, suvda erimaydigan 
birikmalar. Pektin moddalar asosan suvda erimaydigan protopektin xamda o‗simlik xujayra 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin