“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua 91
8. Buyum oynachalari.
9. Analitik taroz.
10. Shisha kolonna.
11. Byuxner voronkasi.
12. Rotorli bug`latgich.
Reaktivlar :
1. Etil spirti.
2. 5% ishqor eritmasi.
Jod eritmasi
Lyugol eritmasi
1% li sirka kislota eritmasi
2 – Laboratoriya ishi
Shilliq moddalar hamda tarjibida shu moddalar bo`lgan dorivor o`simliklar O`simlikda uchraydigan shilliq moddalar har xil birikmalar aralashmasidan tashkil topgan bo`lib, ular
tarkibida asosan polisaxaridlar - pentozanlar (90% gacha) va qisman geksozanlar uchraydi. Shilliq
moddalar hujayra ichi va xujayra po`sti hamda oraliq birikmalarning shilliqlanishidan hosil bo`ladi.
Ayrim hujayra yoki to`qimalar shilliqlanishi mumkin.
Shilliq moddalar odatda 2 guruxga bo`linadi.
1. Normal shilliq moddalar. Bular o`simlikning o`sishi davrida shu o`simlik hayoti uchun nihoyatda
zarur birikmalar sifatida vujudga keladi.
2. Patologik shilliq moddalar. Tashqi ta'sirga reaktsiya sifatida vujudga keladi. Normal shilliq
moddalar o`simliklarning hamma organlarida bo`lishi mumkin. Normal shilliq moddalar o`simlik
hayotida muhim rol o`ynaydi. Ular suv ta'sirida shishadi va uzoq vaqtgacha qzida namlik saqlaydi.
Shuning uchun bu moddalar qurg`oqchilikda uchadigan o`simliklarni tasodifan qurg`oqchilik bo`lib
qolganda ham qurib qolishdan, shuningdek, issiq kunlarda o`simlikni haddan tashqari qizib ketishidan
saqlaydi. O`simlik shilliq moddalari suvda yaxshi erib, yopishqoq kolloid eritma hosil qiladi. Bu
eritmadagi shilliq moddalarni spirt yordamida cho`ktirish mumkin. Mahsulot tarkibidagi shilliq
moddalarni quyidagi sifat reaktsiyalari bilan aniqlash mumkin:
1) tarkibida shilliq moddalar bo`lgan mahsulotlar ishqor eritmasi ta'sirida sariq rangga bo`yaladi. 2)
mikroskopda ko`rish uchun kesilgan mahsulot bo`lakchasiga metil ko`k bo`yoq eritmasidan yoki 10%
li H
2
SO
4
ning mis tuzi eritmasi va 10% li NaOH eritmasidan bir tomchidan tomizilsa, shilliq modda
saqlovchi xujayralar to`q ko`k rangda kuzatiladi.
3) mikroskobda ko`rish uchun kesilgan mahsulotga qora tush eritmasi ta'sir ettirilsa, shilliq modda
saqlovchi xujayralar bo`yalmaydi, boshqa xujayralar esa qorayadi. O`simliklardagi shilliq moddalar
miqdori quyidagi usullar bilan aniqlanadi. 1. Shilliq moddalar suvda erib, yopishqoq kolloid eritma
hosil qiladi. Bu eritmaning yopishqoqligi erigan birikma kontsentratsiyasiga bog`liq. Shuning uchun
o‗simlikdan sovuq suvda eritib olingan shilliq moddalar eritma yopishqoqligiga qarab aniqlanadi. 2.
Shilliq moddalar ma'lum miqdordagi o`simlik mahsulotidan sovuq suvda eritib ajratib olinadi.
Eritmadagi shilliq moddalar spirt bilan cho`ktiriladi. So`ngra cho`kma yuvib, 60-80
O
da doimiy
og`irlikka kelguncha quritilib tortilib, o`simlikdagi shilliq modda miqdori % bilan ifodalanadi. Shilliq
moddali mahsulotlar va ulardan olingan dori turlari tibbiyotda-meditsinada me'da-ichak kasalliklarida
o`rab oluvchi dori, nafas yo`llari shamollaganda yo`talni engillashtiradigan, to`xtatadigan va
ko`krakdagi og`riqni qoldiradigan hamda balg`am ko`chiradigan vosita sifatida ishlatiladi.
5. Uslubiy ta'minot
Asbob va idishlar:
1. O`simlik xom ashyosi.
2. Dorixona tarozlari.
3. Kolba
4. Probirkalar.
5. Chinni idish.
6. Buyum oynachalari