“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
94
7
20 min. tindirish
8
Drug filtrda siqish
9
Etil spirt qo` shish
10
4 soat tindirish
Mavzu: Oshlovchi moddalar kimyosi va tеxnologiyasi Tanin olish tеxnologiyasi
laboratoriya mashg'uloti
1.Mavzuni yozishdan maqsad:
Bunda talabalarni tarkibida Oshlovchi moddalar saqlagan dorivor o‘simlik asosida olinadigan
preparatlarni texnologiyasi bilan tanishtirish.
2.Mavzuning ahamiyati :
Tarkibida oshlovchi moddalar saqlagan kvertsetin preparatini tahlil qilishni o‘rganish.
3. Mustaqil tayyorlanish uchun savollar :
1. Oshlovchi moddalar ta'rifi qanday?
2. Oshlovchi moddalar qanday analiz qilinadi?
3 Tanin olish texnologiyasi qanday?
4. Mustaqil bajarish uchun vazifalar:
Oshlovchi moddalarning fizik va kimyoviy xossalari
O‘simliklardan ajratib olingan oshlovchi moddalar tanidlarning bir qancha turlari aralashmasidin
iborat, shu sababli ular amorf kukun xolida bo‘ladi. Sof xolda ajratib olingan ba‘zi komponentlar
(masalan, katexinlar) esa kristall xolda bo‘ladi. Tanidlar suvda, xar xil darajadagi spirtlar va sirka
kislotaning
efirida yaxshi, boshqa organik eritmalarda yomon eriydi yoki butunlay erimaydi.
Oshlovchi moddalarning suvdagi eritmasi och qo‘ng‘ir rangli, xidsiz va burishtiruvchi mazali, kuchsiz
kislotali xossaga ega bo‘lgan kolloid eritma. Suvda eritilgan oshlovchi moddalarni oqsil modda, og‘ir
metallarning tuzlari, alkaloidlar va glikozidlarning eritmalari yordamida cho‘ktirish mumkin. Tanidlar
ko‘p atomli fenollarning unumlari bo‘lib, boshqa fenollar singari temirning uch valentli tuzlari eritmasi
bilan rangli (qora-yashil va qora-ko‘k rangli) cho‘kma xosil qiladi. Tanidlar xavo kislorodi va
fermentlar ta‘sirida oksidlanib, qo‘ng‘ir rangli xamda sovuq suvda erimaydigan birikma-flobafenlarga
aylanadi. Turli o‘simliklardan olingan oshlovchi moddalar kimyoviy tarkibi bo‘yicha bir-biridan farq
qiladi. Shunga qaramay, ularning tanidlarga xos umumiy belgilari bor. Barcha
tanidlar molekulasida
doimo bir nechta oksi gurux (OH) saqlovchi benzol yadrosi bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, barcha
oshlovchi moddalar ko‘p atomli fenollar – polifenollar unumidir. Benzol yadrosidagi oksi guruxlar
soni kamida ikkita, qator-o‘rta xolatda (pirokatexinga o‘xshash) yoki uchta bo‘lib, qator – vitsinal
(pirogallolga o‘xshash) joylashadi.
1 – Laboratoriya ishi
O’simlik tarkibidagi oshlovchi moddalarni aniqlash.
Odatda skumpiya barglariga tanidlardagi
sifat taxlili uchun 10% li suvli ajratma tayyorlab, 5ta probirkaga 3 ml dan quyiladi va ular ustiga temir
– ammoniyli achchiqtoshning va temir
xloridning xamda alkaloidlar, o‘simlik shilliq moddalari va
jelatinining 1 % li eritmasidan qo‘shiladi. Temir tuzlari qo‘shilgan probirkada tanidlar bo‘lsa, qora-
ko‘k (pirogallol guruxi) yoki qora-yashil (pirogallol guruxi) rang va shu rangdan cho‘kma, shilliq
moddalar, jelatina xamda alkaloidlar eritmasi qo‘shilgan probirkada esa rangsiz cho‘kma xosil bo‘ladi.
2 – Laboratoriya ishi
Oshlovchi moddalarning tasnif reaktsiyalari
. Oshlovchi moddalarni qaysi guruxga mansubligini
aniqlash. Oshlovchi moddalarning qaysi guruxga mansubligini xlorid kislota va formalin ishtirokida
olib boriladigan klassifikatsiya reaktsiyasi yordamida aniqlash mumkin. Buning uchun 200-250 ml
xajmli tagi tekis kolbaga skumpiya barglarida tayyorlagan 10 % li tanid ajratmasidan 50 ml solinadi va
ustiga 10 ml kontsentratlarga (1:1) xlorid kislota va formalinning 40 % li eritmasidan 15 ml qo‘shiladi.
So‘ngra kolbani tik turuvchi
shisha nay bilan birlashtirib, elektr plitka ustida to g‘isht rangli qizil
cho‘kma (tanidlarning kondensatsiyalanuvchi guruxi kondensatsiyalanishdan vujudga kelgan
cho‘kma) xosil bo‘lgunga qadar asta-sekin qizdiriladi. Xosil bo‘lgan cho‘kma filtrlansa, filtratda
gidrolizlanuvchi guruxning parchalangan maxsulotlari qoladi. Bu gurux mavjudligini aniqlash uchun 5
ml
filtrat olib, ustiga 1g kristall xoldagi natriy atsetatdan asta–sekin solinadi va suyuqlikni