“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
95 
chayqatmay, temir-ammoniyli achchiqtoshning 1% li eritmasidan 10 tomchi qo‘shiladi. Natijada 
kristall ustidagi neytral zonada filtratdagi tanidlarning gidrolizlanuvchi guruxi parchalangan 
maxsulotlari mavjudligini isbotlovchi ko‘k yoki zangori rangli to‘garakcha xosil bo‘ladi. 
3 – Laboratoriya ishi 
Pirokatexin gurux uchun tasnif reaktsiyasi
. Kolbachaga skumpiya barglaridan tayyorlangan 10 % 
li tanidlar ajratmasidan solib, unga nitrozometil uretan qo‘shib qaynaguncha qizdirilsa, 
kondensatsiyalanuvchi (pirokatexin gurux) oshlovchi moddalar to‘liq cho‘kadi. Cho‘kma filtrlanadi. 
Filtratda gidolizlanuvchi (pirogallol gruppa) oshlovchi moddalar borligini aniqlash uchun probirkada 
olingan 5ml filtratga 1g kristall xoldagi natriy atsetatdan solinadi va suyuqli chayqatmay, temir-
ammoniyli achchiqtoshning 1 % li eritmasidan 10 tomchi qo‘shiladi. Pirogallol gurux oshlovchi 
moddalar bo‘lsa, filtrat binafsha rangga bo‘yaladi.
4 – Laboratoriya ishi 
Qo’rg’oshin atsetat bilan boradigan reaktsiyasi
. Kolbachaga skumpiya barglaridan tayyorlagan 
10 % li tanidlar ajratmasidan 5ml solib, unga qo‘rg‘oshin atsetatning 10 % li eritmasidan 5ml va sirka 
kislotning 10 % li eritmasidan 10 ml qo‘shilsa, gidrolizlanuvchi (pirogallol gurux) oshlovchi 
moddalari cho‘kadi. 
5 – Laboratoriya ishi 
Vanilin bilan boradigan reaktsiyasi
. Kondensatsiyalanuvchi oshlovchi moddalarning asosiy 
qismi bo‘lgan katexinlarga vanilin bilan reaktsiya qilinadi. Buning uchun skumpiya barglaridan 
tayyorlangan ajratmaga vanilin va kontsentrlangan xlorid kislota (yoki vanilinning kontsentrlangan 
xlorid kislotadagi 1% li eritmasi) qo‘shiladi. Agar ajratmada katexinlar bo‘lsa, aralashma qizil rangli 
bo‘yaladi. 
6– Laboratoriya ishi 
 
Maxsulot tarkibidagi oshlovchi moddalar miqdorini aniqlash usullari. 
Dorivor maxsulotlardagi oshlovchi moddalar miqdori XI DF qabul qilingan Levental – 
Kursanov usuli bo‘yicha aniqlanadi. Bu usul tanidlarning kislotali sharoitda kaliy permanganat – 
KmnO
4
yordamida oksidlanishiga asoslangan. Indikator sifatida ingosulfon kislota qo‘llaniladi. Bu 
kislot (1g ingokarminni 50ml kontsentrlangan sulfat kislotada eritiladi va eritmani suv bilan 2 litrgacha 
suyultiriladi) tanidlar oksidlanib (titrlanib) bo‘lgan zaxoti (filtratdagi o‘simliklardan ajralib chiqqan 
boshqa organik moddalarning oksidlanishiga yo‘l bermay) o‘zi oksidlanib, ko‘k rangdan sariq rangli 
o‘tadi. Aniqlash texnikasi (XI DF bo‘yicha). Maydalangan va teshigining diametri 3 mm li elakda 
elangan 2g atrofidagi (aniq tortilgan) skumpiya barglari 500 ml xajmli konnussimon kolbaga solinadi, 
ustiga 250 ml qaynagunicha istilgan suv quyiladi, kolbaga vertikal sovutich o‘rnatib, usti yopiq 
elektroplitka ustida vaqti-vaqtida chayqatib turgan xolda 30 minut qaynatiladi. Ko‘rsatilgan vaqt 
o‘tgach ichidagi suyuqlik xona xaroratiga tushgunicha sovitiladi, so‘ngra undan 100ml miqdorda 
boshqa 200-250ml xajmli konussimon kolbaga paxta orqali (maxsulot bo‘lakchalari kolbaga 
tushmaslik kerak) filtrlanadi. Filtratdan pipetka yordamida 25 ml olib 750 ml xajmli konussimon 
kolbaga solinadi, ustiga 500ml suv va 25ml indigosulfokislota eritmasidan qo‘shib, doimiy chayqatib 
xolda aralashmani kaliy permaganatning 0,02 mol/l eritmasi bilan arashma tiniq-sariq rangga 
o‘tguncha qadar titrlanadi. Indigosulfon kislota titrlash uchun qancha kaliy permanganat eritmasi 
sarflanganini quyidagicha aniqlanadi . 750 ml xajmdagi kolbaga 500 ml suv va 25 ml indigosulfon 
kislota solib, aralashma tiniq sariq rangga o‘tguncha kaliy permangatning 0,02 mol/l eritmasi bilan 
titrlanadi. Skumpiya barglari tarkibidagi tanidlarning % miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi. 
( a – v ) x 0,004157 x 250 x 100 x 100 
X q ----------------------------------------------- 
M x 25 x(100 – W) 
Bunda X – tanidlarning % miqdori; 0,004157 – taninning kaliy permanganatning 0,02 mol/l 
eritmasi bo‘yicha titri (pirogallol gurux oshlovchi moddalar uchun; pirokatexnik gurux oshlovchi 
moddalar uchun titr 0,00582 ga teng); a – tanidlar va indigosulfon kislotani titrlash uchun sarf bo‘lgan 
kaliy permanganat 0,02 mol/l eritmasining ml miqdori; v – indigosulfon kislotani titrlash uchun sarf 
etilgan kaliy permanganat 0,02 mol/l eritmasining ml miqdori; m – maxsulot og‘irligi g miqdori, w – 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin