“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
98 
degan ma'noni bildiradi), ba'zi glikozidlarda yana genin, sapogenin, emodin va boshqa nomlar bilan 
ataladi. 
Har xil glikozidlarning aglikonlari kimyoviy tuzilishi bo`yicha turlicha bo`lib, organik 
birikmalarning turli sinflariga kiradi. Shuning uchun ularning kimyoviy tarkibi hamda analiz qilish 
usullari ham turlicha. 
Glikozidlar tarkibidagi qand qismi mono-(ko`pincha glyukozadan), di-, tri-va qisman undan 
murakkab bo`lgan oligasaxaridlardan hamda ayrim glikozidlarning o`ziga xos spetsifik qandlardan 
tashkil topgan bo`ladi. 
Aglikon radikali bilan birlashgan qand molekulasining uglerod atomini (- yoki (-
konfiguratsiyasiga (aglikon radikali bilan almashingan gidroksil guruhining bo`shliqda joylashganiga) 
hamda monosaxaridlarning 6 ta (piranoza) yoki 5 ta (furanoza) a'zoli xalqa xosil qilgan tautomeriya 
shaklida bo`lishiga qarab, glikozidlar (-yoki (-, shuningdek piranozid yoki furanozid holatida bo`lishi 
mumkin. Tabiatda ko`pincha o`simliklar tarkibida glikozidlarning (- piranozid shakli uchraydi.
Sof holda ajratib olingan glikozidlar kristall modda bo`lib, ular ko`pchilik organik erituvchilarda 
erimaydi, spirtda yomon (ba'zan yaxshi), suvda yaxshi eriydi. Glikozidlarning suvdagi eritmasi neytral 
reaksiyaga, shuningdek, qutblangan nur tekisligini og`dirish (optik faollik) xususiyatiga ega. Hamma 
glikozidlar Feling reaktividan misni qaytaradi. Glikozidlarning suvdagi eritmalari bariy gidroksid, 
qo`rg`oshin atsetat va tanin eritmalari bilan cho`kma hosil qiladi. 
Glikozidlarning kimyoviy xossalari va analiz qilish usullari aglikonlarning tuzilishiga bog`liq. 
Aglikonlarning kimyoviy tuzilishi turlicha bo`lganligi uchun analiz usullari ham turlichadir. 
Glikozidlarning terapevtik ta'siri ham ularning aglikonlariga bog`liqdir. Qand qismi aglikonlarni 
(demak, glikozid molekulasini) suvda erishini hamda hayvonlar organizmida shimilishini, ya'ni 
organizmga ta'sir qilishini tezlashtiradi. Shu bilan birga, ba'zi monosaxaridlar ayrim aglikonlarni ta'sir 
kuchini oshirishi yoki aksincha pasaytirishi mumkin. 
Tarkibida glikozidlar saqlovchi dorivor o`simliklar tasnifi
Tarkibida glikozid saqlovchi o`simliklar shu glikozidlar aglikonining kimyoviy tuzilishiga qarab 
sinflarga bo`linadi. Ba'zi glikozidlar hozirgacha yetarli darajada o`rganilmagani uchun sinflarga 
bo`lishda ularning fizik xossalari yoki hayvonlar organizmiga ko`rsatadigan fiziologik ta'siri asos qilib 
olingan. 
Tibbiyotda ishlatiladigan tarkibida glikozidlar bo`lgan dorivor o`simliklar va mahsulotlar 
quyidagi sinflarga bo`linadi: 
1.Tarkibida tioglikozidlar bo`lgan; 
2.Tarkibida sianogen glikozidlar bo`lgan; 
3.Tarkibida monoterpen (achchik) glikozidlar bo`lgan; 
4.Tarkibida steroid (yurak) glikozidlari bo`lgan; 
5.Tarkibida triterpen glikozidlar (saponinlar) bo`lgan; 
6.Tarkibida fenolglikozidlar bo`lgan; 
7.Tarkibida antraglikozidilar bo`lgan; 
8.Tarkibida flavon glikozidlar bo`lgan va boshqalar. 
Yuqorida keltirilgan glikozidlardan tashqari oshlovchi moddalardan katta bir guruhi 
(gidrolizlanuvchi oshlovchi moddalar), qisman kumarinlar (kumarin glikozidlar) va boshqa birikmalar 
ham glikozidlarga kiradi.
Tarkibida tioglikozidlar bo`lgan dorivor o`simliklar 
Aglikoni tarkibida oltingugurt bo`lgan glikozidlar tioglikozidlar (S-glikozidlar) deb ataladi. Bu 
glikozidlardagi qand molekulasi aglikon qismi bilan oltingugurt atomi orqali birlashgan. 
Tioglikozidlarning ferment ta'sirida parchalanishidan hosil bo`lgan aglikon qismi efir moylari 
xossasiga o`xshash xossaga ega (uchuvchan va suv bug`i bilan haydaladi). Shuning uchun bu 
glikozidlarning ba'zi aglikonlari efir moyi deb yuritiladi. 
Tioglikozidlar achchiq bo`lib, organizmning shilliq qavatlariga va teriga qitiqlovchi ta'sir 
ko`rsatadi (terini qizdiradi yoki kuydiradi). Oz miqdorda iste'mol qilinsa, ishtaha ochadi. 
Tioglikozidlar kuchli bakteritsid ta'sirga ega. 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin