“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua 93
devorlarida va xujayra oraliq moddalar tarkibida uchraydi, xamda to‗qimalarga mustaxkamlik beradi.
Pektin moddalar mevalarning shirasidan spirt bilan cho`ktirib olinadi. Bu moddalarga ayniqsa lavlagi
boy bo‗lib, undan ko‗p miqdorda pektin moddalar olinadi. Olma, limon va boshqa mevalar xam pektin
moddalarga boy. Pektin moddalari organizmda suyuqlikni ushlab qolish, yaralarni davolash, ularning
bitishini tezlashtirish xossalariga ega. Shuning uchun ular tibbiyotda yaralarni davolashda, ich
ketganda xamda og`ir metallar tuzi bilan zaxarlanganda zaxarga qarshi vosita sifatida qo‗llaniladi.
Bolalarni ichketar kasalligida olmani pishirib berish foydalidir. qon bosimining ko‗tarilishni oldini
olish maqsadida pekta kislotaning yoki uning kaliyli, kaltsiyli yoki magniyli tuzlarini - pektatlarni
ovqatga qo‗shib berish foydalidir. Pektin moddalarning eng muxim xossasi - ularning suvli eritmasini
sovutalganda zich massa - jem xosil bo‗lishidir. Ularning bu xossasidan tibbiyotda, oziq-ovqat keng
foydalaniladi. Farmatsevtika amaliyotida pektin moddalardan xab dori va emulsiya tayyorlashda
foydalanish mumkin.
Plantaglyutsid olish texnologiyasi. Katta zubturim ( Plantago majer L ) barglarining suvdagi ekstraktidan olinadigan preparat.
Farmakologik ta'siri: Spazmalitik va yallig`lanishga qarshi ta'sir ko‗rsatadigan vosita. Giperatsid
gastrit, me'da va o‗n ikki barmoq ichakning kislotalar normal yoki kamayganligi bilan o‗tayotgan yara
kasalligi (qo‗zigan davrda va qo‗zilishiga yul qo‗ymaslik uchun ishlatiladi). Ishlatishga yo‗l
qo‗ymaydigan moneliklari: Giperatsid gastritlar, me'daning kislota ko‗pligi bilan o‗tayotgan yara
kasalligida saqlanishi: 18- 200 С xaroratda, quruq joyda saqlanadi. Burga zupturum urug` I Semina
psyllie Burga zupturumning quritilmagan er ustki qismi – Herba Plantaginis psyllii rescns.
O‗simlikning nomi – burga zubturumi – plantaga(no) psyllium L; zubturumdoshlar – Plantaginaceac
oilasiga kiradi. Faqat Ozarbayjonda va Turkmanistonda yovvoyi xolda uchraydi. Meva yetilganda
so‗ng o‗simlik o‗rib olib quritiladi, so‗ngra maydalanadi va elab urug`i olinadi. Maxsulotning tashqi
ko‗rinishi – tayyor maxsulot qayiqchasimon urug`dan iborat. Urug`ning uzunligi 1,7 – 2,3 mm, eni 0,6
– 1,5 mm. Maxsulot sifatiga burga zubturumining yer ustki qismi o‗simlik gullay boshlashi bilan
yig`iladi va uni quritmay shira olish uchun ishlatiladi. Maxsulot kulrang-yashil, gullari pushti qo‗ng`ir
rangli, xidsiz, biroz achchiq mazali bo‗ladi.
Kimoviy tarkibi. Urug` tarkibida aukubin glikozidi, ko‗p miqdorda shilliq moddalar, moy, oqsil va
mineral tuzlar bo‗ladi.
Ishlatilishi: Tibbiyotda urug`i kuchsiz surgi xamda o‗rab oluvchi vosita sifatida ishlatiladi. Er ustki
qismining shirasi anatsid gastrit va surunkali kolitni davolashda qo‗llaniladi. Urug`dan olingan shilliq
moddalar kosmetikada xamda bo‗yoqchilik va to‗qimachilikda qo‗llaniladi.
Dorivor preparatlari. Shilliq eritmasi, yangi yig`ilgan o‗simlik shirasi, plantaglyutsid preparati.
Burga zubturumi urug`i bilan frangula ekstrakti aralashmasidan surgi dori – purgenol tayyorlanadi.
Plantaglyutsid zubturum bargi tarkibida polisalaridlar aralashmasini saqlaydi. Plantaglyutsid – kul
rangli poroshok, nordom ta'mli, (eriganda) suvda eriydi, organik erituvchilarda erimaydi. Preparat
anatsidli gastrit bilan kasallangan bemorlar uchun, oshqozon va ichak yarali kasalliklar uchun
ishlatiladi. Preparatning chiqish shakli 50 gr flakonda granulalar ko‗rinishda. Ishlab chiqarishda xom
ashyo sifatida katta bargli zubturum ishlatiladi.