“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
81
Psevdoefedrin ajratilishi.
Alkaloidlarni sulfat kislotali eritmalarini aralashtirishli va qobiqli
ekstraktorga joylashtiriladi va eritma 42% o‘yuvchi natriyning eritmasi bilan ishqorlantiriladi. So‘ngra
ma‘lum miqdorda natriy sirkasi va ortofosfor kislota va faollashgan ko‘mir qo‘shib 5 daqiqa davomida
qaynatilib aralashtiriladi. Qaynoq eritma bo‘z va qog‘oz filtr orqali nutch filtrda filtrlanadi. Filtrdagi
ko‘mirni qaynoq suv bilan yuviladi va asosiy filtratga qo‘shiladi. Filtratni 25
0
S
gacha sovutiladi va
25% ammiak eritmasining ishqoriy muhit bo‘lguncha qo‘shiladi. Eritmadan kristall psevdoefedrin
cho‘kadi. Massani 30 daqiqa kristallanish uchun tindiriladi va mahsulotni
sentrifugaga yuboriladi,
bunda psevdoefedrinni matochnikdan ajratiladi.
Efedrinni psevdoefedringa izomerlash.
Yig‘gichga 50% sulfat kislota eritmasi tayyorlanadi.
Kislota eritmasining 80-90
0
gacha qizdiriladi, so‘ngra unga ma‘lum miqdorda psevdoefedrin qo‘shiladi
va va massani 117-118
0
C
da ikki soat davomida teskari sovutgich orqali qaynatiladi. So‘ngra uni 50
0
C gacha sovutiladi. Ishlab turgan aralashtirgichda 25% suvli ammiak kongoga nordon reaktsiya
berguncha qo‘shiladi. Bunda harorat 70
0
ga oshadi. Massani 50-52
0
C
gacha sovutiladi va ammiak
qo‘shishni davom ettiriladi. Psevdoefedrin eritmadan cho‘kmaga tushadi va u bilan birga yog‘
ko‘rinishida efedrin ajralib chiqadi. Massa 30-35
0
C gacha sovutiladi va sentrifugada ajratiladi.
Psevdoefedrinni suv bilan yuviladi. Bunda suvning harorati 40-60
0
C bo‘ladi. Yuvilgan suvlarni asosiy
qoldiq eritmaga qo‘shiladi. Reaktsiyaga kirishmagan psevdoefedrinni 10 % namlik va 68-72 %
alkoloidlar saqlagan xolda qaytarib olinadi. Agar psevdoefedrin tiniq va sochiluvchan bo‘lsa, uni qayta
izomerlashga beriladi. Agar u qora rangda bo‘lsa uni tozalashga beriladi. Birlashtirilgan dixloretanli
ekstrakt psevdoefedrindan ajratilgani filtrlanadi va qurilmaga cho‘ktirish uchun tindiriladi.
Apparat
qobig‘iga suv yuboriladi va 20
0
C aralashtirib turgan holda 22-30 % spirtli xlorid kislota qo‘shiladi.
Nordonlashtirilgan massani 20-20
0
C gacha sovutiladi va bir soatga kristallashga qo‘yiladi. Ajratilgan
texnik efedrin gidroxlorid toza dixloretan bilan yuviladi va yaxshilab siqiladi. Dixloretan yuvilgandan
so‘ng uni asosiy qoldiq eritmaga qo‘shiladi. Texnik efedrinni 16 soat davomida 55-65
0
C quritiladi.
Farmakopiyaviy efedrin gidroxloridni olish
. Texnik efedrin gidroxloridni aylantirgichli
qurilmaga joylashtiriladi va ma‘lum miqdorda suv qo‘shiladi va cho‘kma to‘liq eriguncha qizdiriladi.
Eritmaga faollangan ko‘mir qo‘shiladi va 30 daqiqa qaynatiladi. Tiniqlashtirilgan eritmani filtrlanadi.
Bunda druk filtrdan foydalaniladi. Filtratni kristallizatorga solinadi va oxirgi mahsulotni 18-20
0
C da
18-20 soat davomida qayta kristallashga qo‘yiladi. Oxirgi mahsulotni chiqish unumi 90 %.
Dostları ilə paylaş: