Fitologiya alohida olingan turlar yoki sistematik guruhlarni har tomonlama o’rganib,ulardan oqilona foydalanish yo’llarini ishlab chiqadi. Fitologiya bir qancha bo’limlarga bo’linadi.
1. O’simliklar anatomiyasi va morfologiyasi.
2. O’simliklar sistematikasi.
3. O’simliklar sitologiyasi.
4. O’simliklar embriologiyasi.
5. O’simliklar fiziologiyasi.
6. Mikrobiologiya.
7. O’simliklar bioximiyasi.
8. O’simliklar ekologiyasi.
9. Paleobotanika.
10. O’simliklar geografiyasi.
Odatda, fitologik fanlarni bilmasdan, floraning o’ziga xos jihatlarini yaxshi o’rganmasdan, geobotanik bo’lish mumkin emas. Sababi shuki, har qanday fitotsenoz va o’simliklar qoplami o’simlik turlaridan tashkil topgan bo’ladi.
Fitosenologiyaning bu fanlar bilan aloqasi o’simliklar qoplamini bir-biridan ajratish, nomlash, jamoaning ekologik, biologik rivojlanishi, geografik joylashuvi, kelib chiqish tarixi sistematik tarkibini bilish uchun zarurdir. Fitosenologiyaning o’ziga xosligi shundaki, u o’simliklar qoplamini va unga ta’sir etadigan omillar majmuasini (iqlim, edafik, orografik, biotik, antropogen, tarixiy geologik) har tomonlama o’rganadi va ular orqali yuzaga keladigan o’zgarishlarning sabablarini ko’rsatib beradi. Shuningdek, o’simliklar qoplamining hosil bo’lish va kelib chiqish qonuniyatlarini o’rganadi.
Fitosenologiya fanining ob’ekti – muayyan xududda tarqalgan o’simliklar jamoasi va uing qavmlari hisoblanadi.
2. Fitosenologiya fanining asosiy maqsadi tabiiy holda tarqalgan o’simlik guruhlari qaerlarda qanday ekologik sharoitda uchrashi, ishlab chiqarishda qanday maqsadlarda poydalanishi, sanoatda ishlatilishi va ulardan qanday usullar bilan oqilona foydalanish xususidagi savollarga javob berishdir.
Fitosenologiyaning o’ziga xos vazifalari mavjud bo’lib, o’simliklar qoplamini tabiatning asosiy resursi ilmiy o’rganish va tahlil etish, qoplamning zamon talablariga javob beradigan Haritasini tuzish, iqtisodiy samaradorligini aniqlash va bundan to’g’ri foydalanish yo’llarini ko’rsatib berishdan iborat.
Geobotanik tadqiqotlar qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirishda planlashtirish ishlarini olib borishga asos bo’lib xizmat qiladi. O’zlashtirilayotgan maydonning tuproq qatlami, tuproqning tuzilishi, tarkibi, o’simliklar qoplamini, hattoki yer osti suvlari holatini aniqlashda ham geobotanik ishlar asos bo’lib xizmat qiladi.
Botqoqliklarni o’zlashtirish, o’rmon xo’jaligi ishlarini ilmiy tashkil etish, o’rmon tiplarini aniqlash, qo’riqxonalarda olib boriladigan ishlarni yo’naltirish, dorivor o’simliklardan foydalanish maqsadida yig’ib olish uchun uning zahirasini aniqlash va chorvachilik sohasi uchun yem-xashak tayyorlashda ham asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek, tabiiy holda mavjud bo’lgan, inson xo’jalik faoliyati natijasida yaratilgan agrofitotsenozlarni tekshirish va har bir fitotsenozdagi fitotsenologik turlar tarkibini aniklash, floristik tarkibini o’rganish hamda fitotsenozlar xilma xilligini, tuzilishini, taqsimlanishini, iqlim va geografik sharoitini, muhitga ekologik omilning ta’sirini o’rganish, geobotanik haritalash ishlarini tashkil etish, fitotsenozning bevosita va bilvosita ta’sirlari natijasida o’rganish, undan oqilona foydalanish yo’llarini ishlab chiqishni tashkil etish muammolari bilan shug’ullanadi.
3. Geobotanika fan sifatida XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida rivojlana boshladi. Bu fanning rivojlanish tarixi o’simliklar geografiyasi hamda ekologiyasi bilan chambarchas bog’langan. «O’simliklar geografiyasi» fani A. Gumboldning 1805 yilda nashr etilgai “ Idey geografii rasteniy” ( O’simliklar geografiyasi to’grisida g’oyalar) asarida to’liq berilgan. Shu bilan birga, asarda geobotanikaga oid fikrlar ham bayon etilgan edi.
XIX asr boshlarida G’arbiy Yevropaning o’simliklar qoplamini geografik yo’nalishda o’rganish ishlari boshlandi.
Akademik Frants Ivanovich Ruprext (1833-1878) va uning hamkasbi Kiev Universiteti professori Ilya Grigorevich Borshov (1814-1870) 1857-1858 yillarda Orol dengizi qirg’oqlariga va Sirdaryo havzasiga ekspeditsiya tashkil qiladi. Ushbu ekspeditsiyadan maqsad Orol bo’yi o’simliklari qoplamini o’rganish bo’lgan. Ushbu ekspeditsiyaning tashkilotchisi Ruprext edi. Borshov ushbu ekspeditsiyada yig’ilgan materiallar asosida 1865 yil “Material dlya botanicheskoy geografii Aralo-Kaspiyskogo kraya” nomli yirik asarini nashr etirdi. Ushbu asar geobotanika yo’nalishdagi dastlabki ishlardan bo’lsada, ammo bunda geobotanika, o’simliklar qoplami, o’simliklar jamoasi, o’simliklar formatsiyasi kabi so’zlar qayd etilmagan edi. 1866 yilda Ruprext «Geobotanicheskie issledovaniya o chernozeme» nomli yirik asarini nashr ettirdi. Ruprext birinchi marta ushbu asarida g ye o b o t a n i k a terminini ishlatdi. Mazkur ikkita yirik asar Rossiyada geobotanika fanining rivojlanishiga va tadqiqot ishlarining jonlanishiga asos bo’lib xizmat qildi.
1849 yilda shved botanigi Turman flora va o’simliklar qoplamida har xil flora hamda har xil turdagi o’simliklarni ko’rish mumkin deb takidladi. XIX asr oxirida o’simliklar qoplamini o’rganish tez sur’atlar bilan rivojlandi. 1866 yilda nemis botanigi L. Grizebax birinchi bo’lib fanga «geobotanika» terminini kiritdi. Geobotanikaning fan sifatida shakllanishida rus akademigi F, Ruprextning hissasini alohida ta’kidlash lozim. O’simliklar qoplami sistematikasiga oid dastlabki ma’lumotlarni avstriyalik olim Karner o’zining “Jizn rasteniy Dunayskix stran” nomli asarida yozib, u o’simliklar qoplamini formatsiyalarga ajratishni fanga kiritdi.
Tuproqshunos olimlardan V. V. Dokuchaev, P. A. Kostuchev, botanik geograf olimlardan A. N. Krasnov, G. I. Tanfilev, S. I. Korjinskiy, P. N. Krlov, I. K. Pachoskiyning xizmatlarini alohida takidlab o’tish zarur. Dokuchaev 1880 yillarda bir gruppa mutaxassis olimlar bilan birga (tuproqshunos, geobotanik, meteriolog) dasht cho’l mintaqasining tuprog’ini kompleks o’rgandi.
XIX asrning so’nggi yillarida geobotanik tadqiqotlar keng miqyosda olib borildi. Iosif Kondratevich Pachoskiy “Stadii razvitiya flor” (1891) asarida hozirgi geobotanika termini o’rniga «florologiya» terminini qo’lladi. 1896 yilda Pachoskiy o’zining «fitosotsiologiya» terminini kiritdi. Bu so’z ham fanda uzoq turmasdan daniyalik olim Gams (1918) taklifi bilan «fitotsenologiya» terminiga aylantirildi. Bu so’z hozirgi kunda geobotanikaning sinonimi sifatida keng qo’llanilib kelinmoqda.
V. N. Sukachev o’zining 1904, 1908 - yillarda nashr ettirgan geobotanik yo’nalishdagi ishlarida, geobotanika yangi yo’nalish bo’lib, yangi bilim berishga asoslangandir,- deb ta’kidladi. Fitotsenologiyaning alohida fan bo’lib shakllanishida rus olimi V. N. Sukachevning “Rastitelniye soobshestva” (1913) kitobi katta rol o’ynadi. Geobotanika sohasiga bag’ishlangan dastlabki, ilk o’quv qo’llanmasini 1902 yilda A. Flerov va B. Fedchenkolar yaratdi. Bu darslik uzoq vaqt geobotanikadan asosiy manba bo’lib xizmat qildi. 1934 yilda Moskvada Fanlar Akademiyasining Botanika instutida «CHto takoe fitotsenoz» - degan mavzuda keng ko’lamli munozara bo’lib o’tadi. Munozara natijasiga ko’ra V. V. Alyoxin, V. N. Sukachev, A. P. Shennikovlar geobotanika alohida fan va u o’z rivojlanish bosqichida turibdi deb ko’rsatdi. Ularning bundan keyingi maqolalarida bu bahsga yakun yasaldi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab O’rta Osiyo, Kavkazorti, Uzoq Shimol o’lkalarini o’zlashtirish maqsadida yirik hajmli geobotanik yo’nalishdagi tekshirish ishlari olib borildi. Yirik universitetlarda geobotanika kafedralari tashkil etildi.
Ye. M. Lavrenko boshchiligida «Polevaya geobotanika» nomli ko’p jildli asarning birinchi jildi 1959 yil nashr ettirildi.
O’zbekistonda ham geobotanika fanining o’ziga xos bosqichlari bo’lib, o’zbekistonlik olimlarning bu sohadagi ilmiy ishlari dunyo geobotanika faniga qo’shilgan hissadir. O’zbekiston va O’rta Osiyoda unga yondosh hududlarda dastlabki botanik-geografik va geobotanik tekshirishlar X1X asrda boshlandi. Aleksandr Lemann 1841 yilda Buxora va Samarqand atroflaridan, Zarafshon daryosining yuqori oqimidan ko’plab botanik materiallar to’pladi. Ushbu yig’ilgan materiallanga asoslanib I. G.Borshov 1865 yilda Zarafshon vodiysini alohida botanik geografik rayonga ajratdi. O’rta Osiyo cho’llari shimoliy rayonlarining o’simliklar formatsiyalarini o’rganish natijasida, o’simliklar qoplami mustaqil,avtoxton yo’l bilan paydo bo’lib rivojlanganligini isbotladi. O. A. Fedchenko Zarafshon vodiysida 1868-1871 yillarda tekshirishlar olib borib, bir yarim mingga yaqin o’simlik turlarini aniqladi. A. B. Bunakovskiy 1873-1874 yillarda Chirchiq daryosi vodiysida o’rmon o’simliklari qoplamini o’rgandi. Frantsiyalik olimlardan G. Kapyu va Bonvola 1881 yilda O’zbekiston hududlari va G’arbiy Tyon Shonning o’simliklarini o’rgandi. Mashhur olim V. I. Lipiskiy 1887-1896 yillarda tekshirish ishlarini olib borib “Gornaya Buhara” (1902)-(Tog’li Buxoro), “O’rta Osiyo florasi”nomli yirik asarlarini yaratdi. O’zbekiston hududlarining o’simliklar qoplamini o’rganishda S. I. Korjinskiyning xizmatlari ancha salmoqli. Uning 1898 yilda yozilgan yirik asari, “Ocherk rastitelnosti Turkestana”dastlabki geobotanik ish edi. Yigirmanchi asrning 30-60- yillarida O’zbekistonda geobotanik yo’nalishdagi ilmiy ishlar akademik Ye. P. Korovin boshchiligida olib borildi va 200 ga yaqin geobotanik mutaxassislar tayorlandi. Bulardan S. N. Kudryashov, I. I .Granitov, M. M. Orifxonova, A. Ya. Butkov, V. K. Paziy, M. M. Nabiev, T. A. Adilov, P. K. Zokirovlar O’zbekiston geobotanikasi faniga munosib hissa qo’shdi. Yirik geobotanik olim Ye. P. Korovin o’zining «Rastitel’nost Sredney Azii i Yujnogo Kazaxstana» (1940) nomli yirik asarida O’rta Osiyo va Qozog’istonning o’simliklar qoplami haqida to’liq ma’lumot bergan. I. I. Granitov boshchiligida 1931 yilda birinchi marta O’zbekiston o’tloqzorlarini geobotanik jihatdan o’rganish boshlandi. Natijada 1936 yildan boshlab keng ko’lamli haritalash ishlari boshlab yuborildi. Bundan tashqari, O’zbekiston olimlari tomonidan quyidagi yirik geobotanik ishlar amalga oshirilgan.
I. I. Granitov «Rastitelnost Uzbekistana» (1956), «Rastitelnogo pokrov Yuga zapadnx Kizlkumov» (1964; 1967), Q. 3. Zokirov “Flora i rastitelnost basseyna reki Zeravshana” (1955; 1968), “Opt tipologii rastitelnosti zemnogo shara na primere Sredney Azii” (1978), P. Q. Zokirov “Rastitelnogo pokrov Nuratinskix gor” (1967), M. M. Orifxonova «Rastitelnost Ferganskoy doliny (1967), A. Ya. Butkov “Vsokogornaya rastitelnost Zapednogo Tyan-S’Hanya i yego xozyaystvennoe znachenie” (1969), M. M. Nabiev “Botanika atlas lug’ati” (1969) kabi yirik geobotanik asarlardir.
Umumjamoa mehnati va izlanishlari natijasida O’zbekistonda eng yirik “Rastitelny pokrov Uzbekistana” nomli to’rt jildlik, “Flora Uzbekistana” nomli olti jildlik, ko’p jildlik “Opredelitel rasteniy Sredney Azii” nomli asarlar nashr etdirildi. O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” (1998, 2006) O’zbekistonda Respublikasi fan arbobi, professor O’. Pratov umumiy tahriri ostida nashr ettirildi. Shuningdek, Abolin R. I, Akjigitova N. I., Baxiev A. B., Bochantsev V. P., Vvedenskiy A. I., Vernik R. S., Gaevskaya L. G., Kudryashev S. N., Kultiasov M. V., Momotov I. F., Popov M. G., Pratov U. P., Ashurmetov O. A.,Toyjonov K. T., Hasanov O’., Xojimetov Q.H., Raximova T., Allanazorova O’., Kamolov Sh., Norboboeva T.larning xizmatlari katta. Hozirgi kunda O’zRFA “Botanika instituti va Botanika bog’i” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining “Geobotanika” laboratoriyasi va bir qator oliy o’quv yurtlarining botanika kafedralarining bir qancha ilmiy xodimlari tomonidan ilmiy ishlar olib borilmoqda.
4. Ye. M. Lavrenko boshchiligida «Polevaya geobotanika» nomli ko’p jildli kapital asar botanik tadqiqotlarga, ayniqsa, o’simlik jamoalari tarkibidagi o’simliklarning biologiyasi, vegetativ va generativ organlarini o’rganish metodlariga bag’ishlangan. Ushbu yirik asarning birinchi jildi 1959 yil nashr ettirildi. Unda o’simlik jamoalarining strukturaviy taxliliga oid muxim metodlar berilgan va ularning qo’llanilishi keltirilgan. Jumladan, jamoadagi o’simliklarning butun ontogenetik siklini o’rganish chuqur ko’rsatib berilgan. Kitobning ikkinchi nashri 1960-yilda nashr qilingan va unda o’simliklar jamoasi komponentlarining yosh tuzilmasi va xususiyatlarini o’rganish metodlari batafsil bayon qilingan. Kitobning bo’limlarida o’turli hayotiy shakllarga ega o’simliklarning fenologiyasini va ye ostki qismlarini o’rganish bo’yicha metodlar keltirilgan. Bu metodlarning ahamiyati o’simliklar qoplamini o’rganishda juda muximdir.
2-tomda jamoadagi o’simliklarning gullash dinamikasi va changlanishini, nektar ajralish miqdorini o’rganish bo’yicha A.N.Ponomaryov metodikasi berilgan. O’simlik qoplamidagi o’tsimon o’simliklarning urug’ mahsuldorligi, urug’ sonini aniqlashda T.A.Rabotnov, daraxt va butazorlar hamda o’rmon jamoalarida o’simliklarda urug’ hosil bo’lishini o’rganishda A.A.Korchagin, disseminatsiyani o’rganishda P.Ye.Levina, o’simliklarning vegetetiv ko’payishi va yuksak o’simliklarning qayta tiklanishini o’rganishda M.S.Shalit, o’simlik jamoalari komponentlarining fenologiyasini o’rganishda I.N.Beydeman, geobotanik tadqiqotlarda daraxt, buta, o’rmon jamoalaridagi o’simliklar yer ostki qismlarini o’rganishda P.K.Krasilnikov metodlaridan foydalaniladi. Bu metodlarni qo’llash uchun ushbu kitobdan samarali foydalanish lozim.
Dostları ilə paylaş: |