Fitosenologiya


Ekologo-floristik klassifikatsiyalash



Yüklə 329,85 Kb.
səhifə74/157
tarix17.05.2022
ölçüsü329,85 Kb.
#58293
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   157
“FITOSENOLOGIYA”

2. Ekologo-floristik klassifikatsiyalash

O’simliklar qoplamini klassifikatsiyalashda Evropa davlatlarida keng qo’llaniladigan metod bu ekologo-floristik metod hisoblanadi. O’simliklar jamoalarini klassifikatsiya qilishdagi bu metod shveysariyalik olim-geobotanik J.Braun Blanke (G.Braun-Blanket) nomi bilan bog’liq. Ko’p xollarda ushbu metod Braun-Blanke metodi deb ham nomlanadi. Ushbu metod o’simliklar jamoasining ekologik sharoitlarni va suksessiya jarayonlarining bosqichlarini aks ettirishi ham sintaksonlarning tuzilishida tubandan yuksakka tomon tartibga solinishi kabi floristik o’xshashligi jihatlariga asoslanadi. Sintaksonlar jamoadagi diagnostik turlarga asoslangan xolda ajratiladi, ular orasida xarakterli, differensial va konstant turlar muxim o’rinni egallaydi.

Xarakterli turlar faqat bitta sintaksonda uchraydi yoki o’sha sintaksonda boshqalardan ko’ra ko’proq namoyon bo’ladi.

Differensial turlar o’z tarqalish arealini belgilashda ishtirok etadi va bir nechta sintaksonlar tarkibiga kiradi.

Konstant turlar juda ham yuqari darajadagi doimiyligi, barqarorligi bilan ajralib turadi, ammo bu sintakson orqali tranzit xolida tarqalishi mumkin.

Bu metod hozirda Rossiyada juda keng qo’llanilib kelinmoqda. Rossiyadagi ushbu metodning asoschisi B.Mirkin hisoblanadi. Rossiyaning ko’plab xududlaridagi o’simliklar qoplami aynan B.Mirkinning bevosita rahbarligida uning shogirdlari (Ishbirdin, Salomesh, Astaxova) tomonidan klassifikatsiya qilingan.

Ekologo-floristik klassifikatsiyalashda dominantlar metodidan farqli ravishdagi sintaksonlar nomlanishi qo’llaniladi.Bu metoddagi eng kichik sintakson fatsiya hisoblanadi. Keyinchalik keladigan sintaksonlar tartibi quyidagicha: variant, subassosiatsiya, assosiatsiya, kichik ittifoq (podsoyuz), ittifoq (soyuz), tartib, sinf. Ushbu metodda har bir sintaksonning xuddi o’simliklar sistematikasida bo’lganidek, sintakson o’xirida farqlovchi qo’shimchalari bor. Ushbu metod dominantlar metodidan o’zining ilmiyligi, barqarorligi bilan farq qiladi. Dominantlar metodi asosida o’rmon o’simliklarini tasniflash mumkin, lekin efemerlardan tashkil topgan o’tloqlar va ruderal jamoalarni tasniflash mutlaqo mumkin emas. Chunki bunday jamoalar doimiy ravishda tabiiy yoki antropogen ta’sir natijasida o’zgarib turadi. Bunday joylarda Braun-Blanke metodidan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu metod ko’p tomonlama taxlillar asosiga qurilgan. Bu metoddan foydalanuvchi ham sistematik, ham florist, ham yaxshi ekolog bo’lishi talab etiladi. Undan tashqari matematika va informatsion tizimlardan habardor bo’lishi kerak. Umuman olganda har ikkala metod ham joyiga qarab qo’llanilishi mumkin. Braun-Blanke metodini tabiiy jamoalardan o’rmon, doimiy yaylov otloqlari uchun qo’llash yaxshi samara bermaydi.


Yüklə 329,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin