Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities Hosted online from Plano, Texas, USA. Date: 1
st
February, 2023
ISSN: 2835-3196
Website: econferenceseries.com
29 | P a g e
siyosat lavozimlarida bo'lish ehtimoli ko'proq faoliyat yuritishadi. AQSh
hukumatidagi ilm -fan bilan bog'liq uchta yuqori lavozimdan ikkitasi - energiya
vaziri va Oq uyning fan va texnologiya siyosati idorasi direktori - hozirda fiziklardir.
Hammamiz, shu jumladan professional fiziklar, - o’rta maxsus ta’lim tizmidagi
fizika kurslarini qiyin deb bilamiz, chunki ular bizdan ko'plab kasblar bo'yicha
fizika bo'yicha o'qitishni qimmatli qiladigan ko'plab tushunchalar va ko'nikmalarni
o'zlashtirishni talab qiladi. Bu shuni anglatadiki, tarix yoki psixologiya yoki
kompyuter dasturlash kabi boshqa fanlarga qaraganda, fizikani kollejdan keyin
(mustaqil yoki ish joyida) o'rganish ancha qiyin.
Bugungi kun fizika o’qituvchisi oldida turgan dolzarb muammolardan biri
ta’limning zamonaviy texnologiyalarini loyihalash va uni o’qitish amaliyotida
qo’llashdir. Fizika o’qituvchisi o’quvchilarga fizika fanidan zaruriy bilimlarni
beribgina qolmay, ularda fanga nisbatan qiziqish uyg’ota olishlari kerakki, natijada
bu sohada yaxshi mutaxassis, yetuk kadrlar yetishib chiqishiga erishilsin.
O’qituvchi o’tgan har bir dars boshqa darsdan farq qilishi, bugungi o’tiladigan
dars kechagisiga nisbatan mukammal bo’lishi kerak. Darsni yangi pedagogik
texnologiyalar:
─ axborot vositalaridan foydalanib;
─ ko’rgazmali qurollari yordamida; ─ interfaol metodlarni qo’llash orqali; va
h.k.lardan foydalanib tashkil etsak, bu dars o’quvchi ongiga yaxshi yetib boradi va
xotirasidan joy oladi. O’quvchining ilmiy dunyoqarashi kengayib, bilim darajasi
ortadi. An’anaviy ta’limdan farqli zamonaviy ta’limni tashkil etishdan maqsad
ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak
natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt ichida muayyan nazariy bilimlarni
o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va
malakalarni hosil qilish, shuningdek o’quvchilar faoliyati, bilimini nazorat qilish,
ularning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash fizika fani o’qituvchisidan
katta pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga yangicha yondashishni talab
etadi. Hozirgi kunda dunyoning ko’plab rivojlangan mamlakatlarida
o’quvchilarning ilmiy faoliyatini, ijodkorligini oshiruvchi va shu bilan bir qatorda
ta’lim-tarbiya jarayoninig samaradorligini kafolatlovchi yangi pedagogik
texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba to’plangan. Shu tajriba asosini
tashkil qiluvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilib, bu metodlarni
dars jarayoniga qo’llay bilish bugungi zamon fizika o’qituvchisi zimmasiga