3)
Qiyalikdan tushib kelayotgan aravacha yo‘liga umuman qum sepmasdan
tajribani takrorlang.
4)
Natijada aravachaning harakati qanday o‘zgardi? Daftaringizga yozing.
Yana bir usul.
Uyda o‘qib kelish uchun berib yuborilgan yoki o‘tilgan
mavzuga doir biror tovushsiz tajriba ( vizual yoki jonli ko‘rinishdagi tajriba) ni
o‘tkazib, «Bu nima edi? Buni tushuntirib bering. Bu kashfiyotni birinchi bo‘lib kim
kashf etgan?» degan savollar bilan murojaat etish va o‘quvchilarning mustaqil
fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin.
“Sherigini top”
. Bu usulni laboratoriya ishlarida yoki odatdagi dars
jarayonida tajribalar o‘tkazishdan oldin bajarish mumkin. Fizik tajriba uchun
kerakli jihozlarni asboblar orasidan o‘quvchilar mustaqil ravishda ajratib olishadi.
Yoki ushbu usulni o‘tgan mavzularda olgan bilimlarni takrorlash darslarida ham
qo‘llash mumkin. Masalan, 7-sinf fizika darsligida “Tekis aylanma harakat” bobida
keltirilgan fizik kattaliklar, formulalar, kattaliklar belgisi va birliklari bo‘yicha
o‘quvchilar olgan bilimini takrorlash maqsadida qo‘llash mumkin. Quyida ushbu
metoddan foydalanish bo‘yicha namunalar keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: