A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT
INSTITUTI
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
moduli bo‘yicha
“FIZIKA DARSLARINI TASHKIL ETISHNING DOLZARB
MASALALARI” o‘quv kursining
“Innovatsion pedogogik texnologiyalarni fizika darslarida qo‘llash”
mavzusida ma’ruza matni
Ma’ruzasi: Shukurova Zarifa Xaitmuratovna
Toshkent
2-Mavzu: Innovatsion pedogogik texnologiyalarni fizika darslarida
qo‘llash.
Reja:
1. An’anaviy va noan’anaviy dars o‘tish modullari haqida
2. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida darslarni tashkil etish
3. Fizika fanini o‘qitishda foydalanish mumkin bo‘lgan ayrim
pedagogik texnologiya usullaridan namunalar.
Fizika fanini ko‘pchilik qiyin fanlar sarasiga kiritishadi. “Qiyin fan yo‘q,
faqat qiyin bayon qilish bor” degan edi A. I. Gersen. Hozirgi kunda ilg‘or
pedagogik texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Fizika darslarida ham
interfaol metodlardan foydalanish samaradorlikni va o‘quvchilarning fanga bo‘lgan
qiziqishini oshiradi. Interfaol – inglizcha “inter” so‘zidan olingan bo‘lib, “orasida”,
“o‘rtasida” degan ma’noni anglatadi, ya’ni ikki o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi
faollik degan ma’noni bildiradi. Interfaol metod – ta’lim jarayonida o‘quvchilar
hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni
o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishdir.
An’anaviy ta’limdan farqli zamonaviy, noan’anaviy ta’limni tashkil
etishdan maqsad ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt
ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt ichida muayyan nazariy
bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan
ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek o‘quvchilar faoliyati, bilimini
nazorat qilish, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash fizika fani
o‘qituvchisidan katta pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga yangicha
yondashishni talab etadi.
An’anaviy dars – muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim jarayoni ko‘proq
o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va
yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir. O‘quv materiali yangi va ancha
murakkab bo‘lganda, an’anaviy dars – ko‘p hollarda ta’lim jarayonining birdan –
bir metodi bo‘lib qolmoqda.
Ma’lumki, an’anaviy darsda ta’lim jarayonining markazida o‘qituvchi turadi.
Shu bois, ba’zida an’anaviy darsni markazida o‘qituvchi turgan o‘qitish usuli deb
ham atashadi.
An’anaviy dars o‘tish modelida ko‘proq ma’ruza, savol – javob, amaliy
mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an’anaviy dars
samaradorligi ancha past bo‘lib, o‘quvchilar ta’lim jarayonining passiv
ishtirokchilariga aylanib qoladilar.
O‘qitishning noan’anaviy modellarini shartli ravishda 3 ga ajratish mumkin.
Bu modellar asosan o‘quvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib, ularni boshqacha
qilib markazda o‘ quvchi turgan ta’lim modellari deb ham atashadi.
Modellashtirish — real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va
jarayonlarni ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko‘rinishini (modelini)
sinfxonada yaratish va ularda o‘quvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyati
evaziga ta’lim olishini ko‘zda tutuvchi metod.
Hamkorlikda o‘rganish modeli – o‘quvchilarning mustaqil guruhlarda
ishlashi evaziga ta’lim olishini ko‘zda tutadigan metod.
O‘rganishning tadqiqot modeli – o‘quvchilarni muayyan muammoni
yechishga yo‘naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko‘zda tutuvchi metod.
Ta’limda interfaol metod – bu o‘quvchi bilan o‘qituvchi o‘rtasida ta’limni
o‘zlashtirish munosabatlarini kuchaytirish, faollashtirish demakdir. Mazkur
metodlar hamkorlikda ishlash vositasida dars samaradorligini oshirishga yordam
beradi. Ular o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi. Interfaol degani bu –
berilgan mavzuni o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida o‘zaro hamkorlik asosida dars
samaradorligini oshirish, mustaqil fikr berish ko‘nikmasini shakllantirish, fikr-
mulohaza, bahs orqali o‘rganish demakdir. Har bir o‘quvchi qo‘yilgan maqsadga
mustaqil o‘zi faol ishtirok etgan holda yakka, juftlikda, guruhlarda javob topishga
harakat qiladi, fikrlaydi, yozadi, so‘zga chiqadi, dalil va asoslar orqali masalani
yoritib berishga harakat qiladi. Bu esa qatnashchilarning xotirasida uzoq saqlanadi.
Yangi axborotni o‘zlashtirishda tanqidiy, tahliliy yondasha oladi. O‘qituvchi
faqat fasilitator (yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi, tashkil qiluvchi, kuzatuvchi) vazifasini
bajaradi.
Ta’lim sohasida darslarni samarali tashkil etish uchun o‘qitishning
noan’anaviy metodlaridan, ya’ni innovatsion pedagogik texnologiyaning turli
usullaridan dars mavzusiga mos holda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu
albatda o‘qituvchidan mashaqqatli mehnatni va doimiy ravishda o‘z ustida ish olib
borib, bilim darajasini boyitishdek yuksak mas’uliyat talab qiladi.
Yuqori keltirilgan sifatlarga erishishni o‘z oldiga maqsad qilgan o‘qituvchi,
avvalo, har bir darsiga ijodiy yondashishi, dars jarayonida ko‘zda tutilgan barcha
bosqichlarni erkin amalga oshira oladigan kasbiy mahoratga ega bo‘lishi kerak.
Kasbiy mahorat esa o‘qituvchi shaxsidagi tabiiy imkoniyatlar, pedagogik-
psixologik iqtidor, o‘z ishiga mas’uliyat bilan qarash, o‘quvchidagi o‘zgarishlarni
o‘z vaqtida sezish, bola shaxsi, o‘quvchilar jamoasiga to‘g‘ri ta’sir eta olishning
amaliy namoyon bo‘lishidir. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida
darslarni tashkil etish davr talabi hisoblanadi.
U yoki bu usulni tanlashda o‘quvchilarni har tomonlama mustaqil fikrlashi,
ijodiy faol ishtirokchiga aylanishi hamda turli xil metodlarni qo‘llagan holda
masalan,
bahs-munozara
darslar,
ijodiy
izlanishga,
mustaqil
ishlashga
yo‘naltirilishi lozim. Bu bilan o‘quvchilar qo‘yilgan masalaga bir tomonlama
yondoshmasdan o‘z qarashlarini va fikrlarini erkin bayon etish imkoniyatiga ega
bo‘ladilar. Bir xil shaklda tashkil etilgan darslar, bir xil usulda muammolarni hal
etish bilim oluvchilarni zeriktiradi. Natijada ayrim o‘quvchilar passiv eshituvchiga
aylanadi hamda darsning maqsadi amalga oshmasligiga olib keladi. Shuning uchun
darsda innovatsion pedagogik va axborot komunikatsiya texnologiyalaridan unumli
foydalangan holda bilim berishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Darslarda innovatsion pedagogik texnologiya metodlarini qo‘llash orqali
dars davomida qo‘shimcha ma’lumot (tarqatma material, test, masala,
topishmoqlar, savol-javoblar, turli krossvordlar, tajribalar va h.k.) lar asosiy
mavzuni qamrab olishi kerak. O‘quvchilar darsning yakunida o‘tilgan mavzu
yuzasidan darslik asosida tabiatda sodir bo‘ladigan hodisalarga bog‘liq holda ilmiy
ma’lumotlar, fan-texnika taraqqiyoti sohasidagi o‘rni haqida yetarli bilimlar,
shuningdek, o‘tmishda yashab o‘tgan qomusiy olimlarning mazkur soha
rivojlanishiga qo‘shgan hissalari haqida ham ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim.
Buning uchun har bir darsda pedagogik texnologiyaning o‘tilayotgan mavzuga mos
va qulay bo‘lgan metodlaridan foydalanish kerak. Bu faoliyatni amalga oshirishda
esa o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat talab etiladi. Quyida fizika fanini
o‘qitishda foydalanish mumkin bo‘lgan ayrim pedagogik texnologiyaning
usullarini keltirib o‘tamiz.
Darslarda o‘quvchilar jamoasini kichik guruhlarga bo‘lib ishlash ularning
darsda faolligini ta’minlaydi, har biri uchun munozarada qatnashish huquqini
beradi, bir-biridan auditoriyada o‘rganishga imkoni tug‘iladi, boshqalar fikrini
qadrlashga o‘rgatadi. Bunda guruhlar (har bir qator o‘quvchilarini bir guruh) ga
nom berish maqsadida rasmli didaktik materialdan foydalanish mumkin. Masalan,
quyida berilgan rasmlarni o‘quvchilarga galma-galdan ko‘rsatib, rasmda tasvirlar
qaysi qonun va qaysi fizik olim nomi bilan bog‘liq ekanligini aniqlaydilar.
O‘quvchilar bergan ma’lumotlar tinglab umumlashtirilgach guruhlarga “Galiley”,
“Nyuton” va “Arximed” deb nomlanadi.
Fizika fani doimo nazariyadan amaliyotga yo‘naltiriladi. Shu sababli darsda
mavzuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushuntirmasdan laboratoriya yoki elektron multemedia
ko‘rinishida namoyon etib, so‘ng mazmuni va qaysi qonuniyatga asoslanganligi
to‘g‘risidagi savolni o‘quvchilar e’tiboriga havola etish mumkin. Yoki laboratoriya
stoli ustiga asboblarni tartibsiz qo‘yib, o‘quvchilarga ish uchun kerakli asboblarni
o‘zlari tanlashlari topshiriladi. Bu usulni kichik guruhlarda interfaol metodlardan
foydalanib qo‘llash mumkin.
Masalan, “Fikringni tajribada ko‘rsat” metodi orqali “Nyutonning birinchi
qonuni. Inersiya qonuni” mavzusini o‘tganda (o‘tgan dars “Jismlarning o‘zaro
ta’siri. Kuch” mavzusini takrorlash maqsadida) ish uchun kerakli asboblarni stol
ustiga aralash holda qo‘yib, guruhlarga har bir tajriba alohida topshiriq qilib
berilsa, har bir guruh o‘ziga berilgan topshiriq uchun kerakli asbobni tanlab oladi
va ishni mustaqil bajaradilar hamda tajriba yuzasidan o‘z fikrlarini bayon qiladilar.
Bundan 3500 yil oldin Konfutsiy “
Dostları ilə paylaş: |