Fizika darslarini tashkil etishning dolzarb masalalari



Yüklə 84,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü84,61 Kb.
#211598
1   2   3   4   5   6
“Innovatsion pedogogik

1.
 
Qanday qilib ba’zi hayvonlar zilzila va dovullar xavfini oldindan 
sezadilar? 
Javob:
Ular bu ofatlardan tarqalayotgan infratovushlarni eshitadi. Bu 
tovushlar ofatdagi to‘lqin tarqalish tezligidan ancha katta tezlik bilan tarqaladi. 
Demak infratovush tabiiy ofatdan oldin yetib keladi. 
2.
 
Nima uchun daraxt barglari yashil rangda ko‘rinadi? 
Javob:
Chunki burglar yashil nurlar ni o‘tkazib, qolgan hamma nurlarni 
yutadi. 
3.
 
Nega toza qor chang bosgan qordan sekinroq eriydi? 
Javob: 
Chang bosgan qor quyosh nuri energiyasini ko‘proq yutadi. 


4.
 
Nima uchun ho‘l paypoq yoki qo‘lqopni yechish qiyinroq? 
Javob:
Chunki ho‘l paypoq yoki qo‘lqop suvning sirt taranglik kuchi tufayli 
oyoq yoki qo‘lga yopishib qoladi. 
 
5.
 
O‘simliklarga qarab shimol va janubni qanday aniqlash mumkin? 
Javob:
O‘simliklarning janub tomoni ancha rivojlangan bo‘ladi. 
Xulosa o‘rnida.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashdan maqsad 
o‘qituvchining haqiqiy o‘qituvchilik faoliyatiga o‘tishi, ya’ni u bolani o‘qitishi 
emas, o‘quvchilarning bilimlarni o‘rganish, o‘zlashtirish bo‘yicha mehnatiga 
rahbarlik qilish, ularga qulay, oson,
maqsadga tez yetkazadigan va samarali yo‘l-
yo‘riqlar, usullarni to‘g‘ri tanlab ko‘rsatish va amalda samarali qo‘llash orqali o‘z 
pedagogik mahoratini hamda o‘quvchilarning bilimlari sifati va tarbiyalanganlik 
darajasini muntazam oshirib borishga erishishdan iborat. 

 Nazorat savollari:
1. “Innovatsiya” deganda nimani tushunasiz?
2. Bo‘lajak dars jarayonini loyihalashtirishda o‘qituvchi Sizningcha qaysi 
jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratishi lozim? 
3. O‘qitish texnologiyasi deganda nimani tushunasiz? 
4. Ta’lim tizimida eng ko‘p qo‘ llaniladigan usullarni sanab bering.


Yüklə 84,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin